3. Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi 1.Tushum kelishik affiksi talaffuzda -di, -ti, -zi, -ri kabi fonetik variantlarga ega bo‘ladi: otni//otti, toshni//toshti, gulni//guldi, gapni//gapti//gappi, tuzdi//tuzzi.
2. Men, sen olmoshlariga -ning, -ni, -niki affikslari qo‘shilganda qo‘shimcha tarkibidagi bitta n undoshi tushiriladi va shunday yoziladi : mening, seni, meniki.
3. U, bu, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -ga,-da,-dan,-day,-cha affikslari qo‘shilganda n undoshi orttirilib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: unga, unda, bundan, shundan, shunday, o‘shancha kabi.
4. Oxiri z undoshi bilan tugaydigan sonlarga dona son yasovchi -ta affiksi qo‘shilganda z undoshi s tarzida talaffuz qilinadi: to‘qqizta // to‘qqista, o‘ttizta // o‘ttista; oxiri z, sh bilan tugaydigan otlarga -siz sifat yasovchi qo‘shilganda ham bu undoshlar s tarzida talaffuz etiladi: boshsiz//bossiz, izsiz//issiz, ovozsiz//ovossiz; bunday holni oxiri z bilan tugaydigan ba’zi so‘zlarga ot yasovchi - chi affiksi qo‘shilganda ham kuzatish mumkin: zakazchi//zakaschi, arazchi//araschi, taqrizchi// taqrischi kabi.
5. Tarkibida - n, -in, -lan affiksi bo‘lgan so‘zlarga -la affikslari qo‘shilganda -n, - in, -lan affikslari oxiridagi n undosh m tarzida talaffuz qilinadi: kiyinmoqda//kiyimmoqda, burkanmoqda//burkammoqda, ovqatlandi// ovqallandi.
ORFOEPIYA
Orfoepiya (grekcha “orfo- to’g’ri, epos-nutq”) talaffuz me’yorlari haqidagi bo’lim. Talaffuz jarayonining o’ziga xos xususiyatlari orfoepiyada o’rganiladi. Orfoepiya me’yorlari tilning fonemalar tizimi, fonemalarning ma’lum o’zgarishlari bilan bog’liq. Orfoepik talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Jonli so’zlashuv va mahalliy shevalar orfoepik me’yorning buzilishi hisoblanadi. O’zbek tilidagi asosiy orfoepik me’yorlar quyidagilardan iborat.
Unlilar orfoepiyasi:
1. So’zning yopiq bo’g’inlarida i unlisi juda qisqa talaffuz etiladi: biz,kir, tik, birikma, mis.
2. oi unlilari yonma-yon kelgan so’zlarda ular orasiga y qo’shib talaffuz etiladi: oid-oyid; qoida-qoyida; foiz-foyiz.
3. Ko’p bo’g’inli arabcha so’zlarda a unlisi i tovushiga monand talaffuz etiladi: mulohaza-mulohiza; muhokama-muhokima; muomala-momila.
4. a unlisi i bilan yonma-yon kelgan so’zlarda qisqa y qo’shib talaffuz qilinadi: zaif-zayif; maishat-mayishat.
5. a e birikmasida e tovushi y tarzida talaffuz etiladi: aeroport-ayraport; aeroflot-ayroflot.
6. Unli tovushlar til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelsa yumshoq (malika), chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelsa qattiq talaffuz etiladi (qatiq).
Undoshlar orfoepiyasi:
1. b undoshi so’z oxirida jarangsizlashib p tarzida talaffuz etiladi: istirob-istirop. So’z o’rtasida v bilan almashadi: kabob-kavob; qaboq-qovoq.
2. v undoshi so’z oxirida va jarangsiz undoshlardan oldin f tarzida talaffuz etiladi: avtobus-aftobus; Hakimov-Hakimof.
Orfoepiya me’yorining buzilishi natijasida paronimlar yuzaga keladi. Aytilishi (talaffuzi) jihatidan o’xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar paronimlar deyiladi.
Sheva so’zlarining talaffuzi orfoepik me’yorga kirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |