Modelli – o‘rganilayotgan ob’ektning modeli orqali u xaqida tasavvur hosil qilish:
Real – o‘rganilayotgan ob’ektlar xaqida tasavvurni vujudga keltirish:
61
Ta’lim metodlari ham o‘quv materiali mazmuniga, binobarin, o‘quvchilarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o‘qitish, o‘qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o‘zaro ta’sirning yuzaga chiqishiga yo‘nalgan. Ta’lim metodi vositasida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. Ta’lim metodi-o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo‘nalgan faoliyatini tartibga solish yo‘lidir. Ta’lim metodlari tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat.
Og‘zaki bayon metodlari. Hikoya, suhbat, ma’ruza ta’limning bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o‘quvchilarning xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‘qituvchi tushuntiradi, o‘quvchilar tinglaydi.
Hikoya. Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o‘quv materialini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan dahldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o‘qituvchi o‘quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o‘rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Ma’ruza. Ma’ruza- o‘rta umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida, kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarda foydalaniladigan ta’lim metodi bo‘lib, unda o‘zaro ta’sir o‘qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g‘oya va bog‘lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma’ruza uchun vaqt o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv materiali xajmiga ko‘ra belgilanadi.
Ma’ruza jarayonida o‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o‘qituvchi o‘z nutqini ko‘rgazmali qurol, muammo va topshiriqlar bilan uyg‘unlashtiradi. O‘quv materialiga oid iboralarga izoh berish, ayrim o‘rinlarda o‘quvchilarning o‘zlariga xulosa chiqarishni taklif etish O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatining samarasini oshiradi. Ma’ruzada eshitilgan mazmunni informatika fanlarida amaliy mashg‘ulot va laboratoriya mashg‘ulotlarida yanada mazmunan to‘ldiriladi. Bu esa O‘quvchilarni amaliyotga tayyorlashda yanada yaxshi samara beradi.
62
Suhbat. Suhbat-o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri, dialog shaklidagi ta’lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |