Aim.uz
Oila ma’naviyati
Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir.
J. Santayana
Reja:
1.Oila ma’naviyati haqida tushuncha
2.O’zbek oilalarida axloqiy tarbiyaning o’rni
3.Xalqaro oila kunlarining nishonlanishi
Tayanch iboralar: oila ma’naviyati, oilalarda axloqiy tarbiya, milliy urf odatlar.
Oila nima? Bu so’z qanday lug’aviy ma’nolarga ega? Asli qaysi tilga mansub? Oila asli arabcha “ayolmand, niyozmand ” ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi “ Farhangi zaboni tojiki”da qayd etilgan.
Oila har bir xalqning, millatning, davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning
rivojini ta’minlovchi ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi muqaddas makondir.Ushbu mo’jaz makon jamiyat deb atalmish buyuk bir makonning poydevorini tashkil etadi. Jamiyatning, davlatning farovonligi, gullab-yashnashi aynan shu poydevor mustahkamligiga bog’liqdir.
Shu boisdan ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmunida oila manfaatlarini huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy ma’naviy jihatdan himoya qilinishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Shuningdek, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning mas’uliyati bosqichma-bosqich oshirilmoqda.
Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo’rg’oni bo’lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz ham hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug’ kelajagini ta’minlash maqsadida amalgam oshirilmoqda.Zero, oila sog’lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir.
Muqaddas zaminimizda qadimdan milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizni yosh avlod ongiga singdirishda, ularni jismonan barkamol, ma’nan yetuk , mehr-oqibatli insonlar qilib tarbiyalashda oila muhiti muhim o’rin egallab kelgan.
Oilani mustahkamlash dunyo darajasiga ko’tarilgan muammolardan biridir.Oilalar ahilligi va mustahkamligiga erishish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1993yil 20 sentabrdagi yig’ilishida 15mayni har yili Xalqaro oila kuni sifatida nishonlash to’g’risida qaror qabul qildi.SHundan buyon butun dunyoda, jumladan yurtimizda ham Xalqaro oila kuni keng nishonlab kelinadi. O’tgan yillar mobaynida yurtimizda oila tushunchasi, uning mazmun-mohiyati jamyatda tutgan o’rni masalalariga alohida e’tibor qaratilib, barcha huquqiy asoslar yaratilganini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, ayollar va bolalar manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalgam oshirildi. Konstitutsiyamizning 14-bobida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligi jamiyat va davlat muhofazasida bo’lishi qa’tiy belgilab qo’yilgan. Oila kodeksi va boshqa qonunlarda yosh va ko’p bolali ayollarni ishga qabul qilishda imtiyozlar belgilangan. Yangi oila qurayotgan yoshlarning tibbiy ko’rikdan o’tayotgani homilador ayollar bolalarni bepul tibbiy xizmatdan foydalanayotgani oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirishga
xizmat qilmoqda.Oilaning mustahkamligi uchun ayol ham erkak ham birdik ma’suldir.Shu o’rinda davlatimiz rahbari Islom Karimovning quidagi so’zlarini ta’kidlash joiz: “Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo’l qo’ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o’zaro hurmat, ahloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo’lur edi. Bu haqda gapirganda, men mumtoz yozuvchimiz Abdullo Qodiriyning “O’tkan kunlar”asaridagi qahramonlarning o’zaro muomila va muloqotlari, ularning hatto kichik farzandlarini ham sizlab gapirishi misolida ota-bobolarimizning oila ma’naviyatiga qanchalik katta e’tibor berganiga ishonch hosil qilaman.SHu nuqtai nazardan qaraganda bugungi kunda ham yurtimizda ana shunday go’zal axloq mezonlari bilan yashab kelayotgan, o’g’il-qizlarini shu ruhda tarbiyalayotgan ko’plab ibratli oilalar barchamizda havas uyg’otishi tabiiydir.”Oilaning har tomonlama mustahkamligi ayolga bog’liq bo’lsa, uning kelajagi uchun yoshlar ma’suldir. Shuning uchun ham yurtboshimiz XXIasrda ayollar va yoshlarning jamiyat hayotida tutgan o’rnini oshirish, ularning turmushini yaxshilash uchun oilada, jamiyatda moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar yaratish ayollar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, mehnatini yengillashtirish chora-tadbirlarini belgilash, salomatligini mustahkamlash, ilmiy, ma’naviy-madaniy saviyasini yuksaltirish, jamiyatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda ularning imkoniyatlari qobiliyatlari va salohiyatlaridan samarali foydalanish, farzand tarbiyasidagi ma’suliyatini oshirish masalasiga jamiyatning diqqat-e’tiborini qaratmoqda.
Ushbu benazir g’amxurliklarga javoban ayollardan jamiyat taraqqiyoti yo’lida fidoyilik, ma’naviy va jismoniy barkamollik, oilasiga sadoqat, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, har tomonlama namuna bo’lish talab etiladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Oila nima?
2.Xalqaro oila kuni qachon nishonlanadi?
3.O’zbek oilalarida axloqiy tarbiyaning o’rni qanday?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |