Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari


Qonning tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

Qonning tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari. 
Qonning tarkibi, vazifalari va yosh xususiyatlari.
Qonga ivitmaydigan modda 
solib, probirkada bir necha soat saqlansa yoki sentrifuga qilinsa bir-biridan keskin 
farq qiluvchi ikkita qavat hosil bo’ladi. Yuqori qavatda yarim shaffof sariq suyuqlik 
- qon plazmasi, pastki qavatda esa qonning shaklli elementlari: qizil qon tanachalari, 
ya’ni eritrotsitlar, oq qon tanachalari, ya’ni leykotsitlar va qon plastinkalari, ya’ni 
trombotsitlar hosil bo’ladi.
Qonning taxminan 50-60% ni qon plazmasi, 40-45% ni shaklli elementlar, 8-
10% ni turli oqsillar, mineral tuzlar, qand moddasi, fermentlar, gormonlar tashkil 
etadi. Plazma oqsillari uch guruh bo’lib, bularning 4,5% albumin, 2,8-3,1% globum 
inlar va 4-4,5% fibrinogenlardir. Qon tarkibida 0,85-0,9% osh tuzi, kalsiy xlor, 
bikarbonatlar va 0,12% qand moddasi bo’ladi. Normal fiziologik sharoitda qon 
plazmasining tarkibi nisbatan turg'un turadi. Qon plazmasining osmotik bosimi.
Qon plazmasidagi erigan moddalar asosan mineral tuzlar hisobiga hosil 
bo’ladi. Bulardan eng muhimi osh tuzidir. Osmotik bosim organizm to'qimalarida 
suv va erigan moddalarning taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi. Odam qoni 
plazmasining osmotik bosimi 7,7-8, ga teng bo’ladi, bu eritrotsitlar bilan hujayralar 
hayot faoliyatining saqlanishida muhim fiziologik ahamiyatga ega. Agar bu tenglik 
o‘zgarsa, eritrotsitlar bilan hujayralaming faoliyati buziladi. Qon plazmasining 
osmotik bosimini maxsus retseptorlar boshqaribturadi, muhit doimo bir xil 
saqlanadi. Qonning muhiti kuchsiz ishqoriy, ya’ni rN-7,36 ga teng. 
Yangi tug‘ilgan bolaning qon plazmasi ko‘pi bilan qonning 50% ni tashkil 
etadi. Qon plazmasida oqsil miqdori katta odamdagidan ya’ni 5,5-6,5% bo‘ladi. 7 
yoshda plazmadagi oqsillar miqdori 6-7% ni tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan bolada 


plazma albuminlariga nisbatan globulinlar miqdori kattalardagiga qaraganda kam 
bo‘ladi. 
Yangi tug‘ilgan bolaning qon plazmasida-osh tuzi va qandning miqdori 
nisbatan kam, 6 yoshda katta odamnikiga yetadi. Kalsiy tuzlari katta odamnikiga 
nisbatan ko‘p bo'ladi.
Eritrotsitlar, vazifalari va yosh xususiyatlari
. Ular ikki tomoni botiq ellips 
shaklidagi yadrosiz hujayralardir. Ularning diametri 7-8 mkm ga, qalinligi 2,52 mkm 
ga teng, erkaklarda 1 mm
3
qonda 4,5-5 mln, ayollarda 4-4,5 mln dona eritrotsit 
bo’ladi. Inson organizmida taxminan 25 trillion eritrotsit bo’lib, har sutkada o’lgan 
eritrotsitlar o'rniga ko‘mikdan taxminan 300 milhard yangi eritrotsit hosil bo’ladi. 
Eritrotsitlar hayoti 30-120 kun gacha davom etadi. Eritrotsitlar qizil ilikda yetiladi. 
Ularning ko‘pchiligini (85-90%) qonga rang beruvchi gemoglobin tashkil etadi. 100 
g qonda o‘rta hisobda 16,6-17 g gemoglobin bor.
Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin o‘pkadan kislorod biriktirib olib, 
organizmning hujayra va to‘qimalariga yetkazib beradi. Gemoglobin gem va oqsil - 
globindan tashkil topgan bo’lib, gem qismida Fe
++
saqlanadi. Eritrotsitlar soni yoki 
ulardagi gemoglobin miqdorining kamayib ketishiga kamqonlik deb ataladi. 
Eritrotsitlar eng muhim bufer rolini o'ynaydi, qonning faol reaksiyasini saqlaydi. 
Ular suv almashinuvidagi, oqsillar, yoglar, uglevodlar parchalanishidagi fermentativ 
jarayonlarda ishtirok etadi.
Yangi tug‘ilgan bolada eritrotsitlar ko‘p bo'lganidan qonning yopishqoqligi 
10-11 bo‘lib, ikki yoshda 6 gacha tushadi, kattalarda 4 bo‘ladi. 
Eritrotsitlar miqdori katta odamnikiga qaraganda ortiq bo'hb, 1 mm
3
qonda 
4,5-7,5 mln ga teng, 12 yoshda bu miqdor katta odamnikiga tenglashadi. 12-14 
yoshda eritrotsitlar soni bir oz ortadi. Yangi tug‘ilgan bolalarda gemoglobin miqdori 
110-114%, l00 g qonda 17-25 g bo‘ladi. Bola katta bo‘lgan sari gemoglobin miqdori 
ham kam ayib, 1-2 yoshda 80-90% bo‘ladi, Gemoglobin miqdori, eritrotsitlarning 
ko‘p bo‘lishi bolaning sof havoda qancha bo'lishiga bog'liq. 
Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (EChT).
Agarda qoning ivishidan saqlab, 
shishadan yasalgan kapilyarda bir necha soatga qoldirsak, qon tarkibidagi 
eritrotsitlarni kapilyar trubkada trupkalar tubiga cho’kib qolganini ko‘ramiz.
Eritrotsitlarni cho‘kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, ayollarda, bolalarda 
turlicha bo’ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o‘zgarishi mumkin. 
Eritrotsitlar 3-9 mm erkaklarda, ayollarda 7-12 mm soatiga cho‘kadi. Organizm 
holatining o‘zgarishlarida eritrotsitlar tezligining o‘zgarishi kuzatiladi.
Eritrotsitlarning ma’lum tezlikda cho’kishidan foydalanib, tibbiyotda 
kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni tibbiyotda EChT deyiladi.
Organizm qattiq shamollaganda, sil kasalligida, homilador ayollarda 
yalig’lanish kasalligi boshlanganda va boshqa o'zgarishlarda eritrotsitlar cho'kish 
reaksiyasi tezligi ortadi.
Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (EChT) bir soatda 2 mm, chaqaloqlarda 
soatiga 4-8 mm 7-11 yoshda bir soatda 4-12 mm bo‘ladi. 
Leykotsitlar, vazifalari va yosh xususiyatlari. 
Ya’ni oq qon tanachalari yadroli 
amyobaga o‘xshagan harakatlanuvchi hujayralardir. Leykotsitlar 4-14 mikron 
bo’lib, har 500 eritrotsitga taxminan bitta leykotsit to‘g‘ri keladi. 1 mm
3
qonda 6-8 


ming dona leykotsit bo’ladi. Leykotsitlarning soni organizmning holatiga, 
ovqatlanishga, muskullar ishi va boshqalarga qarab o'zgarib turadi.
Leykotsitlar donador va donasiz leykotsitlarga bo’linadi. Donador 
leykotsitlarga eozinofillar, bazofillar va neytrofillar, donasiz leykotsitlarga 
monotsitlar va limfotsitlar kiradi. Leykotsitlar suyak iligida, taloqda va limfa 
bezlarida hosil bo’ladi va organizmni turli mikroblardan himoya qilib turadi, unga 
tushgan yot moddalarni parchalaydi va mikroblarni yutadi. Leykotsitlarning yot 
moddalarni yutish xususiyatini L.I. Mechnikov fagotsitoz deb atagan.
Yangi tug‘ilgan bolalarda leykotsitlarning soni 1 mm
3
qonda 10000 dan 
20000 bo‘ladi, 12 yoshda 10000 dan 12000 gacha kamayadi. Maktab yoshidagi 
bolalarda 1 mm
3
qonda 7-3 mingni tashkil etadi. 3-7 yoshda neytrofillar soni kam, 
limfotsitlar soni esa ancha ko‘p bo'ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan neytrofillar soni 
ortib, limfotsitlar soni kamayadi. Neytrofillar va qonning fagotsitar funksiyasi ham 
kam bo'ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni yuqumli kasalliklarga tez chalinishi 
qisman shu bilan izohlanadi. 8-9 yoshdan fagotsitar funksiya ortib, organizmning 
turli kasalliklarga chidamliligi oshadi. 
Qon plastinkalari, vazifalari va yosh xususiyatlari.
Ya’ni trombotsitlarning 
diametri 3 mikron. 1 mm
3
qonda 200-400 mingtagacha trombotsit bo‘ladi, bular qon 
ivishida muhim rol o‘ynaydi. Trombotsitlar suyak ko‘migida mayda plastinka 
shaklida ishlab chiqarñib qonga o‘tadi. Qonning ivish xususiyati kamayib ketganda 
odam arzimagan jarohat tufayli qon yo‘qotib, halok bo‘lishi mumkin. Shikastlangan 
tomirdan oqayotgan qon aksari 3-4 daqiqada iviydi. Qon ivish jarayonining asosiy 
mohiyati uning plazmasi tarkibidagi qonda erigan fibrinogen oqsilining erimaydigan 
fibrin ipchalari hosil bo‘lishidir. Fibrinogen faol trombin fermenti ta’sirida fibringa 
aylanadi. Qonda passiv protrombin bo'lib, u trombokinaza fermenti va kalsiy tuzi 
ta’sirida faol trombinga aylanadi. Qonning ivish sxemasini quyidagicha izohlash 
mumkin.
I faza: protrombin+Ca+trombokinaza = trombin;
II faza: fibrinogen + trombin = fibrin. 
Trombotsitlarning soni ham yoshga qarab o‘zgarib turadi. Katta odamda 1 
mm
3
qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 160- 330 ming, 1 yoshdan 
2 yoshgacha 140-170 ming, 2 yoshdan 3 yoshgacha 150-300 ming, 3 yoshdan 4 
yoshgacha 356-370 ming bo‘ladi. Qonning ivish tezligi barcha yoshdagi bolada bir 
xil bo‘Iib, 3-4 daqiqada qon lahtasi hosil bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bolada qon suyaklardagi qizil ilikda yaratiladi. Bir yoshdan 
boshlab qizil ilik yog‘ to‘qimasi bilan almashina boshlaydi, bu jarayon dastlab son, 
katta boldir suyaklarida, kechroq umurtqalarda boshlanadi. Besh yoshdan qizil 
ilikning yog‘ to‘qimasi bilan almashinishi ancha tezlashadi. 8 yoshda boldir 
suyaklarining yarmida qizil ilik o‘rnini yog’ to’qimasi qoplaydi. 12-15 yoshdan 
boshlab, qon yaratilishi kattalarnikidek bo’ladi. Bola tug’ilgandan so‘ng taloq tez 
o‘sa boshlaydi, vazni 5 oylikda 2 hissa, 1 yoshda 3 hissa, 10-12 yoshda 10 hissa 
ortadi. 

Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish