Nasosning quvvati va FIK
Nasosning foydali quvvati, kVt
Nf = (pQ) / 1000, (2.22)
bunda p – bosim, N/m2;
Q – nasos unumdorligi, m3 / s.
Nasosni harakatga keltiruvchi quvvat, ya’ni val quvvati,
Nv = k((pQ) / 1000 η), (2.23)
bunda η – ishlab chiqaruvchi korxona ma’lumotlardan qabul qilingan, nasosning to’liq FIK.
Haqiqiy quvvat foydali quvvatdan katta bo’lishining sabablari:
a) suyuqlik nasosdan o’tishda gidravlik qarshiliklarga uchraydi;
b) suyuqlikni bir qismi bosimli quvurigacha yetib bormay, yo’qoladi;
v) nasosning o’zida ishqalanish qarshiliklarning mavjudligi.
Nasosdan uzatiladigan foydali quvvatini, val quvvatiga, ya’ni nasos iste’mol qiladigan quvvatiga nisbati, nasosning to’liq FIKni bildiradi
η = Nf / Nv . (2.24)
k – yuritkichni ortiqcha yuklanishini hisobga oluvchi, quvvatning zahira koeffisienti; N < 1 kVt k = 1,3 ÷ 1,4; N = 1÷2 kVt k = 1,2 ÷ 1,3; N = 2 ÷ 5 k = 1,15 ÷ 1,2; N = 5÷50 kVt k = 1,10÷1,15; N> 50 kVt k= 1,05÷1,10.
Markazdan qochma nasoslarda, hamda porshenli nasoslarda FIK ti hajmiy, gidravlik, mexanik, va to’liq FIK larga bo’linadi.
Nasosning hajmiy FIK. 2.5- rasmdagi g’ildirak 7 dan, chiqish 6 va kirishlardagi 1, bosimlar farqi hisobidan, suyuqlikni bir qismi, g’ildirak va yunaltiruvchi apparati 5 (mavjud bo’lganda) orasidagi zichsizliklardan 4, hamda g’ildirak va so’ruvchi quvur orasidagi zichsizlikdan, so’rish quvuriga qaytib o’tadi.
Shuning uchun bosimli quvurga Q miqdorda suyuqlik uzatilishi kerak bo’lsa, nasos (Q + q) miqdorda suyuqlikni uzatishi kerak, bunda q – nasosning o’zida aylanadigan sarf, ya’ni zichsizliklardan yuqoladigan suyuqlik.
η0 = Q / (Q + q) (2.25)
nisbatga hajmiy FIK deyiladi. Zamonaviy nasoslarda η0 = 0,90÷0,98.
Nasosning gidravlik FIK. Gidravlik qarshiliklarga nisbatan bardoshli bo’lishida nasosda bosim yo’qotilishlari hosil bo’ladi: nasosga kirishdan, chiqishgacha suyuqlik harakatinining yuzali ishqalanishi hisobidan; harakat yunalishining o’zgarishi va tor qirqimidan enli qirqimiga o’tishi hisobidan; suyuqlikni g’ildirakga va uning parraklariga urilishi hisobidan.
Bundan tashqari oqimda uyurmalanishlar ham mavjud bo’ladi. Agarda p – kerakli bosim, pg.q. - nasos ichidagi qarshiliklarni bardosh qilishiga, bosim yo’qotilishlari bo’lsa, nasosning gidravlik FIK
ηg = p/( p+pg.q.) (2.26)
bir pog’onali nasoslarda ηg = 0,6÷0,7 ko’p pog’onali nasoslarda, ηg = 0,65÷0,75 zamonaviy konstruksiyalarda ηg = 0,80÷0,96 yetkazish mumkin.
Nasosning mexanik FIK. Nasosni podshipnigida, salnigida, disklarida va suyuqlikni g’ildirak disklariga ishqalinishi hisobiga ma’lum miqdorli N′ quvvat sarflanadi.
ηm = (Nv - N′)/ Nv (2.27)
nisbatga mexanik FIK deyiladi. ηm = 0,90 ÷0,98.
Do'stlaringiz bilan baham: |