Nasosdagi suyuqlikning yo’qotilishlar sxemasi
Nasosning to’liq FIK hajmiy, gidravlik, mexanik FIKlarning ko’paytmasiga teng
η = η0 ηg ηm
bo’lib, nasos konstruksiyasisning mukammalik darajasini tavsiflaydi. Zamonaviy markazdan qochma nasoslarning FIK 0,75÷0,92 gacha atrofida bo’ladi.
Porshenli nasoslarda suyuqlik haydash quvuriga ilgarilanma – qaytma harakat qiluvchi mexanzmlar orqali uzatiladi. Porshenli nasoslar vositasida har qanday qovushqoqlikdagi suyuqliklarni uzatish mumkin. Porshenli nasoslardan oz miqdordagi suyuqliklarni yuqori bosimda uzatishda va suyuqlik sarfi o’zgarmas bo’lganda, bosim keskin o’zgaradigan hollarda foydalanish qulay Porshenli nasoslarda suyuqlik haydash quvuriga ilgarilanma – qaytma harakat qiluvchi mexanzmlar orqali uzatiladi. Porshenli nasoslar vositasida har qanday qovushqoqlikdagi suyuqliklarni uzatish mumkin. Porshenli nasoslardan oz miqdordagi suyuqliklarni yuqori bosimda uzatishda va suyuqlik sarfi o’zgarmas bo’lganda, bosim keskin o’zgaradigan hollarda foydalanish qulay.
Porshen suyuqlikni faqat oldi tomoni bilan siqib chiqaradigan nasos, oddiy bir tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi. Agar nasos silindirida porshenning ikkala tomonida joylashgan ishchi kamerasi bo’lsa va porshen ulardan suyuqlini ketma-ket siqib chiqarsa, bunday nasos ikki bosqichli yoki ikki tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi.
Porshenli nasos tuzilishi
1-silindr; 2-porshen; 3- so’rish klapini; 4-haydash klapini; 6- so’rish quvuri;
5- haydash quvuri; 7-havo qalpoqchasi
Oddiy porshenli nasosning ishlash prinsipini ko’rib chiqamiz (6.1-rasm).
Nasos porsheni so’rish jarayonida o’ng tomonga harakat qilganda ish kamerasining hajmi kattalashadi. Undagi bosim esa kamayadi va atmosfera bosimidan kichik bo’lib qoladi. Pastki rezervuardagi (nasos suyuqlikni so’rib oladigan basseyndagi) suyuqlikning erkin sirti atmosfera bosimi ta’sirida bo’ladi.
Ishlash prinsipiga ko’ra porshenli nasoslar oddiy, ikki bosqichli va ko’p bosqichli bo’ladi.
Valning aylanish soniga ko’ra porshenli nasoslar uch turga bo’linadi:
- sekin ishlaydigan (40-60 ayl/min);
-normal ishlaydigan (n=60-120 ayl/min);
-tez ishlaydigan (n=120-180 ayl min va undan ko’p).
Ish unumdorligining qiymatiga ko’ra porshenli nasoslar uch hil bo’ladi:
-kichik (Q<15 m3/ soat);
-o’rta (Q= 1560 m3/soat);
-katta (60 3/soat).
Bosimning qiymatiga ko’ra ham porshenli nasoslar uch turga bo’linadi:
-past bosimli (P<1MPa);
-o‘rtacha bosimli (P=12 MPa);
-yuqori bosimli (P>2MPa). 150>15>
Do'stlaringiz bilan baham: |