Raqobat ustunligi nazariyasi
Hozirgi davrda xalqaro savdo nazariyasida raqobatda ustunlikka erishish, uni ushlab turish muammosi birinchi o‘rinda turadi. Jahon bozorida peshqadamlikni qo‘ldan bermaslik uchun yuqori sifatli mahsulotlami taklif qilish va baholi raqobatga bardosh berish qurbiga ega bo‘lish kerak. Shu narsa ayonki, hech bir mamlakat tovar va xizmatlaming barcha turlari bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi mumkin emas. Hech bir mamlakat o‘zi uchun mumkin bo'lgan raqobatdagi ustunlikni doimo saqlab turishga kafolat bera olmaydi. Raqobatdagi ustunlikka erishish ilm-fan, texnika, texnologik yangiliklar asosida qo‘lga kiritiladi va keskinlashib boradi.
Alohida firmalar qoiga kiritilgan ustunlikni yangi texnologiyalardan foydala-nish, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, ishni samarali olib borish yo‘li bilan ushlab turadi.
Davlatning raqobat ustunligini yaratishdagi qoilab-quvvatlashi, o‘zgaruv-chan va samarali tashqi siyosatning roli katta. Bunday siyosat korxonalar faoliya-tini muvofiqlashtirish va rag‘batlantirishga, qulay shart-sharoitlami yaratishga qaratilgan. Chet el raqobatchilari oldida ustunlikni qo‘Iga kiritish va ushlab turishni korxonalar o‘zlari amalga oshirishi kerak.
Ishlab chiqarish omillariga suyangan holda jahon bozorida u yoki bu mamlakatning ustunlikni qo‘lga kiritishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Ishlab chiqarish omillarining o‘zi borgan sari o‘zgaruvchan, ko‘chib yuruvchan bo‘lib boradi. Kapital investitsiya qilinadi va boshqa mamlakatlarga oqib o‘tadi; ishchi kuchi ish haqi ancha yuqori, mehnat sharoiti ancha yaxshi mamlakatlarga ko‘chib o'tadi; fan-texnika yangiliklari ham eksport, ham import qilinadi. Ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati nazariyasi o‘zining maxsus xususiyatga ega. Shu bilan birga bu yerda ham xalqaro tovar va xizmatlar savdosi sohasidagi rag‘batlan-tirish va qonuniyatlar deyarli bir xil amal qiladi.
Tashqi savdo munosabatiari va ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati konsepsiyalarida va olib borayotgan siyosatida asosiy qoidalar hisobga olinadi. Odatda, mamlakat iqtisodiyoti eksport kvotasi miqdoriga bog'likligi nazarda tutiladi. Kichkina mamlakatlarda odatda, bunday kvota yuqori, negaki bu mamlakatlarning iqtisodiyoti tashqi savdoga ancha katta darajada bog‘liq boMadi. Shu narsa ham ayonki, har qanday mamlakat milliy xo‘jaligining holati tashqi savdo va to‘lov balansini aniqlab beradi. Agar eksport importdan ancha ortib ketsa mamlakatning to‘lov balansi tanqisligi kuchayadi, bu uni tashqaridan qarz olishga majbur etadi. Natijada bunday mamlakatning qarzlari hamda, har xil salbiy oqibatlar kuchayadi.
Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, tashqi savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini bir xil baholab boMmaydi. Bu yerda universal mezon amal qilmaydi. Samaradorlik va foydalilik nafaqat tashqi valyuta tushumlariga bogMiq, balki jahon va ichki narxlar dinamikasiga, savdo operatsiyalari miqyosiga, hisob-kitob tizimiga ham bogMiq. Tashqi savdo nazariyalari va siyosati ildizi odatda, to‘lov balansi holatiga borib taqaladi. To‘lov balansi milliy valyutaning ishonchli va barqarorligini, mamlakatning moliyaviy majburiyatlari va qarzlari bo‘yicha hisob-kitob qilish qurbiga ega ekanligini, iqtisodiy
Hozirgi davrda jahon savdosining xalqaro kapital harakatiga bog‘liqligi kuchayib bormoqda. Jahon kapitali oqimi tovarlar oqimidan oshib borayapti. Xalqaro kapital oqimining kuchayishi yevrovalyuta bozori va xalqaro obligatsiyalar bozorida namoyon bo'lmoqda, bu bozorlarning ko‘lami ancha kengaymoqda.