2-jadval
|
Mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi
|
Vino (litr)
|
Mato (metr)
|
Angliya
|
12
|
6
|
Portugaliya
|
8
|
4
|
Qiyosiy ustuniik nazariyasi keng va muhim natijalarga ega. Biz ko‘rib chiqqganimizdek, olimlar ham, merkantilistlar ham davlatlar o‘rtasidagi ayirboshlash yoki savdoni boshqalarning xarajatlari orqali faqat bir tomonga samara kelishi tarzida ko‘rib chiqishgan. Buning sababi shundaki, ular ko‘r-ko‘rona tovarlaming umumiy hajmi doimiy bo‘ladi deb hisoblashgan: shuning uchun bitta tomon foyda ko‘rsa, boshqa tomon yutqizgan. Bunday yondashuvni boshqa nazariyalarda ham kuzatish mumkin, ular iqtisodiy ayirboshiashlarni murosasiz jarayonlar deb qarab, bunda g'oliblar va mag‘iublar bo‘ladi, deb hisoblashgan.
Rikardo o‘zining qiyosiy ustuniik nazariyasi bilan tomonlar o‘rtasidagi ixtiyoriy savdo yoki ayirboshlashni ikkala tomonga ham foyda keltirishi mumkinligini isbotladi, chunki qiyosiy ustuniik tovar ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga olib keiadi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va natijada yalpi ishlab chiqarish ortadi. Bu g'oyaga kichik shahar, mamlakat va xalqaro savdo nuqtayi nazaridan yondashish mumkin. Faraz qilaylik, shahardagi eng yaxshi advokat bir vaqtning o‘zida eng yaxshi kotiba ham hisoblansin. U o‘zining shaxsiy yuridik ishlarini o‘zi kompyuterida terib, bosmadan chiqaradimi? Yo‘q, u o‘ziga kotiba yollaydi, chunki u yuridik ishlarida ham, kotibalik ishlarda ham mutlaq ustun bo'la olmaydi, bu qiyosiy ustuniik nazariyasida vaqtni tejab yuqori daromad olishga teng. Uning kotibasi bo'lsa ixtiyoriy ravishda advokatning soatbay ish haqidan ancha past bo'lgan ish haqiga rozi bo‘lib, kompyuterda ishlaydi, keyinchalik u o‘z sohasidagi qiyosiy ustuniik nazariyasi natijasi boyicha ancha ta’minlangan xodimga aylanadi. Qiyosiy ustuniik amaliyotida mahsuloning umumiy summasida: iqtisodiy hissa yuqori bo‘ladi. Demak, uni advokat va kotiba o‘rtasida, Nyu York va Kalifomiya, Angliya va Portugaliya o‘rtasida qo'llash mumkin.
Sanoatni tashqi savdodan himoya qilishga asoslangan merkantilistik yondashuv Smitning mutlaq ustuniik nazariyasini bekor qiladi, chunki qiyosiy ustunlik nazariyasi bilan uni umuman yo‘q qilamiz. Shuningdek, ushbu nazariya jamiyatda nisbiy taqchillik natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni, iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi tovarlami ixtiyoriy ayirboshlash orqali ishlab chiqarish yalpi hajmini ko‘paytirishda va o‘zaro foydani ko‘paytirishga hamda shu asosda yuqoridagi kelishmovchiliklar bartaraf etilishiga sababchidir. Baxtimizga advokat ham, kotiba ham qiyosiy ustunlik nazariyasini tushinishlari shart emas, chunki bu nazariya u(ar qanday o‘ylayotganlarini emas, balki qanday harakat qilayotganligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |