Тayanch iboralar:
Ikkilamchi og‘izlilar (Deuterostomata); Ignaterililar (Echinodermata); Ontogenez; besh nurli simmetriya; Eleutherozoa kenja tipi; Dengiz yulduzlari (Asteroidea); Ilondumlilar (Ophiuroidea); Dengiz tipratikanlari (Echinozoa); Dengiz ko‘zachalari (Holothuroidea); Pelmatozoa kenja tipi. Dengiz nilufarlari (Crinoidea); Ignaterililar paleontologiyasi va filogeniyasi.
Ikkilamchi og‘izlilar (Deuterostomata). Ignaterililar (Echinodermata) tipi umumiy biologiyasi.
Umumiy biologiyasi. Ontogenezda besh nurli simmetriyani rivojlanishi. Eleutherozoa kenja tipi. Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfi: tana shakli, devori va skeleti; ambulakral tizimi; lokomotsiya; gaz almashinuvi; nerv tizimi; ovqat xazm qilish tizimi va oziqlanishi; ichki transport; ekskretsiya; ko‘payishi va rivojlanishi; metamorfoz; turlar xilma-xilligi. Ilondumlilar (Ophiuroidea) sinfi: tashqi va ichki tuzilishi, xayot faoliyati. Dengiz tipratikanlari (Echinozoa) sinfi: tashqi va ichki tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari. Dengiz ko‘zachalari (Holothuroidea) sinfi: tashqi tuzilishi, tana devori, shakli, xayot tarzi, ichki tuzilishi va organlar faoliyati, ko‘payishi va rivojlanishi, turlari xilma-xilligi. Pelmatozoa kenja tipi. Dengiz nilufarlari (Crinoidea) sinfi: tana shakli, devori; muskulaturasi va lokomotsiya; ovqat xazm qilish tizimi va oziqlanish; ichki transport; gaz almashinuvi va ekskretsiya; nerv tizimi; ko‘payishi va rivojlanishi; turlari xilma-xilligi. Ignaterililar paleonto-logiyasi va filogeniyasi.
Ignaterililar poleozoy erasining boshlanishi – kembriy davridan buyon yashab kelayotgan eng qadimgi hayvonlardir. Hamma ovlodlari faqat dengiz va okeanlarda yashaydi.
Bu tipga oldin yashagan turlari bilan birga 13 000 dan oshiqroq tur hisobga olingan. 2 ta kenja tip, 5 ta sinfga bo‘linadi.
Teri ostida ohakli skeleti hamda ko‘p sonli o‘simtalar, igna va nishlar terisi ustida joylashganligi uchun ularga bu nomni greklar bergan.
Ignatanlilar poleozoy erasining boshlanishi – kembriy davridan buyon yashab kelayotgan eng qadimgi hayvonlar bo‘lib, ba’zi avlodlari o‘troq, ba’zilari dengiz tubida o‘rmalab hayot kechiradi. Hammasi organlarining beshradial simmetriya asosida tuzilganligi, tanasi turli shaklda (yulduzsimon, yumaloq, chuvalchangsimon va h.k.o.) ekanligi xarakterlidir.
Bular ichida faqat dengiz lolalari o‘troq hayot kechiradi. Qolgan hammasi dengiz tubida o‘rmalab hayot kechiradi.
Dengiz yulduzining tuzilishi va organlar sistemalari. Oddiy dengiz yulduzi – turli ochiq dengiz va okeanlarda, janubiy dengizlarda ko‘p tarqalgan. Dengizda sohil doirasida Rossiyada Uzoq Sharq va Shimoliy dengizlarda tarqalgan.
Dengiz yulduzi besh nurli yulduz shaklida, turli rangda (qizil, oqish, ko‘kimtir) o‘rtacha 10-25 sm, ba’zilari 50-60 sm kattalikda. U yirtqichlik bilan hayot kechirib dengiz tubidagi turli hayvonlar, ko‘pincha ikki pallali mollyuskalar bilan ovqatlanadi. Dengiz yulduzining beshta katta va harakatchan uchi ingichkalashgan o‘simtalari qo‘llar deb atalib, bularning uchida bir nechta kalta paypaslovchi (teri, sezuv organ)lari va ko‘zi joylashgan.
“Qo‘llar” ni tutashtiruvchi markaziy (tana) qismi - disk deb nomlanadi.
Diskni ostki qismi “oral” tomoni, ustini esa, “aberal” deb ataladi. Pastki “oral” tomonida og‘iz, “aberal” tomonida “anal” teshigi uning yonida esa suv bilan harakatlanadigan ambulakral organiga suv o‘tkazgich – madrepora plastinkasi joylashgan. Qo‘llarning oraliqlarida jinsiy organlarning yo‘llari ochilgan. Erkagi va urg‘ochisi bir xil. Oral tomonida diskdan boshlab “qo‘llar” ning uchiga qarab yo‘nalgan, “ariqcha” bo‘lib, ariqchaning ichki va yon tomonida yuzlarcha harakatchan o‘simtalar – ambulakral oyoqchalar joylashgan.
Har bir oyoqcha muskullar ichki naycha, uning uchi esa yopishuvchi o‘simta bilan qurollangan. Oyoqchalar tana bo‘shlig‘ida joylashgan ambulakral sistema bilan tutashgan bo‘lib, mazkur sistemadan kirgan suv bosimi ta’sirida ma’lum yo‘nalishda harakatlanadi. Hayvon ma’lum tomonga qarab, shu oyoqchalar yordamida sirg‘anib harakat qiladi.
Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i yaxshi rivojlanib, bunda ambulakral sistemasi hazm organi, qon aylanish, nerv sistemasi hamda jinsiy organlari joylashgan.
Ambulakral sistema aberal tomonida yumaloq madrepora plastinkasidan boshlanib, “tosh kanaliga” ochilgan. Suzilib o‘tgan dengiz suvi mazkur kanaldan doira kanaliga, undan esa radial kanallariga o‘tadi. Suv radial kanalidan oyoqchalar ichidagi naychalarga o‘tadi. Harakat vaqtida suv bosimi oyoqchalarni harakatga keltiradi.
Hazm organi – og‘iz bilan tutashgan kalta qizilo‘ngach, oshqozon va qo‘llarda joylashib, oshqozonga ochiladigan 5 juft “jigar” dan tuzilgan.
Qon aylanish sistemasi – qizilo‘ngach atrofida va aberal tomonida joylashgan doira kanali (yurak) va 5 ta radial tomirlardan tuzilgan. Ayirish vazifasini ambulakral sistema bajaradi.
Nerv sistemasi – oral tomonida, bevosita terining ostida qizilo‘ngach atrofida joylashgan, halqa va unga tutashgan beshta radial nerv iplaridan iborat.
Sezuv organlari – dengiz yulduzlarida yaxshi taraqqiy etgan va qo‘llarni ng uchlaridagi ko‘zchalardan va paypaslovchilardan iborat. Ko‘pchiligi yorug‘likni sezadi. Ko‘p turlarida hid bilish va maza bilish organi rivojlangan.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Jinsiy organlari – beshta urug‘don yoki tuxumdondan iborat bo‘lib, sodda shakilda shaxlangan organlarning yo‘llari mustaqil ravishda qo‘llarning oraliqlariga ochilgan.
Ko‘pchilik turlari jinsiy mahsulotini tashqariga chiqariladi, o‘rchish va rivojlanish suvda boradi (ba’zi turlarida tuxum qo‘yish bo‘shlig‘i bo‘lib, tuxumi shu bo‘shliqda o‘rchiydi). Dengiz yulduzining rivojlanishi hamma ignatanlilar uchun xarakterlidir.
Dengiz yulduzlarining hozirgi okean va dengizlarda tarqalgan 1500 turi bor. (10000 m chuqurlikda yashaydigan turlari ham bor). Asosan shimoliy dengizlarda, Barens dengizida tarqalgan. Janubiy dengizlarda yashaydigan dengiz yulduzlarida qo‘llar soni 8,16,45 tagacha, kattaligi 50-80 sm keladi. Dengiz tubidagi ikki pallalilar, qorin oyoqlilar, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Bular foydali mollyuskalarni yeb zarar keltiradi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Ikkilamchi og‘izlilar (Deuterostomata). Ignaterililar (Echinodermata) tipi umumiy biologiyasi.
2. Eleutherozoa kenja tipi. Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfi umumiy tuzilishi va turlar xilma-xilligi.
3. Ilondumlilar (Ophiuroidea), Dengiz tipratikanlari (Echinozoa) va Dengiz ko‘zachalari (Holothuroidea) sinflari umumiy tuzilishi va turlar xilma-xilligi.
4. Pelmatozoa kenja tipi. Dengiz nilufarlari (Crinoidea) sinfi umumiy tuzilishi va turlar xilma-xilligi.
5. Ignaterililar paleontologiyasi va filogeniyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |