Nerv sistemasi – bir juft bosh nerv tuguni, bir juft ichki organlar nerv tuguni va juft oyoq nerv tugunidan tarkib topgan. Sezuv organlari yaxshi rivojlanmagan. ko‘z yo‘q, muvozanat organi oyoqning uchida joylashgan.
Jinsiy organlari: Ayrim jinsli, urug‘don va tuxumdonlar uzum boshiga o‘xshab tuzilgan bir juft organlar bo‘lib, bular ichak qatlamlarining orasida joylashgan. Bularning bir juft yo‘llari mantiya bo‘shlig‘iga ochilgan.
Ko‘payishi va rivojlanishi: Anadontaning mantiya bo‘shlig‘i orqali doim suv o‘tib turadi. Suv bilan kirgan mikrob, chirindi va juda mayda hayvonlarni suzib (filtrlab) shular bilan oziqlanadi. Suvda erigan O2 ni oladi. Urg‘ochisi jabra varaqlariga lashtirib tuxum qo‘yadi.
Spermatozoidlar suv bilan kirib tuxumlarni otalantiradi. Tuxumdan “gloxidiya” deb nomlanuvchi mayda ikki pallali lichinkalar yetishadi. Lichinkalar suvga chiqib baliqlar tanasiga yopishib oladi va baliq tanasiga parazitlik qilib, 1,5 – 2 oy yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |