Reja: Modulli o‘qitishning moxiyati



Download 141,1 Kb.
bet12/15
Sana23.11.2022
Hajmi141,1 Kb.
#870944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
12-Mavzu

Birinchi bosqich: kasbiy faoliyat mazmuni va tarkibiy tahlili.
Mazkur tahlil ishning tafsiloti, modulli bloklar ro‘yxati va tafsilotini tuzish maqsadida o‘tkaziladi. Ishning tafsiloti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • kasbning va kasbiy sohaning nomlanishi;

  • ish sohasi (faoliyatning aniqlangan turi);

  • mazkur ixtisoslikli ishchining vazifalari tafsiloti;

  • ishchining ma’suliyati va uning bevosita rahbari;

  • ish sharoiti (o‘rni);

  • ixtisoslikni egallash uchun nomzodga qo‘yiladigan talablar
    (4.2-jadval):

Modulli bloklar ro‘yxati va tafsiloti mazkur ixtisoslik doirasida bajariladigan ishlab chiqarish topshiriqlar majmuasi asosida tuziladi. Ishlatiladigan «modulli blok» atamasi, uning mantiqan tugallangan qismini o‘zida mujassamlashgan ishlab chiqarish topshirig‘ining mazmunini ifodalaydi.
Tahlil natijalari bo‘lib, mutaxassisning ish o‘rnidagi vazifasi, bu vazifalarni bajarishdagi tashkiliy tuzilmalar, mazkur ixtisoslikni egallashni istaganlarga qo‘yiladigan talablar, hamda mazkur ixtisoslik doirasida mutaxassis tomonidan bajariladigan barcha ishlab chiqarish topshiriqlari ro‘yxati hisoblanadi (4.3-jadval).
Ikkinchi bosqich: Modulli bloklarning mazmuni va tarkibining tahlili.
Mazkur tahlilning maqsadi, modulli blok doirasidagi muayyan ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun zarur bo‘lgan amallar (qadamlar) ketma-ketligini aniqlash hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyati tahlilini bajarish uchun birinchi navbatda kasbiy soha va shu bilan bir qatorda tizimli tahlil bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis talab etiladi. Oliy o‘quv yurtida yoki kasb-hunar kollejida bunday ishni faqat bu sohada malakaga ega bo‘lgan pedagoglar bajarishi mumkin. Demak, ixtisoslik fanlari o‘qituvchilari chuqur bilimlar bilan bir qatorda o‘rgatiladigan ixtisoslik bo‘yicha malakaga ham ega bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish faoliyati, modulli bloklar, qadamlarning tahli­li, tegishli ishni bajarish uchun mutaxassis ega bo‘lishi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar va nazariy bilimlar ro‘yxatini aniqlash imkoniyatini beradi. Loyihalashning bu bosqichi natijalari «Modulli blok tahlili





jadvali» ko‘rinishida tizimlanadi. Bu jadvalda ish qadamlari va ularni bajarish uchun zaruriy amaliy malakalar va standartlar tafsilotlari lo‘nda holda keltirilgan (4.4-jadval).



Download 141,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish