Fanning o`quv rejasidagi hoshqa fanlar bilian o`zaro bog`liqligi, uslibiy jihatdan uzviyligi va ketma- ketligi
Bu fan o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan uzviy bog`liq. Ushbu fanni yaxshi o`zlashtirish uchun umumta’lim fanlardan matematika, anatomiya, tasviriy san’at, chizmachilik, umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan tikuvchilik materialshunosligi, tikuvchilik jihozlari, tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash, ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat muhofazasi va boshqalar.
Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash loyihalash fanida tayyorlangan tikuvchilik buyumlari andazalari tikuvchilik texnologiyasi darslarida qo`llaniladi, tikish bosqichlari tanlanib, ketma-ketlik jarayoni xaritasi tuzdiriladi. “Tikuvchilik texnologiyasi” fani jarayonida buyum yoki buyum uzeli maketi tiktirilsa, aynan shu buyum “Tikuvchilik texnologiyasi” o`quv amaliyoti jarayonida tiktiriladi. Bu 3 ta fan bir - biri bilan juda bog`liq. Bu tajriba yaxshi natija beradi.
Dastur yozishda bu fanlar bo`yicha o`rgatiladigan buyum xillarini aynan bir xil olishga harakat qilindi. Dasturga kiritish imkoniyati bo`lmagan buyum xillarini amaliyot va mustaqil ish dasturiga kiritiladi.
Dasturga kiritilgan buyum xillarini o`quvchilarning takliflari, zamon yo`nalishi, milliy kiyimga bo`lgan ehtiyojlarga ko`ra o`zgartirib, fan kafedra yig`ilishida ko`rib chiqib, pedagogika kengashida tasdiqlanib, qo`llashga ruxsat etiladi.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar
Ta’lim O`zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodlarning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi. Ilm-fan, texnika taraqqiyotining juda tez rivojlanishi natijasida axborotlarning keskin ko`payib borayotganligi, ulardan ta’lim - tarbiya jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi ta’lim jarayoniga texnologik yondashish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Mana shularni hisobga olgan holda tikuvchilik texnologiyasi fanini o`qitishda, tikuvch kasbini sirlarini o`rgatishda hozirgi zamon texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlarini qidirish kerak. Bo`lajak to`garak rahbarlari ushbu fan bo`yicha axborot texnologiyalari haqida ma’lumotga ega bo`lishlari, buyum tayyorlashda uning zamonaviyligi, ishlov berish texnologiyasini, tikuv mashinasini to`g`ri tanlash, ketma- ketlik jarayonini to`g`ri tuza olishlarini o`rgatish nazarda tutiladi.
-Tikuvchilik texnologiyasi fanini o`qitishda albatta zamonaviv tikuv mashinalari, kerakli jihozlar, moslamalar, ko`rgazmali qurollar bo`lishi kerak.
-Tikuvchilik texnologiyasi fanidan amaliy ish bajarishda albatta turli xildagi ko`rgazmalardan foydalanish, internet tarmog`idan olingan manbalarga asoslanish, o`quv va ishlab chiqarish amaliyoti bilan o`zaro uzviy bog`langan holda olib borilishi lozim.
-Ta’lim berishning zamonga xos texnik vositalaridan - slaydalar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
-Ta’lim berish jarayonida o`qituvchi ham, o`quvchi ham faol bo`lishi kerak. Oqituvchi tomonidan berilayotgan ma’lumotlar o`quvchlarni ijodiy ishlashga, fikrini to`liq bayon etishga qaratilib, kasbiy bilim, konikma va malakalarini, tashabbuskorlik faoliyatlarini rivojlantirish omili bo`lishi kerak.
-Ta’lim berish jarayonida o`qituvchi o`quvchini qiziqtira olish, ichki hissiyotini oshirishi, material hajmini oshirib borishi, mustaqil ishlash mazmunini va o`quv jarayonining sifat samaradorligini oshirish, o`quvchi ishtirokining mas’uliyatini oshirib borish+, kasbiy bilimlarni chuqur egallashlariga yordam berishi kerak.
-Ta’lim berish jarayonida berilayotgan axborotlar o`quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotgani albatta bilim samaradorligi yuqori bo`layotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Tikuvchilik texnologiyasi fani bo`yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchilar bilim saviyasi va o`qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi va reja berish maqsadga muvofiq. Amaliy ish jarayonida o`rganilayotgan byumga tavsif yoziladi, andaza va gazlamani bichishga tayyorlaniladi, andazani gazlama ustiga joylashtiriladi. M1:4 da. Har bir buyumni gazlama sarfi aniqlanadi. Buyumni tikish jarayoni haritasi tuziladi va ay`rim buyumni maketi M 3:2 da tikiladi. Maket tikishda o`rgatilayotgan byuymni kerakli uzelini tanlab olinadi. Buyum bichig`i esa shu fan bo`yicha o`quv amaliyoti jarayonida tikiladi.Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Mustaqil ishlarni tashkil etish o`quvchilarning amaliy ishlarining davomi bo`lishi kerak. Mustaqil ish mazmuni, bajarilishi tushuntiriladi va o`quvchilar tomonidan darsdan tashqari vaqtda mustaqil bajariladi.Belgilangan muddatda torshiriladi va baholanadi.Albatta mustaqil ishni baholashda o`quvchilarning ijodiy faoliyatlariga alohida e’tibor beriladi. Mustaqil ish natizasida bajarilgan ishlar ko`rgazma zallariga qo`yiladi yoki xonada ko`rgazma sifatida ishlatiladi.
O`quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda turli xil to`garaklarning ham roli katta. “Tikuvchilik”, “Pazandachilik”, “Zardo`zlik”, “Milliy kashtachilik” to`garaklari bilan bir qatorda gazlama qoldiqlaridan oqilona foydalana olishni o`rgatadigan to`garaklarni ham tashkil qilish mumkin. Kiyimni loyihalash va badiiy bezash, tikuvchilik texnologiyasi to`garaklari gazlamani tejash bo`yicha bilimlar beradi, tikishni, bichishni o`rgatadi. Lekin bu tejalgan gazlama qoldiqlaridan qanday buyumlar, bezaklar tayyorlash mumkinligini gazlamaga badiiy ishlov berish to`garagida o`rganish mumkin.
Kashta tikish amaliy-bezak san`atining bir turi hisoblanadi. O`zbek milliy kiyimlari, uy-ro`zg`or anjomlarining kelib chiqish tarixiga nazar solsak, kashta tikish san`ati aholining hamma tabaqalari hayotida o`z o`rnini topganligining guvohi bo`lamiz.
Har bir o`zbek oilasida hozirgi kungacha va ko`p yillar davomida, e`zozlanib, saqlanib kelayotgan qo`l kashtalarini ko`ramiz. Kashta tikish qiziqarli ijodiy ish bo`lib, u ko`pchilikka quvonch keltiradi, bo`sh vaqtini bekor o`tkazmaslikka undaydi va kishilarni nafosat olamiga olib kiradi. Kashta tikish o`quvchilardan sabr-toqat, yuksak badiiy did, izlanuvchanlikni, fikr yuritishni talab qiladi. Hozirgi davr yoshlarining kasb-hunar egallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Kashtachilik metodikasi pedagogika kasb-hunar kollejlarida to`garak rahbarlarini tayyorlashda eng asosiy mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fan bo`lajak to`garak rahbarlariga yosh avlodga har tomonlama tarbiya berish, mehnatga ijobiy munosabatda bo`lish, to`garak ishlari uchun moddiy ta`minot, to`garak rejasini tuzish, mashg`ulotga tayyorlanish, kashtachilik sirlarini o`rgatish bo`yicha yo`l-yo`riqlarni berishni o`rgatadi. Uning asosiy vazifasi hozirgi zamon yoshlarini kasbga qiziqtirish, tanlagan kasblari bo`yicha kerakli ko`nikma, malaka egallashlarining eng zamonaviy usullarini o`rgatishdir.
Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o`qitish metodikasi dasturi nazariy va amaliy mashg`ulotlarning o`tkazilishini ko`zda tutadi.
Nazaruy kursda ta`lim texnologiyasini isloh qilishga qaratilgan hukumat qarorlari, Prezident farmonlari, milliy kashtachilik asoslari tarixi, uning kishilik jamiyati rivojlanishidagi o`rnini belgilovchi manbalardan foydalaniladi. Bunda beriladigan bilimlar albatta, Davlat ta`limi standartlari talablari darajasida bo`lishiga e`tibor beriladi.
Nazariy bilimlar berishda, to`garak ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yishda duch keladigan qiyinchiliklar, yangi pedagogik texnologiyani joriy etishga qaratilgan yo`l-yo`riqlar, bezak elementlarining tarixi, milliy bezak elementlari tarixi, milliy bezak turlari, gazlamalarning turlari kabi bilimlar beriladi. Bu bilimlar amaliy mashg`ulotlarda mustahkamlanadi, shuningdek, muzeylarga, maktablarga, madaniyat uylarida tashkil etilgan ko`rgazmalarga ekskursiya uyushtiriladi. Amaliy mashg`ulotlar davrida o`quvchilarning gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik to`garagi rejasini tahlil etish, tuzish, uning bo`limlari asosida mashg`ulotlarga tayyorlanish, ko`rgazmalar tayyorlash va mashg`ulotlarni o`tkazish, tahlil etish bo`yicha ishlarni bajarishlari ko`zda tutilgan.
Amaliy ishlar (mavzuga qarab) otaliq maktablar qoshidagi to`garaklar, madaniyat uylarida o`tkazilishi kerak. Amaliy ishlarni o`tkazishda to`garak rahbarlarini tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilishi zarur.
Ko`p yillik ish tajribalariga suyangan holda hamda respublikamiz madaniyat uylaridagi to`garak rahbarlarining ish tajribalarini o`rganish natijasida, ushbu fan dasturi tuzildi. Dastur 5 bo`limdan iborat:
1.Gazlamani tayyorlash.
2. Kashtachilik va uni o`qitish metodikasi.
3.Gazlama qoldiqlaridan keng iste`mol buyumlari tayyorlash.
4.Turli materiallardan bezaklar yasash.
5.Gazlama qoldiqlaridan sun`iy gullar yasash.
Mazkur dastur o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish, ularning badiiy jihatdan kamol topishi va ijtimoiy qobiliyatlarini, mustaqil fikrlashni, ishlaridagi badiiylikni rivojlantirishning katta imkoniyatlarini kengroq o`rgatishni ko`zda tutadi. Fanni o`qitishda o`quvchilarga badiiy tarbiyani rivojlantirish, tejamkorlikka o`rgatish, kashta tikish san`ati amaliy tarzda olib boriladi, ya`ni ularga gazlama qoldiqlaridan buyumlar yasash ko`rsatib boriladi, ketma-ketligi tushuntiriladi. Bu esa hozirgi bozor iqtisodiyoti vaqtida juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |