Sotish turini tashkil qilishga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlash iste’molchilarni batafsil o‘rganish, ularning joylashgan o‘rnini, raqobatchilarning sotish faoliyatini baholash, imkoniyatlarni aniqlash va sotish hajmini kengaytirish chegaralarini va boshqalarni bildiradi.
Sotish strategiyasi maqsadlarini qo‘yish turistik korxonaning marketing maqsadlari bilan uzviy bog‘liq. Bundan asosiy maqsad mahsulotni iste’molchiga qulay shakl va joyda qisqa muddatda etkazishdir.
Sotish kanallari va ularni boshqarish uslublarini tanlash korxona sotish strategiyasining maqsad va vazifasi, sotish hajmi va muomala tezligidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Turistik mahsulotni sotish kanalini tanlashda asosiy mezon uning boshqaruvchanligi, iste’molchi talablariga moslashishga qodirligi hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatidir.
Sotish turi ishining tahlili va uni nazorat qilish mavjud sotish turi samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida amalga oshirilgan tadbirlarni tizimli baholashni, uning samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilash hamda tartibga solish tadbirlarini ishlab chiqishni bildiradi.
Sotish turi faoliyatini tahlil qilishning asosiy unsurlari sotish hajmi, muomala tezligi, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va tezligi, xizmat ko‘rsatishning belgilangan standartlari, usullari va texnologiyalariga rioya qilish, tanlangan tarqatish kanallarini boshqarish chiqimlari va boshqalar hisoblanadi.
Memonxona xizmatlarni sotish kanallari yuqorida ta’kidlanganidek, ixtiyoriy turistik korxonaning faoliyati faqatgina mahsulotni ishlab chiqarishdan iborat emas, balki uni sotish va bu bilan korxonaning marketingga oid barcha harakatlarining so‘nggi natijalarini aniqlashdan iborat. Turistik mahsulotning u yoki bu korxona tomonidan sotilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki agentlik bitimlari orqali sotish, bevosita firmada yoki undan tashqarida sotish, korxonani bevosita yoki telefon orqali yo‘qlash deyilganda – turistik korxonaning sotuvlari tushuniladi. Sotish (tarqatish) kanali deyilganda, F.Kotlerning ta’rifiga ko‘ra, «Aniq tovar yoki xizmatni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan harakati davomida egalik huquqini o‘ziga oluvchi, biridan boshqasiga o‘tishiga yordamlashuvchi firma yoki alohida shaxslar yig‘indisi».
Turistik biznes ixtisosligini hisobga olgan holda turistik korxona odatda aniq xizmatlar ishlab chiqarmaydi, aytish mumkinki, barcha korxonalar o‘z-o‘zidan sotish kanaliga jalb qilingan. Lekin bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki turistik mahsulot bir xizmatdan emas, balki kompleks jami xizmatlardan iborat. SHuning uchun sotish kanali deyilganda, turistik korxona tomonidan mahsulotni iste’molchiga sotishni tashkil etish uslublari yig‘indisi tushuniladi.
Sotuv kanalining ikki shakli mavjud:
bevosita sotuv kanali;
bilvosita sotuv kanali.
Bevosita sotuv kanalining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu kanalda hech qanday vositachi ishtirok etmaydi. Mahsulotni yaratuvchi o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchiga etkazib beradi. Ushbu kanal odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing ham deb ataladi. Xizmatlarning yuqorida aytilgan o‘ziga xos xususiyatlari, “uchta S”dan kelib chiqib, 80 foizdan ortiq xizmatlar bevosita sotiladi.
Bilvosita kanalda mahsulotni iste’molchiga etib borishi davomida vositachi ishtirok etadi. Ishtirok etuvchi vositachilar soni, turiga qarab kanal darajalari hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |