BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARI KASBIY
KOMPETENTLIGINING TASHKILIY TUZILMAVIY SHAKLI
HAQIDA MULOHAZALAR
Abduraxmonova Dinora, Doniyarov Mavlonbek.
JDPI Boshlang’ich ta’lim fakulteti o’qituvchilari.
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari
kasbiy kompetentligini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va
malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, ko’nikma va
malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha
integrativ bilimlar va harakatlarning o’zlashtirilishiga qaratilgan mulohazalar
yuritilgan.
Kalit so’zlar: Xalqaro dastur (PISA), PISA, kompetentlik, qobiliyat,
kasbiy malaka, o’quvchilarning o’qish savodxonligi, matematik savodxonligi va
tabiiy- ilmiy savodxonlik, ijtimoiy kompetentlik, maxsus kompetentlik
Аннотация: Цель данной статьи - предоставить будущим учителям
начальной школы знания, навыки и компетенции, необходимые для
реализации своих профессиональных навыков и применения их на
высоком уровне на практике. Под профессиональной компетенцией
понимается приобретение комплексных знаний и действий в каждой
независимой области, а не приобретение специалистом определенных
знаний, навыков и компетенций.
Ключевые слова: Mеждународная программа (PISA), PISA,
компетентность, способности, профессиональные навыки, грамотность
чтения учащихся, математическая грамотность и научная грамотность,
социальная компетентность, особая компетентность.
Annotation.
This article aims to provide prospective primary school
teachers with the knowledge, skills, and competencies needed to realize their
professional competencies and apply them at a high level in practice.
Professional competence is focused on the acquisition of integrative knowledge
and actions in each independent area, rather than the acquisition of specific
knowledge, skills and competencies by the specialist.
Keywords:
International Program (PISA), PISA, Competence, Ability,
Professional Skills, Student Reading Literacy, Mathematical Literacy and
Science Literacy, Social Competence, Special Competence.
Hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS nima
uchun zarur bo’lib qoldi. Bu savolga javob berish uchun “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”ning asosiy tarkibiy qismlariga e’tibor qaratish lozim.
Ya’ni ta’lim tizimi, shaxs, davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat
bo’lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o’zgarishlar, xususan, davlat
va jamiyatning tubdan o’zgarishi, hayotimizga kirib kelgan axborot-
kommunikatsion vositalar, fanning eng so’nggi yutuqlariga asoslangan
zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq
qiluvchi o’zgacha fikrlovchi yoshlarning vujudga kelganliklarini aytish
mumkin.
Undan tashqari, butun dunyoda bo’layotgan ta’lim sohasidagi islohotlar
ham, xususan Janubiy–sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropa va Amerika
qit’asidagi 10-15 yildan buyon amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarni
keltirish mumkin. Masalan, har uch yilda maktab o’quvchilarining
o’zlashtirishini baholash bo’yicha Xalqaro dastur (PISA) jahon mamlakatlari
ta’lim tizimi sifatini o’rganib chiqadi. PISA (Programme for International
Student Assessment) dasturining maqsadi 15-16 yoshli o’quvchilarning
maktabda berilayotgan ta’limni qay darajada o’zlashtirayotgani va ularni inson
faoliyatining turli sohalarida qo’llay bilishini tadqiq etishdan iborat. PISA
dasturi bo’yicha mutaxassislar tomonidan 15-16 yoshli o’quvchilarning o’qish
savodxonligi, matematik savodxonligi va tabiiy- ilmiy savodxonligi sinovdan
o’tkaziladi.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o’rin egallagan
kuchli raqobatga bardoshli bo’lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka
ega bo’lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda.
“Kompetentlik” (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy
bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va
iqtidorni namoyon eta olish “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga
psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan
kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning
o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda
yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la
ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab
jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
1
1
Педагогик компетентлик ва креативлик асослари / Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Ҳ., Сайфуров Д.М.,
Тўраев А.Б. – Тошкент, 2015. – 120 бет.
Kasbiy kompetentlik–mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va
ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis
tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir
mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o’zlashtiri-
lishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini
doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rga-nishni, muhim ijtimoiy
talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash
va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi:
- murakkab jarayonlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo’la olishda
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:
- o’z bilimlarini izchil boyitib boradi;
- yangi axborotlarni o’zlashtiradi;
- davr talablarini chuqur anglaydi;
- yangi bilimlarni izlab topadi;
- ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy faoliyatida samarali qo’llaydi.
Kasbiy kompetentlik sifatlari ular negizida quyidagi sifatlar aks etadi:
Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati
qisqacha yoritib beramiz.
1. Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish
ko’nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga
kirisha olish.
Sifatlar
Ijtimoiy kompetentlik
Shaxsiy kompetentlik
Maxsus (yoki kasbiy)
kompetentlik
Ekstremal
kompetentlik
Texnologik
kompetentlik
Psixologik,
metodik,
informatsion,
kreativ,
innovatsion,
komunikativ
va boshqa
kompetentlik
2. Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga
tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati
natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo’lib, ushbu
kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion
va kommunikativ kompetentlik ko’zga tashlanadi. Ular o’zida quyidagi
mazmunni ifodalaydi:
a) psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog’lom psixologik
muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari
bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o’z
vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
b) metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona
tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to’g’ri belgilash, metod
va vositalarni maqsadga;
muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo’llay olish, vositalarni
muvaffaqiyatli qo’llash;
c) informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli,
foydali ma’lumotlarni izlash, yig’ish, saralash, qayta ishlash va ulardan
maqsadli, o’rinli, samarali foydalanish;
d) kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy
yondashish, o’zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
e) innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish,
ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir
yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
f) kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari,
jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo’lish, ularni tinglay bilish,
ularga ijobiy ta’sir ko’rsata olish.
g) shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka
darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon
qilish.
h) texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg’or
texnologiyalarni o’zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan
foydalana olish.
i) ekstremal kompetentlik–favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik
jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror
qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik.
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va
uning o’ziga xos jihatlari o’rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga
A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish
mumkin.
O’z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi
quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligini qayd etadi:
O’zbekiston sharoitida ham pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning
o’ziga xos jihatlari o’rganilgan bo’lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib
borilgan tadqiqot o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko’ra
pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil
etadi:
Maxsus yoki kasbiy
kompe-tentlik (kasbiy
faoliyatni yuqori
darajada tashkil
etish)
Shaxsiy kompetentlik
(o’z-o’zini
rivojlantirish,
o’z-o’zini namoyon
etish)
Ijtimoiy kompetentlik
(qo’shimcha
faoliyatni
hamkorlikda tashkil
etish)
Tarkibiy asoslar
Individual
kompetentlik
(o’z-o’zini
boshqarish, kasbiy
rivojlanish va
yangiliklar yaratish)
Maxsus yoki kasbiy
kompetentlik (kasbiy
faoliyatni yuqori
darajada tashkil
etish)
Autokompetentlik
(o’zini ijtimoiy-
kasbiy rivojlantira
olish)
Ijtimoiy kompetentlik
(kasbiy faoliyatni
hamkorlikda tashkil
etish, ijtimoiy
mas’ullik)
Tarkibiy asoslar
Ekstremal kasbiy
kompetentlik
(kutilmagan
vaziyatlarda
ishlay olish)
Kasbiy (shu jumladan, pedagogik) kompetentlikka ega bo’lishda o’z ustida
ishlash va o’z-o’zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini
rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi baholash orqali
aniqlanadi.
O’z ustida ishlash–shaxs yoki mutaxassis tomonidan o’zini ijtimoiy hamda
kasbiy jihatdan rivojlantirish, kamolotga erishish yo’lida maqsadli, izchil,
tizimli harakatlarning tashkil etishi.
Mutaxassisning o’z ustida ishlashi quyidagilarda ko’rinadi:
- kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
- ijobiy sifatlarni o’zlashtirish
Pedagogning o’z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi:
O’z faoliyatini tahlil qilish asosida
yutuq va kamchiliklarini aniqlash
B
o
s
q
i
ch
l
a
r
Yutuqlarini boyitish va kamchiliklarni
bartaraf etish yuzasidan aniq qarorga
kelish
Ushbu qaror bo’yicha amaliy harakatlarni
samarali tashkil etish yo’llarini izlash
Xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka
intilish
Qabul qilingan qarorning izchil
bajarilishini doimiy nazorat qilib borish
5-bosqich
4-bosqich
1-bosqich
3-bosqich
2-bosqich
Pedagogning quyidagi amaliy harakatlari mutaxassis sifatida uning o’z
ustida ishlashini ifodalaydi:
- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
- pedagogik jarayon samaradorligini, o’zining ishchanlik faolligini
oshirish;
- izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o’zlashtirish;
- ilg’or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo’lish;
- faoliyatiga fan-texnikaning so’nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish;
- kasbiy ko’nikma va malakalarini takomillashtirish;
- salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari // Muslimov N.A.,
Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. – Toshkent, 2015. – 120
bet.
2. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish
savodxonligini baholash. (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha
mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma) «Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent-2019.
3. Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning matematik savodxonligini
baholash. (Matematika fani o‘qituvchilari, metodistlari va soha mutaxassislari
uchun metodik qo‘llanma) «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati. Toshkent- 2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |