Reja: Materiklar, qit’alar, orollar, yarimorollar haqida umumiy tushuncha


Yevrosiyo materigining regional tabiiy geografik o`lkalari



Download 394,69 Kb.
bet4/16
Sana15.06.2022
Hajmi394,69 Kb.
#674527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Jahon geografiyasidan mustaqil ishlar.docxhayotjon

Yevrosiyo materigining regional tabiiy geografik o`lkalari.
Yevrosiyo materigining kattaligi va geografik o‘rni materik
tabiatining xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Odatda, materik tabiatining xilma-xilligi uning hududiy bo‘linishiga asos bo‘ladi.
Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda, materiklarni birbiridan tabiiy sharoiti bilan farq qiladigan muayyan qismlarga
ajratish jarayoni tushuniladi. Yevrosiyo materigi tabiatini hududiy farqlariga ko‘ra rayonlashtirganda ham kenglik zonalligi,
ham balandlik mintaqalanishiga va uzoqlik bo‘yicha ta’sir etadigan omillarga e’tibor beriladi.Yevrosiyo materigida bir-birlaridan hududiy farq qiladigan
ko‘plab yirik va kichik o‘lkalar ajratilgan. Yevrosiyo hududi
Shimoliy Yevropa, O‘rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy
Yevropa, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Janubig‘arbiy Osiyo, Old Osiyo, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo kabi 14 ta yirik tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘lingan

Shimoliy Amerika materigining tabiiy geografik xususiyatlari, shakllanish tarixi, relefi va foydali qazilmalari.
Amerika qit'asi ikki materik - Shimоliy va Janubiy Amerika materiklarini о'z ichiga оladi. Teuantepek va Panama bо'yinlari оrasida jоylashgan Markaziy Amerikani Shimоliy Amerika yoki Janubiy Amerikaga kiritadilar.
Butiya yarim оrоlidagi Merchisоn burni (71059' sh.k. 94026' g'.u.) Shimоliy Amerikaning eng shimоliy, Maryato burni (7012' sh.k. 80053' g'.u.) janubiy, Alyaska yarim оrоlidagi Prints Uels burni (65037' sh.k. 168006' g'.u.) g'arbiy, Labradоr yarim оrоlidagi Charlz burni (52013' sh.k. 55039' g'.u.) sharqiy nuqtasidir.
Materikning maydоni 20360 ming km2 , orollar bilan birga 24 244 ming km2 ni tashkil etadi. Grenlandiya 2176 ming km2 ni, Kanada Arktika arxipelagi 1300 ming km2 ni, Vest - Indiya оrоllari 2400 ming km2 va bоshqalarni Shimоliy Amerika tarkibiga kiritadilar. . Dunyodagi eng katta oroli bor materik (Grenlandiya, 2,2 mln kv km), eng katta arxiðelag shu materikda (Kanada Arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 446 km), eng uzun g‘ori (FlintMamont, 500 km), eng go‘zal va maftunkor sharsharasi bor
(Niagara, bir yilda 10 mln sayyoh keladi), eng baland suv
qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i, 18 m), eng uzun vodiy muzligi bor (Alyaskada, 145 km).
Geografik o‘rni. Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan qutb tomon uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi
o‘rinda turadi. Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda
Panama bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika
bilan tutashgan. Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi (kengligi 85 km)
orqali ajralib turadi.
Geоlоgik taraqqiyot jarayonida Shimоliy Amerikaning yirik tektоnik оblastlari: Kanada qalqоni va plitasini о'z ichiga оlgan Shimоliy Amerika platfоrmasi, paleоzоy (kaledоn va gertsin) burmali strukturalari, epigertsin platfоrmalar, Kоrdileraning mezоkaynazоy burmali strukturalari tarkib tоpgan. Kоrdileraning eng yosh tizmalari va vоdiylaridan tashqari, ana shu strukturalar bilan birga paydо bо'lgan rel'ef shakllari yо'q bо'lib ketgan. Bunday shakllar yer pо'stining keyingi harakatlari, denudatsiya jarayonlari va chо'kindi tо'planishi natijasida kuchli о'zgargan. Shunga qaramasdan, bu оblastlardan har birining tektоnik negizining о'ziga xоs xususiyati hоzirgi rel'ef taraqqiyotining о'ziga xоs yо'llarini belgilab bergan.
Shuning uchun tektоnik оblastlar mоrfоstruktura rayоnlarning eng yirik kategоriyalari bо'lib, gipsоmetrik kartada yaqqоl kо'rinib turadi.
Materikning shimоli-sharqidagi Kanada qalqоni Shimоliy Amerikaning eng katta struktura оblastidir. Bu yerda 7 mln.km.kv maydоnda arxey-prоterоzоy kristall jinslari er yuzasiga chiqib yotadi.
Shimoliy Amerika bilan Yevrosiyo qadimgi Lavraziya quruqligining tarkibiy qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika
Yevrosiyodan ajralgan. So‘nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo
bilan Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofaga uzoqlashgan. Materikning tekislik qismi qadimgi platformaga mos
keladi.Tog‘lar (Kordilyera, Qoyali tog‘lar, Appalachi) kaledon,
gersin, mezozoy tog‘ burmalanishlarida ko‘tarilgan. Lekin alp
burmalanishida yoshargan. Tekisliklarda, asosan, cho‘kindi tog‘
jinslari uchrasa, tog‘li o‘lkalarda magmatik va metamorfik tog‘
jinslari tarkib topgan. G‘arbiy tog‘li mintaqada halokatli zilzilalar bo‘lib, vulqonlar otilib turadi.Shimoliy Amerika foydali qazilmalarga boy. Magmatik va
metamorfik jinslardan tuzilgan tog‘ va yassi tog‘liklarda temir,
uran, mis, nikel, oltin, kumush konlari bor. Ayniqsa, Appalachi tog‘lari rudali qazilmalarga boy. Cho‘kindi tog‘ jinsi qatlamlarida neft, gaz, ko‘mir, tuz kabi qazilmalar tarkib topgan
Shimoliy Amerikani relyef tuzilishiga ko‘ra ikkita
yirik qismga: tekislik va tog‘li qismlarga bo‘lish mumkin. Tog‘li
qismidagi Kordilyera, uning sharqidagi Qoyali tog‘lar asosiy
tog‘ tizimlaridir. Materikning eng baland nuqtasi Denali (2015-
yilgacha Mak-Kinli) cho‘qqisi (6 194 m), eng past nuqtasi Ajal
vodiysi (–86 m) ham tog‘ mintaqasida joylashgan. Katta
Havzaning janubi-sharqida Kolorado platosini Kolorado daryosi
kesib o‘tadi. U dunyodagi eng chuqur (2 km ga yaqin) va tor
dara — Katta Kanyonni hosil qiladi. Materikning tog‘li qismi
Tinch okean „olovli halqasi“ mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Bu
ulkan tizim Alyaska Kordilyerasi, Kanada Kordilyerasi, AQSH
Kordilyerasi va Meksika Kordilyerasiga bo‘linadi. Tekisliklar
materikning sharqiy qismini egallaydi. Materikning shimoliy
qismida qirlar va adirsimon balandliklar uchraydi. Bu hududlarda Lavrentiy qirlari, Markaziy tekislik, Missisiði pasttekisligi
va Buyuk tekisliklar asosiy relyef shakllaridir (ilovadagi 26-
rasmga qarang).
Materikning sharqiy qismida Appalachi tog‘i joylashgan. Bu
past tog‘ bo‘lib, Ural tog‘i singari keksa. Uning eng baland
cho‘qqisi Mitchell tog‘idir (2 037 m). Uning janubi-g‘arbiy
yonbag‘rida dunyodagi eng uzun (500 km) Flint-Mamont g‘ori
bor.

Download 394,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish