Jahon geografiyasidan mustaqil ishlar
Reja:
8. Materiklar, qit’alar, orollar, yarimorollar haqida umumiy tushuncha.
9. Yevrosiyo materigining shakllanish tarixi, relefi va foydali qazilmalari.
10. Yevrosiyo materigining geografik mintaqalari va tabiat zonalari.
11. Yevrosiyo materigining regional tabiiy geografik o`lkalari.
12. Shimoliy Amerika materigining tabiiy geografik xususiyatlari, shakllanish tarixi, relefi va foydali qazilmalari.
13. Shimoliy Amerika materigining geografik mintaqalari va tabiat zonalari.
14. Shimoliy Amerika materigining regional tabiiy geografik o`lkalari.
15. Janubiy Amerika materigining tabiiy geografik xususiyatlari, shakllanish tarixi, relefi va foydali qazilmalari.
16. Janubiy Amerika materigining geografik mintaqalari va tabiat zonalari.
17. Janubiy Amerika materigining regional tabiiy geografik o`lkalari.
18. Afrika materigining tabiiy geografik xususiyatlari, shakllanish tarixi, relefi va foydali qazilmalari.
19. Afrika materigining geografik mintaqalari va tabiat zonalari. 20. Afrika materigining regional tabiiy geografik o`lkalari.
21. Avstraliya va Yangi Zelandiyaning regional tabiiy geografik o`lkalari.
22. Okeaniyaning tabiiy geografik xususiyatlari, geologik tuzilishi, relefi va foydali qazilmalari.
23. Antarktida mateginining tabiiy geografik xususiyatlari, shakllanish tarixi. Iqlimi va muz qoplami.
Materiklar, qit’alar, orollar, yarimorollar haqida umumiy tushuncha
Materik-xamma tomondan yoki deyarli xamma tomondan okean va dengizlar bilan o‘ralgan yirik quruqlikdir. Har bir materik o‘ziga xos orografik, tektonik tuzilishiga hamda landshaft mintaqalariga ega. Materiklarning ana shu o‘ziga xos xususiyatlari va territorial yaxlitligi ularning tabiiy geografik rayonlashtirish birligi sifatida asos bo‘ladi. Yer yuzida oltita materik bor: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya.
Shuningdek, Yer yuzida oltita qit'a — Afrika, Avstraliya, Antarktida, Amerika, Yevropa va Osiyo ajratilgan. Qit'a — kishilik jamiyatining tarqqiyoti davomida tarkib topgan tarixiy tushunchadir.
Okeanlar. Dunyo okeanining materiklar oralig'idagi qismlari okean deb ataladi. Dunyo okeani to'rt qismga bo'linadi: Tinch okean (180 mln.kv.km Atlantika okeani (91 mln. kw. km), Hind okeani (76 mln. kv: km) va Shimoliy Muz okeani (14 mln. kv. km). Ba'zi olimlar beshinchi Janubiy okeanni ham ajratadilar. Dengiz, qo'ltiq, bo'g'izlar okeanlarning kichik qismlaridir.
Orollar – atrofi suv bilan o’ralgan kichik quruqlikdir.
Yarimorollar – bir tomoni quruqlikka tutashgan, atrofi suv bilan o’ralgan quruqlikning bor qismi.
Dengizlar – okeanning suv osti tizmalari, orollar yoyi bilan ajralib qolgan qismi.
Qo‘ltiqlar – suvlikni quruqlikka yorib kirgan qismi.
Bo‘g‘ozlar – quruqlikni ikki tomonda suv havzasigi kirib kelishidan hosil bo’lgan suv yo’li.
Orol va yarim orollar. Okean va dengizlarda suvdan k o ‘tarilib turgan va hamma tomondan suv o‘ragan kichikroq quruqliklar orollar deyiladi. Grenlandiya, Yangi Gvineya, Kalimantan, Madagaskar eng katta orollardir. Agar quruqlik uch tomondan suv bilan o‘ralib, faqat bir tomonidan katta quruqlik bilan tutashgan bo‘lsa, ular yarimorollar deb ataladi. Arabiston, Hindiston, Hindixitoy eng katta yarimorollar hisoblanadi Dengizlar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘izlar. Dengizlar okeanlarning kichik
qismlari bo‘lib, ulardan yarimorollar, orollar va suv osti qirlari bilan ajralib turadi. Quruqliklarning chekkasiga tutashgan dengizlar chekka dengizlar deyiladi. Masalan, Hind okeanidagi Arabiston dengizi, Tinch okeandagi Bering dengizi. Lekin ayrim dengizlar quruqlikning ichiga ancha kirib borib, okeanlar bilan bo‘g ‘izlar orqalitutashgan. Bunday dengizlar ichki dengizlar deb ataladi. O‘rta dengiz, Qizil dengiz, Qora dengiz ichki dengizlardir. Okean, dengiz va ko‘llarda qo‘ltiqlar ham bo‘ladi. Qo‘ltiq deb okean, dengiz va ko‘llarning quruqlik ichkarisiga kirib borgan kichik va sayoz qism lariga aytiladi. Hind okeanining Bengaliya va Fors qo‘ltiqlari, Atlantika okeanining Biskay qo‘ltig‘i bor. Okean, dengiz va ko‘llarning ikkita katta qismini tutashtirib turadigan suvli tor yo‘lakka b o ‘g ‘iz deyiladi. Masalan, Gibraltar bo‘g‘izi Atlantika okeanini O‘rtayer dengiz bilan tutashtirib turadi
Do'stlaringiz bilan baham: |