Katexezik suhbat – o‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan savollar tizimi asosida olib borilib, ularga javob berish o‘quvchilar tomonidan oldin o‘zlashtirilgan bilimlar, ta’riflar, faktlar, qonuniyatlarni qayta eslashni talab etadi. Shuning uchun ham bu suhbat turidan ko‘p xollarda o‘quvchilar bilimlarini tekshirish va baholashda, yangi materialni mustahkamlashda va takrorlashda keng foydalaniladi.
Evristik suhbatda - bilimlar o‘qituvchi tomonidan tayyor holda berilmasdan, balki o‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda egallanishiga erishiladi. Bunda oldindan rejalashtirilgan savollar tizimi asosida o‘quvchilarning yangi bilimlarni qidirishi, izlashi tashkil etiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinishiga erishiladi. Suxbat metodi asosida konkret dars rejasini tuzishda o`qituvchi o`quvchilar oldiga qoyiladigan barcha asosiy va qo`shimcha savollarni aniq ifodalashi zarur bo`ladi. Bundan tashqari suxbat davomida ishlatilishi mumkin bo`lgan ko`rgazmali qurollar xam ildindan tayorlab qo`yiladi. Suxbat savollari shart jixatdan qisqa va aniq bo`lib, mazmun jixatdan o`quvchilarda qiziqish uyg`otishi; xar bir o`quvchining e’tiboriga yetkazilib, ularni faol aqliy faoliyatga undashi zarurdir. Suxbat tugagandan so`ng o`qituvchi tomonidan albatta yakun yasaladi, unda bu suxbatni o`tkazishdan kuzatilgan maqsad aloxida ta’kidlanadi. O`rganilganlarni umumlashtirish asosida o`qituvchi aloxida o`quvchilar va umuman sinf jamoasini o`quv materialini egalaganligini aniqlaydi.
Yuqorida ko`rib o`tganimizdek suhbat usulini V-VI sinflar matematika kursini o`rganishda qo`llash ayniqsa yaxshi samara beradi, nega deganda bu sinflar o`quvchilari hali keng bilimlar zaxirasini va suhbatda qatnashish malakalarini egallab olmagan bo`ladilar. Yuqori sinflarda esa o`quv materili hajmining kattaligi, uning mantiqiy yoritilishiga e’tibor kuchaygani uchun materialni muammoli bayon qilishga, hikoya-bayon qilish usullariga va ko`p hollarda ma’ruzaga ustunlik berilishi talab etiladi.
3. Hikoya qilish usuli.
Matematik ta’limni amalga oshirishda hikoya qilish usuli o‘quv materialining mazmunini o‘quvchilarga savol berib uzmasdan bayon qilishni nazarda tutadi. Hikoyaning bir nechta: hikoya-kirish, hikoya-bayon, hikoya-xulosa turlari bo‘lishi mumkin. Hikoya kirishning maqsadi – o‘quvchilarni boshqa usullar bilan, masalan, suhbat usuli bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yangi o‘quv materialini idrok qilishga tayyorlashdir. Hikoyaning bu turi yangi mavzuga qiziqish uyg‘otish, uni faol o‘zlashtirish ehtiyojini qo‘zg‘ash imkonini beradigan bayonning nisbatan qisqaligi, yorqinligi, qiziqarliligi va emotsionalligi bilan xarakterlanadi.
Hikoya - bayon vaqtida o`qituvchi yangi temaning mazmunini ochib beradi, bayonni mantiqiy rivojlanib boradigan tarzda, muayyan reja bo`yicha aniq izchillikda, asosiylarini, muhimlarini ajratgan, ilyustratsiyalardan va ishonarli misollardan foydalangan holda olib boradi.
Hikoya-hulosa odatda dars oxirida o`tkaziladi. O`qituvchi asosiy fikrlarni yakunlaydi, xulosa va umumlashmalar qiladi, shu tema yuzasidan o`tkazilajak mustaqil ishlar uchun topshiriqlar qo`yadi.
Rejani puxta o`ylash, mavzuni yoritishning eng oqil izchilligini tanlash, misollar va ilyustratsiyalarni o`rinli qo`llash, bayonning tegishli emotsional darajadagi ko`tarinki ruhini ta’minlash hikoya usulini samarali qo`llashning shartlaridan hisoblanadi.
Hikoya usulini optimal tanlash uchun uni qo`llashdan kutilgan maqsadni bilish, undan o`quv materialining mazmuni qanday bo`lganda, o`quvchilarning qaysi yoshida va ularning tayyorgarliklari qanday darajada bo`lganda foydalanish ratsionalroq ekanligini hisobga olish kerak.
Tarkibida ilmiy axboroti bo‘lgan hamda yangiligi tufayli ko‘pchilik o‘quvchilarga bu material yuzasidan faol suhbatni olib borish murakkablik tug’dirgan izohlash va tushuntirish lozim bo‘lgan o‘quv materialini o‘qituvchi hikoya usulini qo‘llab yoritishi maqsadga muvofiqdir. Katta hajmdagi o`quv materialini dasturda ajratilgan vaqt ichida bayon qilish lozim bo`lgan holatlarda ham hikoya usuli qo`llaniladi.
Hikoya usulini qo‘llash uchun o‘quvchilarning matematik tayyorgarlik darajasi nuqtai-nazaridan prinsipal cheklashlar yo‘q. Bu usuldan istalgan sinfda foydalanish mumkin. Bunda farq faqat uning tushunarlilik darajasida, davomiyligida, ko‘rgazmali ekanligi va boshqa usullar bilan qo‘shib olib borilishida bo‘ladi xolos. Tayyorgarligi kamroq sinfda bu usulni qo`llashda tabiiyki, hammaning tushuna olishi, uning ko‘rgazmaliligi, hikoyadagi axborot to‘g‘risida ko‘proq o‘ylash kerak bo‘ladi. Tayyorgarligi ko‘proq sinfda hikoya usulini qo`llab o`quv materialini tushuntirishga misollar, ilyustratsiyalar va hokazolar ancha kam, lekin o‘quvchilarning shu kontingenti uchun yetarli darajada tushunarli bo‘lishi kerak.
Demak hikoya usuli matematik ta’limni amalga oshirishda asosan yuqori sinflarda 7-9 sinflar, 10-11 sinflar va akademik litseylarda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |