1-MAVZU: Matematik analiz predmeti. Ratsional sonlar to’plami va uning xossalari. REJA Matematik analiz fani nimani o’rganadi.
Ratsional sonlar haqida tushuncha.
Ratsional sonlarning xossalari.
Ratsional sonlar to’plamida kesim.
Irratsional son tushunchasi.
Matematik analiz fani nimani o’rganadi. Matematik analiz funksiyalarni o’rganuvchi matematika bo’lib, oliy pedagogika o’quv yurtlarida predmet sifatida differentsial hisob, integral hisob, qatorlar va differensial tenglamalarni o’z ichiga oladi. Ilgarilari cheksiz kichik miqdorlar hisobi, differentsial va integral hisob nomlari bilan atalib kelingan. Bu kurs keyingi paytlarda deyarli hamma yerda matematik analiz deb yuritila boshladi. Kursning bunday atalishi uning mazmuni va maqsadini haqiqatan ham to’la aks ettiradi va uning vazifasi funksiyalarni tahlil qilish ekanligini anglatadi. Bunda tahlilga kirish haqiqiy sonlar nazariyasi, limitlar nazariyasi, uzluksizlik, bir argumentli va ko’p argumentli funktsiyalarning differentsial va integral hisobi, qatorlar nazariyasi, Furye qatori, differentsial tenglamalar ko’zda tutiladi.
Matematika tarixidan qisqacha ma’lumot. Matematika so’zi yunoncha fan, bilim so’zidan hosil bo’lgan. Matematikaning fan sifatida shakllanishini eramizdan avvalgi VI-V asrlarga ta’aluqli deyish mumkin, bu davrga qadar esa boshlang’ich ma’lumotlar to’planib borilgan. Shu to’plangan ma’lumotlar asosida arifmetika va geometriya fanlari yuzaga kelgan. Algebraning fan sifatida shakllanishi ko’p mamlakatlar va xalqlarning so’ngi ikki ming yillar davomidagi ishlar yakunidir.
IX asrning birinchi yarmida yashagan o’rta Osiyolik olim Muxammad Muso al-Xorazmiy birinchi bo’lib algebraning to’la mazmunini aniqlab berdi. Uning “Al-jabr val-muqobala” asari bu fanga algebra nomini berdi. IX-XII asrlarda turli tenglamalarni yechish usullarini O’rta Osiyolik Abu Rayxon Beruniy va Umar Xayyomlar ko’rsatib berdilar.
XIV asr davomida harfiy algebraning kelib chiqishi tufayli funktsiya tushunchasining taraqqiyotida yana bir qadam qo’yildi.
Frantsuz faylasufi va matematigi Rene Dekart (1596-1650) algebra va geometriya fanlarining bir-biri bilan uzviy bog’lanishda ekanligini va o’zgaruvchi miqdorning ahamiyati haqidagi fikrlarni olg’a suradi.
XVII asrga kelib elementar matematikadan iborat bo’lgan bilimlar shu davr taraqqiyotining talab va ehtiyojlariga to’la javob berolmas edi. Natijada, XVII asrdan boshlab matematika taraqqiyotida yangi davr o’zgaruvchi miqdorlarni o’rganish davri boshlandi. Bu davrga kelib Rene Dekart va boshqa matematiklarning ishlarida funktsiya tushunchasi kiritila boshlandi.
XVII asrning oxirida mashhur nemis matematigi G.Leybnits (1646-1716) va uning shogirdlari “funktsiya” atamasini qo’llay boshladilar, lekin ularni geometrik tushunchalarga ta’aluqli holda olib bordilar.
Iogann Bernulli (1667-1748) funktsiya ta’rifini geometrik tildan ozod holda kiritadi. ”o’zgaruvchi miqdor va o’zgarmaslardan turli usullar bilan hosil qilingan miqdorga o’zgaruvchining funktsiyasi deyiladi”. Bernullining bu ta’rifi faqat Leybnits ishlariga emas, balki mashhur ingliz matematigi va fizigi Isaak Nuyutonning (1642-1727) ishlariga ham asoslangan edi.
Rus geometrigi N.I.Lobachevskiy (1792-1856) turli matematiklarning funksiya hakidagi mulohazalarini yakunlab, quyidagi ta’rifni keltiradi: agar miqdorning har bir qiymatiga u miqdorning ma’lum bir qiymati mos kelsa, u holda miqdor o’zgaruvchi miqdorning funksiyasi deyiladi.
XIX asrning ikkinchi yarmida funktsiyaning ma’lum ta’riflari ko’pchilik matematiklarga uncha umumiy emasligi sezildi. Natijada funktsiyaning umumiy ta’rifi yuzaga keldi. Bu ta’rifni to’plamlar nazariyasining asoschisi G.Kantor (1845-1918) va R.Dedekind (1831-1916) lar berishdi: va ikkita to’plam berilgan bo’lsin. Agar to’plamning har bir elementiga to’plamning ma’lum y elementi mos qo’yilgan bo’lsa, u holda ni ga akslantirish berilgan deyiladi. Bu y element ning f akslantirishdagi aksi deyiladi va f( ) orqali belgilanadi. Agar va haqiqiy sonlardan iborat bo’lsa, u holda haqiqiy argumentli funktsiya berilgan deyiladi.
Haqiqatan, G.Leybnits 1682-1686 yillarda differentsial va integral hisobga oid maqolalar bosib chiqardi. Undan avvalroq 1670-1671 yillarda I.Nuyuton differentsial va integral hisobni ishlab chiqdi. Shunday qilib, Nuyuton va Leybnits bir-biridan mustaqil tarzda differentsial va integral hisobning asosiy tushunchalarini differentsiallash va integrallash amallarini kiritdilar va asosiy munosabat “Nyuton-Leybnis formulasi”ni yaratdilar.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari dasturlarida “matematik tahlil” kursining ba’zi bir bo’limlari mustahkam o’rin olayapti. SHu tufayli akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kursida faqat funktsiya haqida boshlang’ich tushunchalar emas, balki asosiy elementar funktsiyalar, ularni differentsial hisob usullari yordamida o’rganish, integral hisob tushunchalari bilan tanishtiriladi.
SHuning uchun akademik litsey va kasb- hunar kollejlari matematika o’qituvchilari “Matematik tahlil” kursida beriladigan asosiy ta’rif va tushunchalarni, teorema va qoidalarni sinchiklab o’rganishlari lozim.