QO’SHIQNI BADIIY IJRO ETISH USTIDA ISHLASH
Qo’shiq ustada ishlashda unga badiiy sayqal berishga anchagina o’rin ajratiladi. Ishning ana shu tomoni qo’shiq ustida olib boriladigan butun ish jarayoni bilan birgalikda sodir bo’ladi, faqat eng dastlabki bosqichdagina bolalarning butun diqqatini shu davrda zng zarur bo’lgan vazifaga: qo’shiqning intonatsiyasini o’zlashtirishga to’plash kerak. Tegishli tarkib ravon yangray boshlagach, diqqatni boshqa detallarga: tovushning xarakteri, frazirovka (muhim, ta’sirli joylarni aniq-ravshan aytish va chalish), tuslar, diktsiya va shu kabilarga qaratish imkoniyati paydo bo’ladi.
Qo’shiq o’zlashtirilgandan keyin, avtor g’oyasini ochib berish ustida jiddiy ish davri boshlanadi. Ammo ishning shu tomoniga berilib ketib, qo’shiq aytish vaqtida dambadam to’xtalish bilan bolalarni zeriktirib yubormaslik kerak. Bolalar qo’shiqni dadil aytishar ekan, shubhasiz, ularda ashulani to’liq ijro etish istagi tug’iladi; agar qo’shiq hadeb bo’linaveradigan bo’lsa, bu hol ishga bo’lgan qiziqish-havasning pasayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun o’qituvchi bu ishda me’yorni bilishi va har safar ma’lum tarkibni, intonatsiyani, so’zni takrorlash sababini tushuntirib borishi muhimdir.
Masalan, bolalar ohangni to’g’ri kuylashadi-yu, so’zlarni noaniq aytishadi. O’qituvchi qo’shiqning so’zlarini anglab bo’lmayapti, deb bolalarni ogohlantiradi. Bordi-yu, bolalar noaniq diktsiya bilan aytaverishadigan bo’lsa, qo’shiqni bo’lib, tanbeh berish kerak. Keyin diqqatni boshqa detallarga, ya’ni tovushga, tuslar va shu singarilarga jalb etiladi. Lenin shuni unutmaslik kerakki, bolalar oldiga birdaniga bir qancha vazifalarni qo’yish — amalda ulardan birontasini ham bajara olmaslik demakdir.
Ijro etish detallari ustida ishlashdan so’ng qo’shiqni o’rganishga o’z vaqtida o’ta bilish lozim, yo’qsa ashula hech kachon yaxshi va qat’iy ovoz bilan yangramaydi.
Qo’shiq ustida ishlashning pirovard yakuni — uni yetarli da rajada yorqin, hissiyot bilan ijro etishdan iborat bo’lmog’i kerak, bu esa qo’shiqning bolalarga chuqur ta’sir etganligidan dalolat beradi. O’qituvchi badiiy obraz ustida ishlar ekan, turli ijrochilik usullarining zarurligini bolalarga yaqqol ko’rsatib berishi va ularning ana shu usullarni beixtiyor emas, balki ongli ravishda bajarishlariga intilishi kerak.
Masalan, G’. Qodirovning sal ma’yusroq ruhdagi «Qish» qo’shig’i o’rganilar ekan, uning shoshmasdan, ancha ohista ijro etilishini bolalarga tushuntirib berish kerak. Chunki bu qo’shiqni boshqacha aytsa, uning ma’nosi buziladi. A. Muhamedovning «Birinchi may» qo’shig’i kabi asarlarning shodiyona xususiyati va ravshan ruhini ifodalash uchun uni bardamlik bilan, keskin ijro etish kerak. O’qituvchi F. Listning «Alla»si ustida ishlar ekan, uning nima uchun ohista, manin kuylanishini bolalarga tushuntirib berishi lozim. Shu bilan birga, har qanday alla shu tarzda ijro etilishini aytib o’tish mumkin.
Qo’shiq bolalarni zeriktira boshlasa, uning ustida olib borilayotgan ishni vaqtincha to’xtatish va repertuarda yangi qo’shiqlar paydo bo’lganidan keyin, yana shu qo’shiqqa qaytish ma’qul.
O’quv yilining choragi yoki yarim yili oxirida bir darsni ilgari o’tilgan barcha qo’shiq va ashulalarni takrorlashga bag’ishlash mumkin; buning uchun sinfning kichik bir kontserta uyushtiriladi, bunda bolalarning hammasi ayni bir vaqtda ham ijrochilar, ham eshituvchilar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |