Reja: Maktab bolalar xorining muayyan turlari Qo’shiq o’rgatish uslublari



Download 48,88 Kb.
bet6/11
Sana20.07.2021
Hajmi48,88 Kb.
#124052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nigora xor ma`ruza

QO’SHIQNING KUYI USTIDA ISHLASH

Birinchi bandning matna o’zlashtirilgandan keyin, qo’shiq­ning kuyini o’rgatishga kirishish mumkin. Bu ish bolalarning ham, o’qituvchining ham diqqat-e’tiborini talab etadi.

Kuyni o’rgatish oldida uni biron musiqa asbobida chalib yoki qo’shiqning birinchi bandini aytib bolalarga yaxshi eslatib o’tish kerak. Natijada ular o’rganilayottan qo’shiq to’g’risida ancha to’la taaosurot olishadi. Bolalar o’zlariga notanish yangi kuy bilan tanishayotganlarida uning ayrim qismlarini o’rgatishni boshlash mumkin; keyinchalik bolalarda o’sha qismlardai mukammal musiqaviy obraz tarkib topadi.

Qo’shiqning kuyini o’rganib olishda muayyan izchillik mavjuddir. Odatda kuy musiqa tarkiblari bo’yicha o’rganib boriladi. Dastlab birinchi tarkib, so’ngra ikkinchi, uchinchi va hokazo tarkiblar tahlil qilinadi va o’rgatiladi. Uqituvchi ularning har birini ohangi bilan aytadi va ikki-uch marta chalib beradi, undan keyin o’zi bilan birgalikda ma’lum tarkibni ohangi bi­lan aytishni bolalardan talab qiladi. Odatda bolalar dast­lab qo’shiqni dadil aytisha olmaydi, ammo bir necha bor takrorlash tufayli tobora dadil aytadigan bo’lishadi. Bordi-yu o’rganilayotgan tarkib bolalarga yetarli darajada tushunarli bo’lmasa, uni yana bir marta chalib va aytib beriladi. Bu o’rin-da me’yorni bilish va hatto ma’lum bir tarkib yetarli o’zlashtirilmagan taqdirda ham, uni o’rganish ustida uzoq to’xtalib qolmaslik lozim. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holda bolalarning diqqati zaiflashadi, shu sababdan ular charchab, passivlashib qolishadi, bu esa ta’lim natijasiga salbiy ta’sir qi­ladi. Shuning uchun qo’shiqning qiyin joyiga keyinroq yana qaytish ma’qul ko’rinadi.

Ayrim tarkiblar to’g’ri o’rganib, chiqilgach, birinchi tarkibni ikkinchi tarkib bilan, dastlabki ikki tarkibni uchinchi tarkib bilan birlashtiriladi, keyingi tarkiblar ham shu shaklda bir­lashtiriladi. Agar ba’zi tarkiblar juda ham murakkab bo’lsa, ularni ancha mayda qismlarga bo’lib o’rgatiladi.

Qo’shiqning murakkab joylarini ayniqsa oinchiklab o’rganish kerak. Bu paytdagi q'iyinchnliklar odatlanilmagan intonatsiya (davra)lar bilan, qo’shiq kuyidagi sakrashlar bilan, altera­tsiya kabilarning noqulayligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday qiyinchiliklarni qunt va g’ayrat bilan bartaraf qilish zarur, chunki agar kuy tamomila to’g’ri o’rganib olinmasa, xatolarni tuzatish nihoyatda qiyin bo’ladi, ba’zan esa ularni tuzatish mumkin bo’lmaydi. Bu holda o’qituvchi xatolarga yo’l qo’ymasligi uchun shu qo’shiqni uyda takrorlamaslikni bolalarga uqtirib qo’yadi.

Shuningdek, kuyning ritmik tomondan murakkabligi tufayli uni o’rganish qiyinchiliklari yuz berishi mumkin. Kuyning bola­lar idroki uchun murakkab bo’lgan ritmik shaklini o’zlashtirishni chapak chalib ko’rsatish yo’li bilan osonlashtirish mumkin.

Qo’shiqning ma’lum bir bo’g’ini bir necha notada kuylanayotgan joylari bolalarni dambadam qiynab turadi. Bunday joylarni she’r bilan kuylamay, balki «lya» singari neytral bo’g’inlar bilan kuylash foydali bo’ladi; bunday kuylash idrok etishni osonlashtiradi va tezlashtiradi.

Tez tempda (sur’atda) yozilgan qo’shiqlarni faqat sekin tempda o’rganish lozim, aks holda intonatsiya va ritm aniq o’zlashtirilmay qoladi, demak, qo’shiq palapartish ijro etiladigan bo’ladi. Shu sababli kuyni yaxshi o’zlashtirgandan keyingina tempni kompozitor tomonidan ko’rsatilgan darajaga asta-sekin yaqinlashtirish mumkin. Bundan tashqari, tez templi qo’shiqlarni o’rgatishda ularning so’zlarining juda aniq talaffuz etilishiga erishish, qo’shiq tamomila o’rganib bo’lguniga qadar ana shunga harakat qilish zarur.

 

Tez tempda (sur’atda) yozilgan qo’shiqlarni faqat sekin tempda o’rganish lozim, aks holda intonatsiya va ritm aniq o’zlashtirilmay qoladi, demak, qo’shiq palapartish ijro etiladigan bo’ladi. Shu sababli kuyni yaxshi o’zlashtirgandan keyingina tempni kompozitor tomonidan ko’rsatilgan darajaga asta-sekin yaqinlashtirish mumkin. Bundan tashqari, tez templi qo’shiqlarni o’rgatishda ularning so’zlarining juda aniq talaffuz etilishiga erishish, qo’shiq tamomila o’rganib bo’lguniga qadar ana shunga harakat qilish zarur.



Sekin yoki o’rtacha tempda yozilgan qo’shiqlarni shu asarlar ijro etilishi kerak bo’lgan tempda yoki birmuncha tezlashtirilgan tempda o’rgatish lozim. Bu o’rinda boshqa bir xavf—bolalarning tempni cho’zib, ya’ni qo’shiqni to’g’ri temp bilan ijro etishdagiga nisbatan sustroq ijro etish istagi paydo bo’ladiki, bunga yo’l qo’ymaslik kerak.

Shaxdam qo’shiqlar o’rganilganda shoshilish va hovliqish yaramaydi. Sekin aytiladigan qo’shiq ustida chaqqonlik bilan ishlash zarur, aks holda bolalar sustlashib ketishadi.

Qo’shiq o’rgatish jarayonida har xil usuldan foydalanish zarur. Har bir sinfda xushovoz, ba’zan, esa musiqaga juda qobiliyatli bolalar bo’lishi tabiiydir. Ular qo’shiq ohangini o’rganishda o’qituvchining yordamchilari bo’ladilar.

O’qituvchi ayrim tarkibni o’rgatar ekan, birinchi navbatda musiqa o’quvi yaxshi bo’lgan o’quvchidan u tarkibni takrorlashni talab qiladi. Boshqa bolalar esa shu paytda ohangni diqqat bilan, aktiv ravishda tinglab, uni dilda kuylashlari lozim. Shuningdek, dastlab musiqaga qobiliyatli bo’lgan o’quvchilar guruhsi o’rganilayotgan tarkibni takrorlamog’i mumkin. Tarkib birmuncha tushunib olingach, aniq kuylay bilmaydigan o’quvchilarga shu tarkibni kuylash taklif etiladi. Bolalar ularning ovozini diqqat bilan eshitib, noaniq kuylagan joylarinn ko’rsatib berishlari kerak. Bu ish ularning musiqaviy tarkibni yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi.

Sinfdagi parta qatorlari o’rtasida musobaqa uyushtirgandek bo’lib, bolalarning qo’shiq ohangini qanchalik bilishlarini tekshirib ko’rish foydali bo’ladi. Ishning bunday usuli bolalarni aktivlashtirishga yordam qiladi va ijodiy ruhlantiradi.

Bolalarning musiqa savodi sohasidagi hatto ozgina bilimlari ham ularning ohangni yaxshiroq esda saqlab qolishlariga yordam beradi. I sinfdayoq ular tovushlarning baland-pastligijihatidan turlicha bo’lishp haqida tushuncha olishadi. O’qituvchi ohangni o’rgatishda kuy harakatining balandlikka yo’nalishini qo’l bilan ko’rsata oladi. Shuning bilan kuyni esda qoldirish osonlashtiriladi.

II sinfdan boshlab qo’shiq matnining talaffuz jihatidan qiyin bo’lgan joylarini doskaga yozib chiqish imkoniyati paydo bo’ladi. Shubhasiz, bolalar bunday joylarni hali to’g’ri sol­fedjio (zamzama) qilisha olmaydi. Ammo kuyning chizma shaklda bayon etilishi bu ishda ko’mak beradi.

III sinfdai boshlab eng oddiy qo’shiqlarni notaga qarab o’rganish mumkin. Buning uchun o’qituvchi oldindan katta ko’rgazmada yoki dars boshlanishiga qadar sinf doskasida ashula yozuvini tayyorlab qo’yadi. Solfedjio qila boshlash oldida bolalarning hammasi ayni bir vaqtda notalarni ikki-uch marta o’qib chiqadi. Shundan keyin ular kuyni bir necha marta solfedjio qilishga, so’ngra uni so’zlari bilan aytishga urnnib ko’rishlari lozim.


Bolalarni qo’shiq kuyini notaga qarab tushunib olishga odatlantira borish zarur, chunki bu — umumiy ta’lim maktabida musiqa ta’limining tub maqsadlaridan biridir.

Bolalarning musiqa savodi sohasidagi bilimlaridan qo’shiq kuyini bevosita nota yozuvisiz o’rganishda ham foydalanish mumkin. Ba’zan ayrim intonatsiya yoki melodik misol notalarining nomini aytib, bolalarga shu notalarni takrorlashni tak­lif etish kifoyadir. Bolalar kuyda ayni bir tovush qatorasiga bir mecha marta qaytarilishini yaxshi anglab ololmagan paytlarda bunday usul ayniqsa foydali bo’ladi.

Bolalarda uchraydigan anchagina qiyinchiliklar dastlabki va oxirgi bandlarda kuy tugashnning turli variantlarini esda qoldirish zaruratidan tug’iladi. Shuningdek, bandning o’zida bir-biriga o’xshash tuzilgan tarkiblarning turlicha tugashini  idrok etish xam qiyin bo’ladi:

Bunday hollarda taqqoslash usulidan foydalanshi yaxshi bo’ladi. Bunda bolalarni takrorlanadigan tarkib oxirida tonikaga tortilishni sezishga o’rgatish, o’quvchilar tarkiblarning tugalishidagi farq nimadan iboratligini yaqqol ko’rishlari uchun shunday tarkiblarning oxirini doskaga yozib qo’yish muhimdir. Ular shu farqni bilib olganlaridan keyin, band tuzilishida farq bo’lsa, band to’liq ijro etiladi. Agar dastlabki bandlar va so’nggi band oxirida farq bo’lsa, qo’shiqni to’liq yoki birinchi va oxirgi bandlarini aytib berishga urinib ko’rish kerak.

Kuyni o’rgatishning dastlabki bosqichidayoq tarkiblarning urg’usiz bo’g’inlari bilan oxiri bo’linib qolmasligi uchun tarkibdagi mantiqiy urg’ularga e’tibor berish zarur.

Ayrim tarkiblarni o’rganishda eng boshdayoq so’zlarning undosh yoki undoshlar guruhsi bilan tugashiga diqqat qilinadi. Qo’shiq o’rganishni Il. Akbarovning «Po’lat qanotlar» asari misolida ko’rib chiqaylik. Bu qo’shiqning matni kabi, uning kuyi ham juda ravshan, ovoz no’nalishi; ravon, tessiturasi (tovushlarning joylashuvi) qulay, ritmik shakli tushunarlidir:

Bundan qo’shiqni tarkiblar yuzasidan o’rgatish mumkin, bunda kuyning birinchi taktiga e’tibor beriladi. Bu paytda bolalarda birinchi fa notasini uch marta emas, balki to’rt marta qaytarish istagi tug’iladi. Demak, bu holda yanglishmasdan, to’g’ri aytishga harakat qilish, dastlabki ikki taktni bir necha bor sol­fedjio (zamzama) qildirish kerak.

Endi S. Boboevning «Toychog’im» qo’shig’ini olib ko’raylik. Uning kuyi birmuncha murakkab; bunda paydo bo’ladigan sakramalar uni o’rganishni qiyinlashtiradi:

Shuningdek, ayrim bo’g’inlarga bir necha tovushning to’g’ri kelishi kuyni idrok etishni ancha og’irlashtiradi. Bu holda ohangni matn bilangina emas, balki «lya», «da» kabi neytral bo’g’in­larga moslab ham kuylash mumknn. O’shanda har bir tovush anglab olinadi. Bundan tashqari, bu o’rikda unli tovushning aslda ikki baravar oshuvini bolalarga tushuntirib berish lozim. Masalan, toychoq so’zi to(o) i cho (o) q qa, har choq esa ha (a)r choq qa aylanadi.

Shuningdek, bu joylarni aytib berish bilan bir vaqtda kuyning ritmik shaklini chapak chalib ko’rsatish mumkin.

So’ngra diqqatni kuydagi sakramalarga jalb etiladi. Sakramalar yaxshi intonatsiya etilishi uchun ular kuydan ajratilib, notaning nomini aytib kuylanadi.

Misol uchun M. Burhonovning «Kapalak» degan murakkabroq qo’shig’ini olib ko’raylik.

Qo’shiqning kuyi avval boshda bolalarga uncha tushunilmaydi, uni esda holdirish ancha qiyin: uning tez tempi kuydagi sakramalar, murakkab ritmik shakl, bir bo’g’inda bir necha tovushning tizilib kelishi—mana shularning hammasi o’ziga xos qiyinchiliklarni tug’diradiki, bularnp yengish uchun anchagina mehnat va vaqt sarf etish talab qilinadi. Qo’shiqning intonatsiya tomonini tushunib olish uchun uni sekin sur’atda o’rganish lozim.

Bu holda kuyni faqat ayrim tarkiblargagina emas, balki ancha manda qismlarga, ya’ni ayrim melodik davralarga ham bo’lib yuborish zarurati paydo bo’ladi. Buning uchun dastlabki to’rt takt olinadi. Bulardan birinchi ikki takt va undan keyingi ikki takt tamomila bir xildir. Shu taktlarni yaxshi o’zlashtirish uchun birinchi va ikkinchi taktlarning har birini alohida-alohida tushunib olish, ya’ni birinchi va ikkinchi intonatsiyalarni aniqlash kerak. Birinchi taktda yuqori pozitsiyada tovush jarangining sofligi uchun ijro etiladigan fa-diezdo-diez sakramasiga diqqat qilinadi. Shundan keyin ikkinchi taktni tahlil etishga o’tiladi, undan so’ng dastlab ikki takt, so’ngra to’rt takt birlashtiriladi.

Endigi to’rt takt ancha murakkab. Bolalarning yaxshprok tu­shunib olishlari uchun bu taktlar yanada maydaroq melodik dav­ralarga bo’linadi (5- misolga qaralsin).

Bunday davralarni notalar nomini aytib o’rganish samarali bo’ladi. Intonatsiyalarning hammasi navbati bilan tushunib olingach, ular tarkibga birlashtiriladi.

Oxirgi to’rt takt avvalgi to’rt taktning takrorlanishidan iborat, shu tufayli ashulaning kuyi haqiqatda to’liq tahlil qilingan hisoblanadi. So’ngra, avval kuy boshdan-oxir esga solinib, ayrim-ayrim tushunib olingan tarkiblar birlashtirila­di. Agar kuyning ba’zi joylari yetarli darajada o’zlashtirilmagan bo’lsa, diqqatni yana o’shalarga jalb etiladi.

Maktabning III sinfidan boshlab darsda birovozlik qo’shiqlardan tashqari ikkiovozlik qo’shiqlar, keyiiroh uchovozlik qo’shiqlar o’rganiladi. Bunday qo’shiqlarni o’rganishda har bir partiya, birovozlik ho’shiq o’rganilganidagidek, sinchiklab va xuddi o’sha usul bilan o’rganib chiqilmog’i kerak. Bu yerda o’qi tuvchi o’zini hamisha nazorat qilib borishi va qandaydir bi-xor partiyasining ishiga ortiq darajada berilib ketmasligi lozim. Aks holda sinfda tartibsizlik va shovqin paydo bo’ladi. Vaholonki, bunga hech qanday sharoitda aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Goh bir partiya bilan, goh boshqa partiya bilan navbatma-navbat ishlash kerak. O’qituvchi birinchi ovozdagi o’quvchilarga boshlang’ich tarkibni o’rgatib bo’lgach, shu tarkibning o’zini ik­kinchi ovozdagi o’quvchilarga o’rgatadi. Shundan keyin ikkala partiyani albatta birlashtirib, asosiy diqqatni ikkinchi ovozlarga qaratish zarur. Keyingi tarkiblarning hammasi xuddi shu tarzda o’rganiladi, so’ngra ular, birovozlik qo’shiqni o’rganilgandagi kabi, birlashtiriladi.

Bolalarning musiqa o’quvini o’stirish uchun birinchi va ik­kinchi ovozlar partiyalarinp butun sinf bilan o’rganish va shu qo’shiqni ijro etish paytida bolalarning biron partiyada ishtirokini almashtirib turish foydali bo’ladi.

Bolalar ikkinchi ovoz partiyasini sof intonatsiya qilishga ancha qiyinlik bilan erishadilar. Shu sababli ikkinchi partiya kuyi birinchi partiya kuyidan ta’sirliroq bo’lishi va jiddiy farq qilishi zarur. O’qituvchi asosni kuyga o’zidan ikkinchi ovozni qo’shishi lozim bo’lgan paytlarda ana shuni nazarda tutishi kerak.

 Agar o’qituvchi qo’shiqning boshini yakkaxon qo’shiqchiga topshirishni mo’ljallayotgan bo’lsa, barcha bolalar qo’shiqni boshdan-oxir bilishlari uchun qo’shiqning boshini butun sinf bilan o’rganish lozim.

Bolalarning qo’shiq kuyi va matnini yaxshi eslab qolishlari uchun bitta dars yetarli emas. Shu sababdan qo’shiq muayyan vaqt davomida ko’p marta takrorlanadi va asta-sekin o’rganib olinadi.

 

 


Download 48,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish