Reja: Maktab bolalar xorining muayyan turlari Qo’shiq o’rgatish uslublari


yaxshi uyushtirilgan va tartibga solingan xushovoz jamoadir. Bu jamoa xor asarlarini uyg’unlik bilan, to’g’ri va badiiy ijro etish qobiliyatiga ega bo’ladi



Download 48,88 Kb.
bet2/11
Sana20.07.2021
Hajmi48,88 Kb.
#124052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nigora xor ma`ruza

Xor — yaxshi uyushtirilgan va tartibga solingan xushovoz jamoadir. Bu jamoa xor asarlarini uyg’unlik bilan, to’g’ri va badiiy ijro etish qobiliyatiga ega bo’ladi.Lekin maktab xor jamoalari ko’pincha stixiyali, tasodifiy ravishda tuziladi; ular bolalar badiiy havaskorligi ko’riklarini o’t-kazishdan birmuncha oldin, ba’zan bir-ikki oy avval paydo bo’-lib, ko’riklar o’tkazilgandan keyin darhol tarqalib ketishadi.

Yana, xorda qatnashaditan bolalarning musiqa qobiliyati va xorda qo’shiq aytish xohishi bor-yo’qligiga qaramasdan, xor qatnashchilarining sonini ko’paytirish payiga tushibqolishdek no-to’g’ri intilish ham ko’zga tashlanadi.

Maktab xor jamoaining muvaffaqiyatli ishlashi uchun birinchi eng muhim ob’ektiv shart — xorning muayyan maqsadni ko’zlab muntazam va rejali ravishda ishlashidir. Yaxshi xor jamoasi — maktabning husni, sharafi va iftixoridir. Bunday jamoa — vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, barkamol avlodni ma’naviy onglilik ruhida tarbiyalash ishiga, ularni har yoqlama garmonik kamol toptira borish ishiga to’g’ri munosabatda bo’lishlari vositasidir.

Maktab xor jamoaining muvaffaqiyatli ishlashi uchun ikkinchi ob’ektiv shart — o’quvchilarni yoshlariga qarab xorga to’g’ri qabul qilishdir. Masalan, 8—9 yashar bolalarning ovoz diapazoni oktavaga yaqin. 12—13 yashar bolalarning ovoz diapa-zoni esa bir yarim oktavaga yaqin bo’ladi. Yoshga qarab bolalar­ning ish qobiliyati va ovoz apparatlarining chidamlik darajasi ham turlichadir. Kichik yoshdagi bolalarning ish qobiliyati o’rta yoshdagi bolalarnikiga qaraganda zaifroq bo’ladi, ovoz apparatlari esa tez charchab qoladi. Bundan tashqari, bolalar­ning qiziqish-havaslari xam xilma-xildir. Chunonchi, kichik yoshdagi bolalar quyonchalar, quщchalar haqidagi qo’shiqlarni jon-dildan aytishsa, o’rta yoshdagi bolalarni endi kengroq te-malar qiziqtiradi;

Maktab bolalar xorining muayyan turlari mavjud; ular bolalarning yosh xususiyatlariga qarab belgilanadi:

I. Kichik yoshdagi o’quvchi bolalar xori yoki kichik yoshdagi bolalar xori. Bu xor III va IV sinflardagi o’g’il va qiz bolalardan tashkil topadi. Bunga qisman II sinflardagi musiqa va ashulaga qobiliyatli bo’lgan bolalarni kiritish mumkin.

II. O’rta yoshdagi o’quvchi bolalar xori yoki katta bolalar xori. Bu xor V, VI sinf o’quvchilarini birlashtiradi hamda o’g’il va qiz bolalardan iborat bo’ladi.

III. O’g’il bolalar xori. Bu xor III, IV, V, VI va qisman VII sinf o’quvchilaridan tashkil topadi. Bunga qisman II sinflar­dagi musiqa va ashulaga qobiliyatli bo’lgan ba’zi o’g’il bolalarni kiritish mumkin. Bu xorning tayyorlov guruhiga II va qisman I sinflarning o’g’il bolalari kiradi.

IV.  Yoshlar xori. Bu xor IV, V, VI sinflardagi o’quvchilardan tashkil topadi hamda o’g’il va qiz bolalarni o’z ichiga oladi.

V.  Katta yoshdagi o’quvchi qizlar xori. Bu xor VII, VIII, va IX sinf qizlaridan tashkil topadi.

VI.  O’g’il bolalar va yigitlarning aralash xori. Bu xor VIII va IX sinflardagi yigitlarni, IV, V, VI hamda qisman III va VII sinflardagi o’g’il bolalarni birlashtiradi.

Xor tiplarini tanlash maktabda mavjud sharoitga bog’liqdir.

Bir maktabda o’g’il bolalar xori tuzish mumkin bo’lsa, yana birida o’g’il va qiz bolalarning qo’shma xorini uyushtirish mum­kin.

Maktab xor jamoasining muvaffaqiyatli ishlashi uchun uchinchi ob’ektiv shart — bolalarni musiqa va ovoz qobiliyatlariga qarab tanlashdan iborat. Musiqaga qobiliyatli va sog’lom ohangdor ovoz apparatiga ega bo’lgan bolalargina xor jamoasiga qabul qilinmog’i mumkin.

Maktab bolalar xor jamoalarining turli tinlariga bo­lalarni tanlash umumiy yagona printsip asosida o’tkaziladi. Oldindan tayyorlab qo’yiladigan anketalarg’a bolalarning musiqa va ovoz qobiliyatiga oid ma’lumot yozib qo’yiladi.

Har bir bolaning ovozi yakka-yakka tartibda tinglanadi. Har bir o’quvchiga bironta tanish qo’щiqni aytish taklif etiladi. So’ngra xor rahbari (xormeyster) har bir bolaning musiqa uquvi, musiqa xotirasi va ritm tuyg’usini izchillik bilan tekshirib ko’radi. Musiqa o’quvini ayrim tovushlar ustida sinab ko’riladi, bu tovushlarni bolalar o’z ovozlari bilan aytib takrorlaydilar. Bunday tovushlar kuylashga albatta qulay registrda bo’lmog’i lozim. Agar bola shu tovushlarni cholg’u asbobidan keyin takrorlay olmasa, ularni xormeysterning o’zi ay­tib ko’rsatishi mumkin.

Dastlab bir lad (parda)da joylashgan, sakrovsiz, tekis tovushlarni aytishni taklif etish kerak. Bolalar buni uddalaydigan bo’lsalar, topshiriqni murakkablashtirish mumkin. Bunday holda bir-biridan kengroq intervallarda joylashgan tovushlar beriladi.

Maktab xor jamoasining muvaffaqiyatli ishlashi uchun to’rtinchi ob’ektiv shart – xor mashg’ulotlarini qulay joyda o’tkazishdir. Xulosa qilib aytganda, maktabda xor jamoasi bilan ishlashda cholg’u asbobi jo’rnavozligida yoki jo’rnavozsiz ijro etish uchun mo’ljallangan asarlarda alohida e’tibor qilish lozim. Chunki musiqa  jo’rnavozligisiz ijro etish yuqori shaklda bo’lishiga, musiqaviy jihatdan tobora kamol topishiga va vokal-xor malakalarini hosil qilishda yordam beradi. Xor to’garagining ishini kuchaytirish va qobiliyatli bolalarni unga jalb etish uchun shu to’garak qatnashchilaridan turli vokal ansambllar tuzish kerak. Shuningdek, ashulaga yaxshi qobiliyatli bolalar bo’lsa, yakkaxonlar bilan mashg’ulotlar o’tkazib turish zarur.




Download 48,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish