Reja: Lokal tarmoq turlari va texnologiyalari



Download 1,37 Mb.
bet8/25
Sana23.07.2022
Hajmi1,37 Mb.
#843445
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
Mavzu

802.11ac. Hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan ushbu standart ma’lumotlarni simsiz 1 Gbit/s yoki undan yuqori tezliklarda ishlashga mo‘ljallanadi. 802.11ac uzatish uchun 2.4 va 5 GGs chastotalardan foydalaniladi, bunda 2.4 GGs avvalgi standartlar bilan mos kelishi uchun, 5 GGs esa yuqoriroq tezlik va ko‘proq imkoniyatlardan foydalanish uchun.
802.11ac hozirda tarkibida OFDM va MIMO lar bo‘lgan, ishlatilayotgan va tekshirilgan 802.11n standartlarga asoslanadi. Biroq avvalgi MIMO ko‘p foydalanuvchilar uchun moslangan MIMO yoki MU-MIMO gacha shunday kengaytirilganki, ko‘p foydalanuvchilardan yuborilgan kadrlar bir vaqtni o‘zida o‘sha kanalni o‘zidayoq uzatiladi. 20 va 40 MGs kanallarda ishlovchi 802.11n ga asoslangan 802.11ac ayniqsa 5 GGs chastotada yanada kengroq uzatish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun 80 MGs li kanalgacha kengaytiriladi.
802.11ad. YAna bir ishlab chiqilayotgan 802.11ad standarti uzatish tezligini tahminan 7 Gbit/s gacha ko‘tarishga mo‘ljallangan. 802.11ac kabi 802.11ad OFDM, MIMO va MU-MIMO texnologiyalarni ishlatishga asoslangan. 802.11ad 2.4 GGs li va keyingi 5 GGsli oraliqlardagi avvalgi standartlar bilan moslashtirilgan. 802.11ac dan farqli 802.11ad 60 MGs li kanaldan foydalanadi.
802.11ad uzatadigan signal tarqalishi xona devorlari bilan cheklanishi ehtimoli bo‘lgani sababli bu standart o‘rtacha xonadek qisqa masofalarda ishlash uchun ishlab chiqiladi. Simsiz qurilmalar ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilarga hush kelish uchun klaviatura, manipulyator va ma’lumot saqlagichlarni simsiz ko‘rinishda ishlab chiqishda foydalanishni mo‘ljallamoqdalar. Ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, 802.11ad ni Wi-Fi asosidagi telefon aloqasi va katta ekranli simsiz HD-televizorlarda ishlatish usullarini ko‘rib chiqmoqdalar.
802.11 protokolning himoya usullari
Xavfsizlik simsiz tarmoqlarda kabelli tarmoqlar kabi juda zarur. Simsiz tarmoq ko‘paymoqda, shu sababli uni buzish uchun uyushtirilayotgan hujumlar ham ortib boradi. Tarmoqdagi xavfsizlikni ko‘rib chiqish vaqtida tarmoqqa hujum uyushtiruvchilar qanday usullardan foydalanishini bilish zarur. Hujum uyushtirishdagi birinchi qadam simsiz tarmoq mo‘ljalini aniqlashdir. Buning uchun hujumchi ishlatishi mumkin bo‘lgan to‘rtta asosiy element mavjud:
1. Antenna
2. Simsiz tarmoq adapteri
3. GPS (Global Positioning System – Pozitsiyalash global tizimi) uskunasi
4. War-driving software
Mo‘ljaldagi tarmoqda barcha yo‘nalishli antennadan foydalanilmoqdami (ichki tarmoqda) yoki yo‘naltirilgan antennadanmi (binolar orasida o‘rnatilgan tarmoqda), hujumchi bir necha turdagi antennalardan foydalanishi mumkin. Ba’zi hujumchilar turli tuman antennalar – barcha yo‘nalishli, yo‘naltirilgan, yuqori va past kuchaytirgichli antennalar bilan qurollangan bo‘ladi.
Hujamchining yana bir quroli – GPS qurilmasi. GPS kompyuter bilan ulangan va va mo‘ljaldagi simsiz tarmoqni aniqlash uchun hizmat qiladi. Nihoyat, hujumchi antenna orqali tutib olingan ma’lumot asosida maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanadi. Ushbu dasturiy ta’minot nafaqat tarmoq joyini aniqlaydi, u tarmoq turini ham aniqlashga imkon beradi.
Tarmoqda hujumga qarshi himoya usullari albatta simsiz tarmoq himoya parametrlaridan foydalanishi kerak. 802.11 standartlari himoyaning bir qancha yo‘llarini taklif etadi: ochiq tizim autentifikatsiyasi va kalitli autentifikatsiya bilan kengaytirilgan simli qurilma xavfsizlik protokoli (Wired Equivalent Privacy – WEP). Bundan tashqari ko‘pgina operatsion tizimlarda ishlatiladigan Wi-Fi ga himoyali ulanish (Wi-Fi Protected Access WPA) va identifikatorlar to‘plami xizmati (Service Set Identifier SSID).


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish