Xalqaro diplomatik protokol va etiket tushunchasi, qisqacha tarixi, asosiy qo’llanilish sohalari.
Diplomatik protokolning kelib chiqish tarixi, protokol tushunchasi, diplomatic stremonial va protokolning xalqaro munosabatlardagi o’rni.
Diplomatiya so’zining ma’nosi fransuzcha “ikki buklangan qog’oz , varaq “ degan ma’nolarni anglatadi. Diplomatiya –davlatlarning vujudga kelgan davrining mahsulidir. Diplomatiya hukmron doiralarning faoliyatini ifoda etib , mazkur tabaqaga mansub davlat tashqi siyosatini amalga oshiradi. Diplomatiyani paydo bo’lishini davlatlarning vujudga kelishi bilan bog’laymiz,chunki davlatlar ko’paygan sari ular o’rtasidagi munosabatlar ham borgan sari chuqurlashib, rivojlana borgan. Bu esa diplomatiyaning shakllanishiga katta hissa qo’shgan. Davlatlar vujudga kelgan paytda, davlatlar o’rtasida umume’tirof etilgan me’yorlar va qoidalar ham tabiiyki paydo bo’lgan. Bu esa diplomatik protokolning shakllanishiga olib kelgan.
Avvalo protokol so’zining ma’nosini to’xtalsak, protokol so’zi yunoncha “ptotokllon” (protos-birinchi, kola- kleylash ) so’zidan kelib chiqqan. U ko’pincha 2 ta ma’noda qo’llaniladi: 1) yuridik ma’noda xalqaro kelishuvlar yoki ilovalar , hujjatlar ma’nosida ishlatiladi. 2)diplomatic ma’noda esa 2 yoki ko’ptomonlama qonunlar majmui, shartnomalar, marosimlar ma’nosida ishlatiladi. .Hozirgi zamonaviy dunyoda diplomatik protokol so’zi bu – umumqabul qilingan qonunlarning jamlanmasi,idoralar , diplomatic ishlar ,tashqi ishlar va boshqa shu kabi munosabatlarni xalqaro miqyosda to’g’ri qo’llanilshi.Diplomatik protokol – davlatlar va ularning vakillari muloqotida umume’tirof etilgan xalqaro me’yor va qoidalar majmuasi.Diplomatik protokol hozirgi davrda xalqaro tashkilotlarning vakillari, diplomatik vakolatxonalar va ularning xodimlari faoliyatini aniq belgilab beradi , turli xil rasmiy tashriflar, qabul maroasimlarni tartibga soladi va boshqaradi va shuningdek, davlatlararo rasmiy yozishmalar yoki shaxsiy yozishmalar , muloqot va aloqalarni belgilab beradi. Diplomatic protokol davlatlarning tashqi aloqalarining asosiy ajralmas qismidir. Protokol – bu ayniqsa diplomatiya sohasida , qanday qilib harakat qilish kerakligini ko’rsatadigan qoida bo’lib, davlatlar shu asosida o’zaro munosabatlar o’rnatadi va xalqaro aloqalarni mustahkamlaydi.
O’rta va yangi asrlardagi diplomatiya va diplomatic protokol shakllanishi. Zamonaviy diplomatiya.
Tarixdan ma’lumki, o’rta asrlarda ko’plab qudratli va teng kuchli davlatlar mavjud bo’lgan. Bu davlatlar doimo o’zaro jang-u jadallar olib borishgan. Bu esa davlatlardan diplomatic faollikni talab etgan. Natijada, o’rta asrlarda diplomatiya yanada rivojlanib, uning ko’lami kenggaygan . Masalan, bir-biridan ancha olisda bo’lishiga qaramay Amir Temur davlati va g’arbning Angliya ,Fransiya, Ispaniya kabi yirik qirolliklari o’zaro juda ham iliq munosabatlar o’rnata olishgan. Yangi davrga kelib esa diplomatiya yana ham yuksaldi. Endilikda diplomatiya faqat 2 davlat o’rtasida emas , balki xalqaro miqyosda juda katta rol o’ynay boshladi. Misol qilib aytish mumkinki, 1814-1815 –yillarda Vena konferensiyasi bo’lib o’tadi. Bu konferensiyada Yevropaning yirik davlatlari qatnashadi; Fransiya ,Angliya, ,Belgiya shular jumlasidandir. Konferensiya natijasida Fransiyaning hududlari qisqartiriladi, Rossiya,Prussiya , Avstriya davlatlari esa Muqaddas ittifoq deb atalgan uyushmani tashkil etadi. Bunday konferensiya va uchrashuvar shundan dalolat beradiki, diplomatiya bu davrda ancha shakllangan, davlatlar o’rtasidagi aloqalar rivojlangan. O’tgan davrlarda diplomatiya ko’proq siyosiy sohada ishlatilgan bo’lsa, hozirgi zamonda esa davlatlar bilan munosabatda diplomatiya ijtimoiy , siyosiy , iqtisodiy va turli sohalarda qo’llanilyapti . Bugungi paytda diplomatiya nafaqat davlatlar o’rtasida , balki xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarda ham davlatning muhim ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.
Markaziy Osiyo davlatlari diplomatiyasi, Amir Temur, Bobur davri protokol steremonial .
Har bir tarixiy bosqichni o’z diplomatic protokoli va ma’rosimlari bo’lgan .Bizga tariximizdan ma’lumki, Markaziy Osiyoda bir qancha yirik davlatlar vujudga kelgan . Masalan, Somoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur davlati . Bu davlatlarda diplomatic faoliyat ancha faol bo’lgan. Turli xil rasmiy ma’rosimlar , qabullar o’tkazilayotganda nafaqat mazbon mamlakatning an’analari va urf-odatlari , balki shu xalqning va uning hukmdorining madaniyat darajasi ham aks etgan. Bunga, amir temur davridagi diplomatic aloqalarni yaqqol misol qilib aytish mumkin. Bilamizki, Amir Temur nafaqat sharq davlatlari bilan ,balki g’arbdagi yirik qirolliklar bilan ham diplomatic munosabatlar o’rnata olgan. U bu davlatlar bilan siyosiy , madaniy , savdo- tijoriy maqsadlarda o’zaro elchilik munosabarlarini olib borgan. Misol uchun, Ispaniya elchisi Klavixo Samarqandda bir necha oy bo’ladi va Amir Temur davlatining diplomatik faoliyatiga yuqori baho beradi. Negaki, bu davrda Amir Temur ko’plab davlatlar bilan iliq munosabtlarni yo’lga qo’ygan edi. Amir Temur davrida elchilarni qabul qilish, ularni kuzatib yuborish bo’yicha o’ziga xos diplomatic protokol shakllangan. Uning davrida elchilarni qabul qilish va ularni hukmdor bilan uchrashuvini tashkil qilish shug’ullanuvchi maxsus xizmat qilgan , shu munosabat bilan mirzo mansabi ta’sis eetilgan. Saroyda chet el elchilarini qabul qilsh maxsus protokol bilan amalga oshirilgan, bu ma’rosimda davlatning qudrati, mustahkamligi , xalqining mehmondo’stligi va madaniyat darajasi namoyish etilgan. Qisqa qilib aytganda, Amir Temur davrida va uning davlatida diplomatiya yuksak daraja va takomilga erishdi.
Tashqi ishlar vazirligi , uning tuzilmalari. Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqaramasi( department yoki bo’limi) , uning bo’limlari va ularning faoliyati , vazifalari.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida , shuningdek , xalqaro-huquqiy me’yorlarda belgilangan prinsiplardan kelib chiqqan holda , O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organidir. Vazifalari va vakolatlari Vazirlik O’zbekistin Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshiriladi. Vazirliknning tuzilshi:
Rahbariyat
Kotibiyat
Davlat protokoli boshqaramsi
Qoraqalpog’iston Tashqi ishlar vazirligi boshqarmasi
Kadrlar boshqarmasi
Konsullik boshqarmasi
Siyosiy-tahlil bo’limi
Shartnoma –huquq bo’limi
Axborot bo’limi
Xalqaro tashkilotlar bo’limi
Iqtisodiy-, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar bo’limi
MDH bo’limi
Osiyo va Afrika mamlakatlari bo’limi
Yevropa mamlakatlari bo’limi
Amerika mamlakatlari bo’limi
Osiyo-Tinch mamlakatlari bo’limi
Maxsus bo’lim
Tarix-arxiv bo’limi kutubxona bilan
Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari:
O’zbekiston Respublikasi davlat suverniteti prinsiplarini hayotga tatbiq etish , O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy yo’lini amalda ro’yobga chiqarish , xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda , shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O’zbekistonning davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish .
Hozirda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri - Kamilov Abdulaziz Hafizovich .Davlat protokoli boshqarmasi boshlig’i- Izamov Javhar Anvarbekovich.
Do'stlaringiz bilan baham: |