Reja 2.Huquq o’zi nima? 3.Axborot texnologiyalarini huquqshunoslikda qo'llash 4.Zamonaviy huquqshunoslik firmasi 5.Xulosa Kirish - Kirish
- Bugungi kunda ko’pdan-ko’p mamlakatlar inson faoliyatining turli sohalarini raqamlashtirib kelmoqda. Huquqshunoslik ham bundan mustasno emas. Shu munosabat bilan Legal tech va Law tech deb nomlangan texnologiyalardan huquqiy amaliyotda unumli foydalanib kelinmoqda.
- Legal tech - bu yuridik sohani raqamli texnologiyalar bilan qamrab oluvchi, yuridik xizmatlarni avtomatlashtirilgan tarzda ko’rsatish, shuningdek yuridik masalalarni raqamli texnologiyalar yordamida yechishga qaratilgan yurisprudensiya va axborot texnologiyalari soxalari uyg’unligida hosil bo’lgan yo’nalishidir.
LawTech - huquqiy xizmatlarni olishni an’anaviy usullidan yangisiga almashtirishga imkon beruvchi va (yoki) foydalanuvchilarga huquqiy ma'lumotlarga kirishni osonlashtiruvchi turli xil onlayn ilovalar va xizmatlardir. Law tech va Legal tech o'rtasidagi asosiy farqi shundaki, Law tech texnologiyalari yuridik xizmatlarning oxirgi iste'molchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, ular huquqiy maslahat yoki xizmatni huquqshunoslarga murojaat qilmasdan olish imkoniyatini ochadi, Legal tech esa raqamlashtirish va huquqshunoslar ishlarini osonlashtirish uchun mo'ljallangan. Huquq o’zi nima - Huquq — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umum majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi. Huquq davlat boʻlib uyushgan jamiyatda paydo boʻladi va mulkchilik munosabatlarini, xoʻjalik aloqalari mexanizmini mustahkamlaydi, mehnat va uning mahsulotlarini jamiyat aʼzolari o'rtasida muayyan oʻlchov va shakllarda taqsimlab turuvchi vazifasini oʻtaydi (fuqarolik H.i, mehnat H.i); vakolatli organlar, davlat boshqaru-vi organlari shakllanishi, tartibi, faoliyatini belgilab beradi, nizolarni qay yoʻsinda hal qilish kerakligini, mavjud ijtimoiy munosabatlarni buzishga qarshi kurash choralarini (jinoyat H.i, protsessual H.) belgilaydi, shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning xilma-xil shakllariga taʼsir koʻrsatadi (oilaviy H.). H. normalari boshqa ijtimoiy tartibga soluvchi normalar (din, axloq, odat va boshqalar)dan oʻzining majburiyligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |