Reja Krish I. Asosiy qism



Download 0,59 Mb.
bet1/6
Sana17.05.2023
Hajmi0,59 Mb.
#939594
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi 380-19


Mavzu: Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash muammolari.


Reja
Krish
I.Asosiy qism:
1.1 Makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uning mohiyati.
1.2 Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar.
1.3 Respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi korsatkichlar tahlili.
1.4 . O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichlari tahlili..
II. Xulosa.
III. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabi umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlarni oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni soliq tizimini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo`nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta`minlash jarayonida har qachongidan ham muximroq bo`lib bormoqda. Davlat byudjeti daromadlarining byudjetga tushishining uzluksizligi ta`minlansa, iqtisodiyotning turli tarmoqlari rivojlanishi uchun yetarli darajada xarajatlar qilish imkoniyati mavjud bo`ladi va aholi turmush farovonligi yaxshilanadi. Davlat byudjetining xarajatlar qismini optimallashtirish, ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`ymaslik, ijtimoiy zaruriy sohalarni rivojlantirish istiqbollarini ko`zlagan holda xarajatlarni maqsadli yo`naltirish va bu qilinayotgan xarajatlarni kelgusidagi samaradorlik ko`rsatkichlarini e`tiborga olish bugungi kundadagi fiskal siyosatni asosiy vazifasi hisoblanadi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan shu kungacha bo`lgan davrda soliq tizimidagi soliqlar va yig`imlar turlarining kamayib borishiga qaramasdan davlat byudjeti daromadlari tarkibida muhim salmoqni egallovchi soliqlarning miqdori o`sib borayotganligini kuzatish mumkin.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish