1.4 . O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichlari tahlili.
O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda bir qancha ustuvor maqsadlar qatoridan — 5 yil ichida aholi jon boshiga YAIMni 1,6 baravarga oshirish, inflyatsiya darajasini 9,9 foizdan 5 foizgacha pasaytirish, davlat budjeti taqchilligi 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash, davlat qarzini yiliga $4,5 mlrddan oshirmaslik, eksport hajmini $30 mlrdga yetkazish o‘rin olgan.
Adliya vazirligi 2017−2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish muddati tugaganligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjat Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi asosida ishlab chiqilgan va 14 yanvarga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
Taklif etilayotgan Taraqqiyot strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi — Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlashda kelgusi 5 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar qayd etilgan.
Kelgusi besh yilda aholi jon boshiga YAIMni — 1,6 baravarga — taxminan 3 ming AQSh dollaridan ko‘proqqa oshirish maqsad qilingan. 2021 yil yakunlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich taxminan 1,9 ming dollarga teng.
Shu bilan birga, 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish ko‘zlangan.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish reja qilingan. Hozirda 9,98 foizga teng. Qolaversa, Davlat budjeti тақчиллиgiни 2023 yildan YAIMga nisbatan 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash maqsad qilingan, hozirda u 6 foiz atrofida. Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 mlrd dollardan oshib ketmasligini ta’minlash ham rejada bor. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, bu yerda faqat davlat qarzi nazarda tutilmoqda, davlat va davlat nazorati ostidagi korporatsiyalraning qarziga chegaralar qo‘yilmagan.
2026 yilga qadar eksport hajmlarini 30 mlrd dollarga yetkazish ko‘zlangan, hozirda ushbu ko‘rsatkich 16 mlrd dollar atrofida. Bundan tashqari, kelgusi 5 yillikda ishsizlik darajasini kamida 2 baravar qisqartirish (hozir 9,5% atrofida), kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish (hozir taxminan 15 foiz), soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 25 foizi darajasiga kamaytirish (hozir 30%) maqsad qilingan. Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishini 2023 yilda 5 foiz, 2024 yilda esa 5,5 foiz darajasida prognoz qilmoqda. Bu haqda reyting agentligining O‘zbekiston bank sektori tahliliga bag‘ishlangan hisobotida ma’lum qilindi.
2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti Ukrainaga qarshi urush oqibatlarini agentlik tahlilchilari taxmin qilganidan ko‘ra yaxshiroq yengib o‘tdi, bunga Rossiyadan pul o‘tkazmalarining ko‘payishi hamda Rossiya bilan savdo hajmining oshishi sabab bo‘ldi. Joriy yil uchun yalpi ichki mahsulotning o‘sishi taxminan 5 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda, biroq keyingi ikki yilda u 5,5 foizni tashkil etadi. Mintaqadagi va jahondagi murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, iqtisodiyot tiklanishda davom etadi. Biroq Rossiya-Ukraina mojarosi, iqtisodiy pasayish va inflyatsiya bosimi fonida iqtisodiy ko‘rinish o‘zgaruvchanligicha qolmoqda. Pul o‘tkazmalarining o‘sishi, shuningdek, kapital va migrantlar oqimining o‘sishi 2023 yildan boshlab o‘zgara boshlaydi.
S&P O‘zbekistonda davlat korxonalari samaradorligini oshirish va xususiylashtirishni amalga oshirish bo‘yicha iqtisodiy islohotlar dasturini ijobiy baholaydi. Bu davlat sektori ustunlik qiladigan iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mintaqadagi geosiyosiy keskinliklar va jahon iqtisodiyotining beqaror prognozi tufayli keng ko‘lamli xususiylashtirish vaqt talab etadi. Tahlilchilar iqtisodiy muhit 2022 yildagi mo‘’tadil o‘sish bilan solishtirganda, 2024 yilga kelib kreditlashning 25−30 foizga o‘sishini qo‘llab-quvvatlashini kutmoqda. Ba’zi yutuqlarga qaramay, dollarlashuv keyingi ikki yil davomida yuqori darajada qolishi mumkin.
2022 yili aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 9,3 foizga o‘sdi va 2146,7 dollarni tashkil etdi. Biroq yashirin iqtisodiyotning sezilarli hajmi tufayli aholining real daromadlari rasmiy daromadlardan yuqori bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumatning sof qarzi 2025 yilga borib YAIMning 23 foizini tashkil etadi — bu xalqaro kontekstda past daraja. Joriy hisob taqchilligi keyingi uch yil ichida yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 6 foizini tashkil etadi, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va qarzlar oqimi hisobiga moliyalashtiriladi. «Biz hali ham O‘zbekistonning siyosiy tizimi yuqori darajada markazlashgan, institutsional tizim esa nisbatan zaif deb hisoblaymiz. Shu bilan birga, hukumatning barcha darajalarda nazorat va muvozanat tizimini rivojlantirishga urinishlarini qayd etamiz. Qarorlarni qabul qilish jarayoni qisman noaniq va yuqori darajada markazlashganligicha qolmoqda, davlat organlari o‘rtasidagi nazorat va muvozanat tizimining samaradorligi, bizningcha, cheklangan, bu esa kelajakdagi siyosiy qarorlarni bashorat qilishni qiyinlashtiradi», — deyiladi agentlik sharhida. Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 2023 yil oxirigacha mamlakat iqtisodiyoti 4,5−5% darajasida o‘sishini prognoz qilgan. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa 8,5−9,5% bo‘ladi. Bu yil pul-kredit siyosatining ta’sir doirasi bazaviy inflyatsiyaning o‘sish dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlardagi xatarlar sabab qisqarishi mumkin.
Fitch Ratings agentligiga ko’ra, davlat qarzi 2021−2023 yillarda YAIMga nisbatan mos ravishda 42 foiz va 44 foizni tashkil etadi, ammo 2023 — yilda respublikaning davlat qarzi “BB” reytingiga ega davlatlarning medianasidan (YAIMga nisbatan 59 foiz) past darajada bo‘ladi.
2021-yilning 8- oktyabr kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini chop etdi. Hisobotga ko‘ra, mamlakatimiz suveren kredit reytingining bahosi BB — (barqaror kutilma) darajada tasdiqlandi. Hisobotda ta’kidlanishicha, mamlakatimizning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralari, mo‘'tadil davlat qarzi darajasi va “BB” reytingiga ega mamlakatlarga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari respublika suveren kredit reytingini qo‘llab-quvvatlovchi omillardan hisoblanadi.
Shu o‘rinda, mamlakatning xom-ashyo tovarlariga bog‘liqligi, institutsional va boshqaruv sifati darajalarining sustligi, yuqori inflyatsiya darajasi, va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotining (YAIM) pastligi respublika kredit reytingini cheklovchi omillar sifatida keltirilgan. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi hamda saylovlar yaqinligiga qaramay islohotlarni, xususan iqtisodiyotdagi yirik davlat korxonalarini transformatsiyasini amalga oshirishda ildamlamoqda.
Iqtisodiy islohotlar bilan birga hukumat mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish va aholining ijtimoiy holatini yaxshilashni davom ettirishi qayd etilgan.
“Fitch"ning fikricha, navbatdagi islohotlarning murakkabligi, belgilangan muddatlar va islohotlardan ko‘zlangan yakuniy maqsadlar davlatning institutsional salohiyati uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘taydi. Hisobotda aytilishicha,respublikada iqtisodiy o‘sish 2021- yilda 6,2 foizni, 2022−2023 yillarda o‘rtacha 5,5 foizga (“BB” reytingiga ega mamlakatlar medianasi 3,7 foiz) o‘sishi prognoz qilinmoqda. Kelgusi yillardagi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi omillar sifatida fiskal konsolidatsiyaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, yuqori investitsion faollik, tashqi moliyalashtirish manbalaridan foydalanishni davom ettirilishi va qishloq xo‘jaligi, qurilish va sanoat sohalariga ijobiy ta’sir etuvchi islohotlar sanab o‘tilgan. Biroq, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatning o‘zgarishi va vaksinatsiyaning kechiktirilishi iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilgan. Agentlikka ko‘ra, davlat qarzi 2021−2023 yillarda YAIMga nisbatan mos ravishda 42 foiz va 44 foizni tashkil etadi, ammo 2023- yilda respublikaning davlat qarzi “BB” reytingiga ega davlatlarning medianasidan (YAIMga nisbatan 59 foiz) past darajada bo‘ladi. Davlat qarzi hajmi tez sur’atlarda ortgan bo‘lsada, davlat tashqi qarzining 92 foizi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilinganligi hamda davlat qarzining so‘ndirish muddatlari va xarajatlari nuqtai nazardan ijobiy omil sifatida keltirilgan. Hisobotda hukumatning so‘mda qarz (davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish orqali) jalb qilishni oshirishga intilayotgani hamda 2020−2021 yillarda so‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalari ijobiy baholangan.
Parlamentga kiritilishi rejalashtirilgan “Davlat qarzi to‘g‘risida"gi qonun loyihasida davlat qarzining YAIMga nisbatan 60 foizlik yuqori chegarasi, yangi jalb qilinadigan davlat qarziga yillik limitlar (jumladan davlat-xususiy sheriklik loyihalariga) belgilanishi va davlat qarzi YAIMga nisbatan 50 foizdan oshgan holatlarda qarz hajmini kamaytirish choralari ko‘rilishi nazarda tutilganligi alohida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, hukumatning likvid aktivlari (YAIMga nisbatan 25 foiz) yuqoriligi keltirib o‘tilgan. Agentlik mamlakatning xalqaro zaxiralari (2021 yilda 35,2 mlrd. dollarni tashkil qilishi kutilmoqda) barqaror darajada saqlanib qolishiga va tashqi moliyalashtirish manbalari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning oqimi, nisbatan barqaror oltin narxlari xalqaro zaxiralarning kamayib ketishini oldini olishiga ishonch bildirgan. “Fitch"ning kutilmalariga ko‘ra, Markaziy bank inflyatsion targetlashga o‘tish jarayonida ijobiy real stavkalarni saqlab qoladi.
Monetar siyosat transmissiyasini yaxshilash uchun monetar siyosat instrumentlari rivojlanayotgani ijobiy baholangan bo‘lsada, monetar siyosat transmissiyasini kuchaytirish uchun inflyatsiya kutilmalari va dollarizatsiya darajasini pasaytirish, kapital bozorlarini rivojlantirish, imtiyozli kreditlash hajmini kamaytirish zarurligi keltirib o‘tilgan. Agentlikning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning suveren kredit reytingi (shu jumladan reyting kutilmasi) quyidagi hollarda oshirilishi mumkin: makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlagan holda yuqori iqtisodiy o‘sishga erishilganda va aholi jon boshiga YAIM miqdorining “BB” reytingiga ega davlatlar bilan farqi kamayganda; “qonun ustuvorligi”, “aholi fikrini inobatga olish va hisobdorlik”, “tartibga solish sifati” va “korrupsiyani nazorat qilish” kabi boshqaruv standartlari sezilarli yaxshilanganda; fiskal va tashqi zaxiralar sezilarli oshganda.
O‘zbekistonning suveren kredit reytingi quyidagi hollarda pasaytirilishi mumkin: davlat qarzining YAIMga nisbati keskin oshib ketishi yoki davlat shartli majburiyatlarining amalga oshirishi oqibatida suveren fiskal buferlarning kamayishi; bank kreditlari hajmining tez sur’atlar bilan oshishi ortidan joriy operatsiyalar hisobi manfiy saldosining kattalashuvi, xalqaro zaxiralarning sezilarli darajada kamayishi yoki tashqi majburiyatlarning tez ortishi. O‘zbekistonda bundan 4 yil avval iqtisodiy sohada o‘ta muhim va zarur islohotlar boshlandi. 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning bosh ustuvor hujjati hisoblangan Harakatlar strategiyasi asosidagi mazkur yangilanishlar bugungi kunga kelib dastlabki natijalarini va qator ustunliklarini namoyish etmoqda.
Bosh strategik hujjatning hayotga joriy etilishi tufayli davlat boshqaruvi, jamiyat, fuqarolik institutlari, ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyot va boshqa barcha sohalarda uyg‘onish, oldga siljish boshlandi. Buni o‘tgan 4 yillik muddat davomida erishilgan natijalar va samaradorlik misolida ham ko‘rish mumkin.
Eng avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda 2017 yildan e’tiboran Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor chora-tadbirlardan kelib chiqqan holda, hamkor rivojlangan davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o‘zgartirildi. Binobarin, O‘zbekiston global iqtisodiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanib borayotgan sharoitda, mamlakatda olib borilayotgan makroiqtisodiy, shu jumladan, pul-kredit siyosati va bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni, xususan, xorijiy investorlar, xalqaro reyting kompaniyalari hamda moliyaviy tashkilotlarni xabardor qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu jihatdan, hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi, pul muomalasi va oltin-valyuta zaxiralari holati to‘g‘risidagi barcha statistik va tahliliy ma’lumotlarni doimiy ravishda ochiq chop etib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Xulosa
Makroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi – mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy hajmi, inflatsiya sur’atlari, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda yo‘l ko‘rsatishdan iborat.
Iqtisodiyotni o'rganishning ikki tomoni mavjud: makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot. Ushbu atama nazarda tutganidek, makroiqtisodiyot iqtisodiyotning umumiy, katta ssenariysini ko'rib chiqadi. Sodda qilib aytganda, u iqtisodiyotni umuman qanday ishlashiga e'tiborni qaratadi va keyin iqtisodiyotning turli tarmoqlari bir-biri bilan qanday bog'liqligini tahlil qilib, umumiy funktsiyalarni qanday ishlashini tushunadi. Bunga ishsizlik, yalpi ichki mahsulot va inflyatsiya kabi o'zgaruvchilarni ko'rib chiqish kiradi. Makroiqtisodchilar ushbu omillar o'rtasidagi munosabatlarni tushuntiradigan modellarni ishlab chiqadilar. Bunday makroiqtisodiy modellar va ular tomonidan ishlab chiqarilgan prognozlar davlat sub'ektlari tomonidan iqtisodiy, pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini qurish va baholashda foydalanishda qo'llaniladi; ichki va jahon bozorlarida strategiyani belgilash bo'yicha korxonalar tomonidan; investorlar tomonidan har xil aktivlar sinfidagi harakatlarni bashorat qilish va rejalashtirish.
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makroiqtisodiy tahlilda YaIM, YaMD, SIM, SMD, ShD, ShTD, YaMTD, S ,S, INI,YaIM deflatori kabi ko‘rsatkichlardanfoydalaniladi. YaIM – mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‘indisidan iborat. YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo‘llaniladi. YaIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblanadi. Bu usul YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi. YaIMni xarajatlar ko‘rinishida to‘rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig‘indisi orqali hisoblanadi. Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘ladi. Milliy hisobchilik tizimining barcha ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi bitta bo‘lgani uchun ularni o‘zaro taqqoslash imkoni mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |