1.1 Makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uning mohiyati.
Makro iqtisodiy barqarorlik nima?
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo'lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib quyadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo'lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarshi chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishiga, ya'ni tangli hodisalariga barham berishga yo'naltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajadaa pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga no'l ko'ymasliqdan iborat bo'ladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to'lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlarni ham uz ichiga oladi.
Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiy o‘sishni belgilovchi asosiy omil
hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik inflatsiyaning past darajada bo‘lgan va real
almashuv kursi raqobatlasha oladigan darajada bir maromda bo‘lgan holatni
anglatadi.
Makroiqtisodiy barqarorlik - deganda mamlakatda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi, inflatsiya, valyuta kursi, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi va boshqalarning muvozanati buzilmasdan iqtisodiyot barqaror holda rivojlanishi tushiniladi. Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlarni oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni soliq tizimini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo`nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta`minlash jarayonida har qachongidan ham muximroq bo`lib bormoqda. Davlat byudjeti daromadlarining byudjetga tushishining uzluksizligi ta`minlansa, iqtisodiyotning turli tarmoqlari rivojlanishi uchun yetarli darajada xarajatlar qilish imkoniyati mavjud bo`ladi va aholi turmush farovonligi yaxshilanadi. Davlat byudjetining xarajatlar qismini optimallashtirish, ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`ymaslik, ijtimoiy zaruriy sohalarni rivojlantirish istiqbollarini ko`zlagan holda xarajatlarni maqsadli yo`naltirish va bu qilinayotgan xarajatlarni kelgusidagi samaradorlik ko`rsatkichlarini e`tiborga olish bugungi kundadagi fiskal siyosatni asosiy vazifasi hisoblanadi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan shu kungacha bo`lgan davrda soliq tizimidagi soliqlar va yig`imlar turlarining kamayib borishiga qaramasdan davlat byudjeti daromadlari tarkibida muhim salmoqni egallovchi soliqlarning miqdori o`sib borayotganligini kuzatish mumkin. Shu o’rinda ushbu soliqlarning buydjet daromadlari tarkibida tutgan o`rnini tahlil qilish lozim. Soliqli daromadlar jami daromadlar tarkibida 2019-2020 yillarda 93,9 foizni tashkil etmoqda. Shundan bevosita soliqlarning ulushi 2019- yilda o`tgan yillarga nisbatan biroz kamaygan va 23,6 foizni, jumladan, yuridik shaxslardan foyda solig’i 3,5 foizni, jismoniy shaxslardan daromad solig’i 10,1 foizni,obodanlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i 2 foizni tashkil etgan. Bilvosita soliqlarning ulushi esa o`tgan yilga nisbatan 1 foizga ko`paygan, jumladan, aksiz solig`i 15,2 foizni, bojxona boji 4,4 foizni va transport vositalari uchun yoqilg’i iste’moli solig`i 3,5 foizni tashkil etmoqda.
Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi.
Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi. Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarflamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi. Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish orqali erishish mumkin.
Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishi bu mamlakatda iqtisodiyot jadal rivojlanayotganidan darak beradi. Umuman olganda investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Investitsiyalar ― iqtisodiy o‘sishning muhim omili bo‘lib, asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari yoki davlattomonidan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularga bo’lgan huquqlar hamda mavjud jamg’arilgan kapitaldan kelajakda foyda olish maqsadida amalga oshirilgan kapital qo’yilmalaridir Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishini hamda mamlakatda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanganligini ifodalaydi hamda makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari quyidagilarda ko’rinadi:
-daromadlar taqsimlanishida muammolar yo’qligi;
-barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga qayd etilganligi;
-mamlakatda to’la bandlikni ta’minlanganligi ya’ni ishsizlik minimal miqdorda ekanligi;
-ichki narxlarning barqarorligi (inflatsiya darajasi yuqori emasligi);
-baquvvat to’lov balansining mavjudligi;
-davlat budjeti kamomadi YaIM ga nisbatan me’yorda ekanligi;
-barqaror valyuta almashinuv kursi
Yuqorida aytib o’tilganidek, investitsiyalar salmog’ining oshishi bu
mamlakatda ishlab chiqarish salohiyatining yaxshilanayotganligidan darak beradi
hamda yangi sanoat korxonalari paydo bo’ladi. Natijada aholi bandligi oshadi vaishsizlik darajasi esa pasayadi. Bu makroiqtisodiy barqarorlik ko’rsatuvchi asosiy belgilardan biri bo’ladi. Aholi bandligining oshishi esa aholi daromadlarining ko’payishiga olib keladi. Aholi daromadlarining oshishi esa iqtisodiy o’sishga yetaklovchi asosiy vosita hisoblanadi. Investitsiyalar asosida mamlakat eksport salohiyati rivojlanadi ekan, u mamlakat iqtisodiy ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat eksport salohiyatining yaxshilanishi mamlakatda baquvvatto’lov balansining shakllanishiga olib keladi hamda bu barqaror valyuta almashinuv kursining shakllanishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni salmog‘ini oshirish asosida makroiqtsidiybarqarorlikka erishishga qaratilgan quyidagi takliflarni amaliyotga qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi
orlarga qulay investitsion muhitni yaratib berishga qartilgan chora
tadbirlarni yanada kuchaytirish hamda buning natijasida mamlakatda qulay
ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada yaxshilash;
iqtisodiyotga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib kiruvchi
investorlarga imtiyozlarni yanda ko‘paytirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni yanada
yaxshilash;
mamlakat investitsion jozibadorligini yanada oshirish.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor mexanizmlarini keng joriy qilish tamoyillariga asoslangan islohotlarning yangi bosqichida davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish va xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi ishlarning natijadorligini oshirish bugungi kunda iqtisodiyotni boshqarishning aniq, shaffof va natijaga yo‘naltirilgan mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan kambag‘allikni qisqartirish vazifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish o‘rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog‘liqdir.
Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish va rivojlanishiga aloqador vazirlik va idoralar faoliyati uyg‘unligini ta’minlashni, mavjud muammo va to‘siqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va inklyuziv institutsional tizimni joriy etishni talab etadi. Xususan:
birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish maqsadlari va tarkibiy islohotlar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash, shuningdek, tashqi va ichki omillar ta’sirida yuzaga keladigan iqtisodiy sikllarni boshqarishning zamonaviy prognozlashtirish modellariga asoslangan samarali tizimi va mexanizmlarini joriy etish jarayoni kechikmoqda; ikkinchidan, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yaxlit tizim va muvofiqlashtiruvchi davlat organi, me’yoriy-huquqiy baza, mezonlar va baholash uslubiyotining mavjud emasligi, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish vazifalarining aniq ajratib olinmaganligi sababli tegishli aholi guruhlari bilan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi past darajada qolmoqda;
Samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul davlat siyosatini amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) etib qayta tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritish sohasida:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish, iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish; iqtisodiyotning real sektoridagi holatni oldindan baholash indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish; inson kapitalini rivojlantirish va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yo‘nalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qo‘llab-quvvatlash, eksport va importda tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlar va islohotlarning mehnat unumdorligi, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmlarining o‘sishiga, ish o‘rinlari yaratilishiga ta’sirini baholash va tegishli takliflar ishlab chiqish;
b) kambag‘allikni qisqartirish borasida:
iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |