Router (Yo’naltiruvchi) – internetda ma’lumotlar oqimini qulay va yaqin yo’l bilan manzilga yetkazishni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi dasturlar majmuidir. Odatda yo’naltiruvchi sifatida maxsus kompyuterdan foydalanish yaxshi natija beradi.
Gateway (Shlyuz) – ma’lumotlarni uzatishning turli qaydnoma (protokol)larini internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy qaydnomasi SMTP ga (Simple Mail Transfer Protocol – elektron pochta uzatishning oddiy qaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyuz – bu dasturlar majmuidir. Bunda shlyuz maqsadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar qo’yilmaydi. Buning uchun unda shlyuz vazifasini o’taydigan dasturlar bilan ishlash imkoni bo’lsa bas.