Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari.
Zamonaviy axborot texnologiyasiga ega hisoblash texnikasidan va elektron uzatish tizimidan foydalanmay turib zamon talabiga javob beruvchi moliyaviy muassasalarni tashkil etish mumkin emas. Shu bois, bunday muassasalar ham dasturli – apparat kompleksi sifatida, ham elektron shaklda axborot uzatishning kommunikasiya vositasi sifatida eng yirik iste’molchilar hisoblanadi. Tashkilotlarning alohida avtomatlashtirilgan komplekslarini bog’lovchi global tarmoqlar milliy va xalqaro darajada hisob-kitoblar o’tkazish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |