3. “Yuristning kasb etikasi” fanining vazifalari.
O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati sud hokimyati faoliyati bilan uzviy bog’liq. Shakllantirilayotgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini odil sudlov institutisiz tasavvur qilish mumkin emas. Mamlakatimizda bosqichma bosqich amalga oshirilayotgan sud-huquq islohatlarining amaliyotda sud hokimyati mustaqilligiga, erkinligiga erishish maqsadi ham odil sudlovni qaror toptirshdir. Yuristning kasb etikasi haqida gapirganda shu jihatni nazarda tutish lozim buladi. Birinchisi - jamiyatda umumiy axloq normalari, meyorlari va qoidalari mavjudligi bo’lgan, ikkinchisi – huquqshunoslikning kasbiy faoliyatning u yoki bu turi bilan bog’liq axloq normalarining mavjudligi bilan bog’liq.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasbiy axloqi shu jihatdan turli shakllarga ega, shu ma’noda sud’yalar odob-ахloqi qoidalari, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi, advakatlarning kasb etikasi qoidalari, prokrotura organlari xodimlarining kasb odobnomasi yoxud davlat bojxona yoxud soliq qumitalari xodimlarining kasb odobi haqida gapirish mumkin. Tarkib va tuzilish jihatdan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining kasbiy axloq qoidalari har bir xizmatning ichki xususiyatlaridan kelib chiqadi va jamiyatda qaror topgan umumiy axloq qoidalariga bo’ysinadi, aniqrog’i ular bilan uyg’unlashadi. Kasbiy axloq va umumiy axloq qoidalari o’rtasida o’zaro ziddiyat istisno etiladi. Ayrim huquqiy sohalarda axloq - yoki axloq odobnomasi ushbu kasbga kirishni ixtiyor qilgan kishiga kasbiy qasamyod shaklidagi axloqiy talablarni ham qamrab oladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi “Prokuratura to’g’risida”gi qonunining 44-moddasi aynan kasbiy qasamyodga bag’ishlangan desa bo’ladi. Yoxud tibbiyot xodimlarining “Gippakrad qasamiyodi” deb yuritiluvchi kasbiy deontologiya normalarini kasbiy etika fanining tarkibiga kiritish mumkin. Ushbu fikrni rivojlantirsak “Jurnalist etikasi”, “Diplomat etikasi” yoxud “Deputat etikasi” kabi kasbiy etika normalari tizimi xususida gapirish mumkin bo’ladi. Kasbiy etika haqida gapirganda huquqning kishilik jamiyati axloqining posboni ekanligini unutmaslik, har qanday qonunning mazmuni axloq normalari ekanligini, qonun ushbu normalarni kishi va jamiyat hayotida tug’ri ishlatilishini ta’minlovchi vosita ekanligini unutmaslik lozim bo’ladi.
Bu jihat umuminsoniy siyosiy, huquqiy va axloqiy hujjatlarda ham o’z ifodasini topgan bo’lib, milliy qonunchilik xalqaro huquqiy normalar va qoidalar bilan o’zaro uyg’unlashib ketgandir. Milliy qonunchilik, insonparvarlik, inson tabiiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan umuminsoniy huquqiy normalarga bo’ysingan va ularning ustuvorligiga asoslanadi. Misol tariqasida BMT tomonidan 1948-yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umum jahon dekloratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar tug’risidagi” xalqaro Pakt va boshqa hujjatlarni keltirish mumkin. Qayd qilingan Paktning 10-moddasida ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarga nisbatan insoniylarcha munosabatda bo’lish ularning sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilish talab qilinadi.
Bugungi kunda barcha davlatlarning Konstitutsiyaviy qonunchiligida sud hokimyatining tashkiliy jihatlaridan tashqari axloqiy mazmuni ham e’tiborga olingan, inson va uning hayoti, qadr - qimmati, manfaatlari oliy qadiryat deb tan olinadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham inson, uning hayoti eng oliy qadiryat bo’lib, amaldagi milliy qonunchiligimiz yuksak insonparvarlik g’oyasi bilan sug’orilgan boy mazmunga asoslangandir. Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasi barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklari ularning jinsi, irqi, millati, tili, dinidan, ijtimoiy kelib chiqishidan va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar teng huquqliligini ta’minlaydi. Ushbu normada insonparvarlik pirintsipi aks etganligini kuzatamiz. Insonparvarlik printsipi bosh qonun asosida yaratilgan va yaratilayotgan barcha qonunlarimizda markaziy o’rinni egallaydi.
Yuristning kasb etikasi fani aynan shu printsipni sud va huquqni muxofaza qiluvchi idoralar xodimlari faoliyatida ustuvor kasbiy printsip ekanligini ta’minlovchi fan sohasidir. Jinoyat – protsessual qonunchiligimiz ham aynan buzilgan huquqlarni tiklash yoxud har qanday jinoiy xatti – harakatlarni jazosiz qoldirmaslikdan iborat. Demak, odil sudlovni amalga oshirishga bo’ysindirilgandir. Jinoyat qonunchiligi shaxs va jamiyatni ijtimoiy ahvoli, tajovuzlardan himoya qiladi, jinoiy xatti harakatlarning inson va jamiyat hayoti uchun qanchalik zararli yoki xavfliligidan kelib chiqib jazo tayinlaydi. Bu umumiy axloq kategoriyalari – yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik kategoriyalari asosida amalga oshiriladi. Buning uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudya ushbu kategoriyalar mazmunini chuqur bilishi va ularni ko’rilayotgan ishga mazmunan tadbiq qilishi lozim bo’ladi. Bu o’z o’zidan kasbiy axloqni umumiy axloq normalari bilan uzviy bog’lash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bugungi kasbiy axloqning mazmuni yuksak axloqiy normalar bilan to’ldirilgan bo’lib, bu birdaniga yuzaga kelmagan. Jinoyat qonunchiligining tarixida inson qadr-qimmati kamsitilgan, insonni qiynoqqa solgan, uning hayoti qadrsizlangan, inkivizitsiya sudlari, totalitarizm huquqshunosligi davrlarini boshdan kechirgan. Bugungi kasbiy axloq qonuni jazo vositasi emas, balki ko’proq tarbiya vositasi bo’lishligini taminlashga qaratilgan.
Yurtboshimiz I.Karimov sud - huquq islohatlari haqida gapirar ekanlar jinoiy jazoni liberallashtirish jarayonida bundan buyon sud, prokurotura va ichki ishlar idoralari bilan bundan buyon jazolovchi idoralar emas, balki kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatadigan, ularga qonun va qoidalarni hurmat qilishga o’rgatadigan idoralar bo’lishligi lozimligini ta’kidlaydilar.
Yuristning kasb etikasining eng muhim xususiyatlaridan biri – inson taqdiri bilan bog’liq masalalarni hal qilishda his tuyg’uga berilmaslik, tanish bilishchilik, qarindosh – urug’chilik, mahalliychilik yoxud millatchilik kabi tuyg’ularga berilmaslik odil sudlovni amalga oshirishning barcha bosqichlarida axloq normalariga og’ishmay rioya qilishni o’rgatadi.
Bu jihat afsonaviy adolat mabudasi – Femida obrazi orqali ifoda etiladi. Ko’zi bog’liq, tarozini qo’lida ushlab turgan ayol obrazi – odil sudlov ramzidir. Bu ramz, simvol har bir huquqshunosga tanish. Ushbu ramzlarga rioya qilish yuristning kasb etikasi normalariga rioya qilinishni anglatadi.
Huquqni muhofaza qilish idoralari safini kengaytiruvchi yosh kadrlarni malakali qilib tarbiyalashda, ularning o’z kasbiy burchlari va vazifalarini samarali bajarishlarida afsonaviy Femida obrazini o’z faoliyatlarida o’ziga xos andoza qilishlariga erishish – kasb etikasining vazifalaridan biridir. Yuristning kasb etikasining yana bir muhim xususiyati – uni jamiyat va davlat qurilishi, ularni boshqarish yo’llari bilan uzviy bog’liqligida ko’rinadi. Huquqni muxofaza qiluvchi idora xodimi – dastavval davlat xizmati xodimidir. U o’z kasbiy faoliyatida jamiyat va davlat manfatlaridan kelib chiqadi, ularni odil sudlov jarayonlarining barcha bosqichlarida himoya qiladi. Kasb etkasi keng ma’noda “Davalat xizmati to’g’risida”gi qonun, “Jamoat nazorati to’g’risida”gi qonun va boshqa qonunlar bilan uyg’undir. Buning bosh sababi - huquqiy davlatning asosiy talablaridan – qonun oldida barchaning tengligini ta’riflash, shaxs va jamiyat faoliyatining barcha ko’rinishlarida qonun ustuvorligiga erishishdir. Kasb etkasi fanining asosiy vazifalaridan biri – fuqarolik qonun talablari bo’yicha yashash, o’rganish, huquqiy tarbiyadir. Buning uchun “Tarbiyachining o’zi tarbiyalangan bulmog’i” yaxshi, dastavval sud va huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimining o’zi qonunga itoat etmog’i, boshqa fuqarolar uchun na’muna bo’lmog’i lozim. Yuristning kasb etikasi bo’lajak huquqshunosga kasbiy faoliyatda umumiy va kasbiy axloqiy normalari, printsiplari, o’ziga xos tarixan jamlangan qonun qoidalari va talablariga rioya qilishga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |