Birinchidan, - tanlangan dunyoviy taraqqiyot yo’limiz, huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish. Jamiyat a’zolarining axloqiy holatiga ma’naviy madaniyati darajasiga uzviy bog’liqdir. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati faqat yuksak axloqiy fazilatlar shakllangan, qaror topgan va amal qilayotgan ijtimoiy muhitda mavjud bo’ladi.
Axloqiy tushuncha va printsiplarning, ya’ni tamoillarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati shundaki, ular kishi ma’naviy faoliyatining ichki dunyosining turli ko’rinishlarini (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, oilaviy va h.k) idora qiladi. Shu bois yuqori darajadagi axloq normalari, qoidalari va pirintsiplari kishilar ongida shakllantirilmas ekan yuqori mehnat samaradorligiga ham, kishilar faolligiga ham, huquqiy davlat va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishiga asoslangan jamiyatga erishib bo’lmaydi.
Ikkinchidan, - huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati axloqqa zid illatlar (ichkilik bozlik, o’g’rilik, giyohvandlik, foxishabozlik, turli ko’rinishdagi jinoyatchilik) bor joyda qaror topa olmaydi. Ma’muriy huquqbuzarlikga asoslangan, tenglik pirintsipi tenglashtirish siyosatiga bo’ysindiradigan, shaxsning jamiyatdan, xususan qoidadan begonalashtirilgan jamiyatda axloqqa zid illatlar ko’payishi uchun shart sharoitlar mavjud edi. Har bir sohada davlat manapoliyasi, xususan tadbirkorlik va ishbilarmonlik nafaqat taqib bilan taqiqlangan davrlarda yurist kasbiy axvoli buzilgan edi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni jazolash vositasi emas, balki kishilarga to’gri yo’l ko’rsatish vositasi bo’lishligini talab qiladi. Shu bois yuristning kasb etikasini o’rganish zamonaviy yurist kadrlar uchun asosiy ma’rifiy talablardan biridir.
Uchinchidan, - yuristning kasbiy etikasiga bo’lgan ehtiyoj sud-huquq tizimi xodimlari faoliyatida kuzatilayotgan eski tuzim illatlaridan tezroq qutilish, xodimlar faoliyatida axloq normalarining ustuvorligini ta’minlash, turli axloqiy og’ishlarning oldini olish ehtiyoji bilan bog’liq. Ayniqsa 2005-yil 7-aprelda O’zbekiston Respublikasi bosh Prokuraturasining 45-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining kasb odobnomasi” talablari asosida bo’lajak yurist kadrlarni tarbiyalash ushbu sohaning asosiy ehtiyojidir. Xodimlar tomonidan turli axloqqa zid xatti-harakatlarga (tamagirchilik, zo’ravonlik, inson huquqlarini mensimaslik, manmanlik, hatto ichkilikbozlik, xizmat vazifalarini suyiiste’mol qilish va h.k.) yo’l qo’ymaslikka, faoliyatda qonun ustuvorligiga erishish kasbiy axloq normalarini chuqur bilishlik emas, balki ularga kasbiy faoliyatda qatiy rioya qilishni ham taqazo qiladi.
Yuristning kasb etikasi fanining predmeti sud-huquq tizimida faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar faoliyati bilan bog’liq bo’lib huquqshunoslik sohasi xodimlarining kasbiy faoliyatida umuminsoniy va umumiy axloq normalariga qoida va talablariga og’ishmay rioya qilish, kasbiy burchga sadoqatli bo’lish bilan bog’liq.
Yuristning kasb etikasi boshqa kasbiy faoliyat sohalari (tibbiyot, jurnalistika, diplamatiya, tadbirkorlik va h.k.) talablaridan tashqari faqat shu soha vakillariga xos axloqiy talablarni(tergov materiallarini sudgacha sir tutish, xodimlarning bir birlarining ishlariga aralashmasligi, yuqori vakolatli xodimlarning(prokuratura xodimlarining) adolatni qaror toptiruvchi xodimga (sudyaga) o’z hukmini o’tkazishga urinmasligi h.k.) ham mavjudligi bilan farqlanadi.
Yuristning kasb etikasi fanining ob’yekti – jamiyat va shaxs hayotida kuzatiladigan axloqqa zid illatlardir.
Yuristning kasb etikasi faning predmeti esa yurist kasbiy faoliyati uchun muhim va zarur bo’lgan axloq normalarini, printsiplarini va qoidalarini o’rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |