4-rasm. Bandlik darajasi to’g’risida ma’lumot (foizda).
Bundan tashqari, xalqaro “BUYUK KELAJAK” nodavlat notijorat tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda O'zbekistonda soya iqtisodiyoti hajmi YaIMning 50 foizini tashkil etadi, mintaqada yillik yo'qotishlar 16 va 17 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu ko'rsatkich XVF reytingiga ko'ra O'zbekistonni dunyoning 159 mamlakati orasida 152-o'ringa qo'ydi.
Norasmiy iqtisodiyotning o'xshash ko'rsatkichi norasmiy ish bilan band bo'lganlar soni hisoblanadi. Jahon bankining 2019-yil hisobotlariga ko'ra, O'zbekistonda ish bilan band bo'lganlarning umumiy soni 13,2 million kishini tashkil etdi. Ularning 7,9 millioni (59,8%) norasmiy ish bilan ta'minlanganlar va 5,3 million (40,2%) rasmiy ravishda ish bilan bandlar. Ya'ni, mamlakatning iqtisodiy faol ishchi kuchining yarmidan ko'pi katta xavf-xatarlarga duch kelmoqda, ya'ni ular ijtimoiy a hamiyatga ega emas.
Xufyona iqtisodiyot miqyoslarini kamaytirishda davlatning roli katta. Tarixiy tajribalardan maʼlumki xufyona iqtisodiyot xoʼjalik mexanizmining tarkibiy qismi boʼlib hisoblanadi. Lekin, uning miqyoslarini haddan tashqari kengayib ketishini oldini olish vazifasi aynan davlatning zimmasiga tushadi.
Xufyona faoliyatga davlat tomonidan taʼsir etish masalasi ayniqsa jamiyatning bir formatsiyadan boshqasiga oʼtish davrlarida, inqirozlar paytida dolzarb boʼlib boradi. Davlat baʼzi holatlarda xufyona iqtisodiyotning bevosita ishtirokchisi boʼlib qolishi ham mumkin.
Аnʼanaviy kriminal xarakteriga ega boʼlgan ishlab chiqarish faoliyatlarida davlatning ishtirok etgan holatlari kam uchraydi.
Bunday faoliyat subʼektlari sifatida quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: davlat tuzilmasi roliga daʼvogarlik qiladigan xarbiylashgan siyosiy tuzilmalar. Ularning moliyaviy mablagʼlarga ehtiyojlari katta boʼlib, manba sifatida kriminal, tabiiyki, haddan tashqari yuqori daromad keltiradigan biznesdan foydalanadilar.
Аfgʼonistonda toliblar harakati narkobiznes, chechen ayirmachilari odam savdosi (garovga olish), Аngola UNITА harakati olmos va oltinni noqonuniy qazib chiqarish va sotish faoliyatidan keladigan daromadlardan foydalanadilar.
Davlat majburiy xufyona iqtisodiyot miqyoslari uchun masʼuliyatli hisoblanadi. Oʼylanmagan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni “xufyona” faoliyatga undaydi. Iqtisodiy vaziyat yaxshilana borgan sari ular “xufyona “ faoliyatni doirasidan chiqib boradilar.
Umuman xufyona iqtisodiyot miqyoslari uchun davlatning masʼullik darajasi va uning oqibatlari natijasidagi zarar quyidagi yoʼnalishlarda baholanishi mumkin:
- davlatning oʼzi tomonidan huquqiy meʼyorlar va ahloqiy-maʼnaviy tamoyillarning buzilishi;
- davlat va uning vakillarini oligarxlar bilan jamiyat manfaatlariga zid keladigan til biriktirishi;
-davlat amaldorlari korruptsiyasi, davlat institutlarining korruptsiyalashgan davlat sifatida belgilash mumkin boʼlgan tuzilmaga aylanishi;
Xufyona iqtisodiyotga davlatning taʼsir qilish usullari uning miqyoslari bilan bogʼliqdir.
Xufyona iqtisodiyotni rasmiy statistikada koʼrish mumkin boʼlmaganligi bois, uning miqyoslarini baholash dolzarb boʼlib hisoblanadi
Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
- monetar;
- harajat va daromadlar balansi
- bandlikni tahlil qilish
- texnologik koeffitsientlar usuli;
- uy xoʼjaliklarir va korxonalar raxbarlari orasida soʼrovlar oʼtkazish;
Xulosa.
Xufyona iqtisodiyotni umumiy iqtisodiy tamoyillarga muvofiq rivojlanadigan va o'z atrof-muhitiga uyg'unlik uyg'otadigan o'zini o'zi tashkil etuvchi tizimning holati deb ta'riflash mumkin.
"Xufyona iqtisodiyot" kontseptsiyasining ilmiy inqilobiga kirish, ushbu sohada tadqiqotlar o'tkazish zarurligini tan olish, "xufyona iqtisodiyot" darajasini baholash usullarini ishlab chiqish iqtisodiyotning hozirgi holati va uning rivojlanish istiqbollarini tushunishda muhim ahamiyatga ega.
Jinoiy iqtisodiyot xufyona iqtisodiyotga juda yaqin ma'noda. U iqtisodiy tusdagi barcha jinoiy ko'rinishlarni qamrab oladi. Iqtisodiy jinoyatchilik hatto iqtisodiy faoliyatning ishonchli, himoyalangan sohalariga kirib borishi mumkin, bu esa iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashning sust tashkil etilganligidan va O’zbekistonning iqtisodiy faoliyatiga kirib borgan xufyona iqtisodiyotning chuqur ildizlaridan dalolat beradi.
Daromad olishning qonuniy yo'llari bilan tanishishni istagan korxonalar soliq to'lash va halol yashashning o'rniga ko'plab bo'shliqlar va yo'llarni topmoqdalar. Bunday firmalar jazoni chetlab o'tish uchun soya sektorining bir qator mexanizmlaridan foydalanadilar. Bugungi kunda statistik ko'rsatkichlar qanchalik aniq bo'lsa, hokimiyat organlari tomonidan mintaqa iqtisodiyotidagi muammolarni hal qilish bo'yicha ko'riladigan choralar shunchalik samarali bo'lishini anglash juda muhimdir.
Iqtisodiy subyekt tomonidan o’z biznesi uchun institusional muhitni – oshkora yoki xufyona – tanlash to’g’risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini qiyoslash orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo’ysunish normasi yana bir bor oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta’siri ostida emas (qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo’ysunishga undovchi omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya xarajatlarini pasaytirish yo’li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo’lgan taqdirda, paydo bo’ladi. Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o’yin qoidalarida, birinchi galda bozor konstitusiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini «o’ziniki» va «begonalarga» ajratish bilan katta farq qiladi. O’zinikilarga nisbatan opportunizmni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari amal qiladi, ishonch va o’zaro yordam me’yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha, «begonalarga» nisbatan opportunizm me’yor bo’lib qoladi. T.Veblen yozganidek, xufyona iqtisodiyot «hasadguylik raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin. Va nihoyat, xufyona iqtisodiyot maksimal darajada fragmentlangan va mozaikli, u to’liq tizim shaklini qabul qilmaydi hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona va majburiy bo’lgan konstitusiyani qabul qilmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, qonunga bo’ysunishning yuqori narxiga muqobil variant ham g’oyat qimmat ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |