Reja: Kirish. Xufyona iqtisodiyotmazmuniva uning kelib chiqishi sabablari. Xufyona iqtisodiyot turlarining tasnifi va uni baholashga nisbatan yondashuvlar. Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari


Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari



Download 0,82 Mb.
bet5/10
Sana22.11.2022
Hajmi0,82 Mb.
#870321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shoxrux kurs ishi

3. Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari.
Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud boʼlishi bilan shartlangan umuman iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar jumlasiga, birinchidan, xufyona xoʼjalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini kiritish lozim. Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida yaqqol namoyon boʼladi. «Dastlabki iqtisodiyot» qondira olmaydigan talab xufyona iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha narsalarni hazm qiluvchi bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning barqarorlashtiruvchi roli oshkora iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga oʼtishda ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona sektorning katta oʼlchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar va jahon bozorlaridagi tangliklarni yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida xufyona sektor mehnatga haq toʼlash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni avvalgi darajada saqlab turishga qodir: xufyona korxona faoliyat koʼrsatishining asosida ijtimoiy (oilaviy-qarindoshchilik, urugʼchilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash yotadi. Bunday qayta tiklash mantiqiga muvofiq ishdan boʼshatishga yoʼl qoʼyish – ijtimoiy aloqalarning buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan iboratki, neoklassik muvazanatga erishish oʼz parametrlariga koʼra neoklassik bozordan gʼoyat uzoqlashgan bozorga bogʼliq.
Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud boʼlishi oshkora bozorga kirish xarajatlari yuqori boʼlganligi tufayli unga talab boʼlmay qolgan tadbirkorlik salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda oshkora tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va iqtidoridan hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada koʼcha savdogarlari foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida marketing va narxni shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo korxonalarining siyosatiga qaraganda juda yaqin.
Shunga qaramay, iqtisodiyotning oshkora va xufyona sektorlarining parallel ravishda mavjud boʼlishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy taʼsir ham koʼrsatadi. Xufyona sektorda texnika bilan qayta jihozlashning foydasizligi tufayli texnik taraqqiyot toʼxtab qoladi va umuman mehnat unumdorligi pasayadi. Investitsiya manbalarining chegaralanligi (faqat u yoki bu ijtimoiy tuzilma ichidagi mavjud resurslar investitsiya qilinadi) va mazkur ijtimoiy tuzilmalarga nisbatan tashqi sarmoyadorlarning mavjud emasligi sababli investitsiyalarning hajmi ham kamayadi. Oshkora iqtisodiyotda qolgan iqtisodiy subʼektlarga soliq yuki koʼpayadi: davlat tomonidan koʼrsatiladigan xizmatlar xarajatlari kam sonli soliq toʼlovchilarga taqsimlanadi. Ushbu vaziyat ikkilanib yurganlarni ham xufyona sektorga oʼtishga undaydi - qonunga boʼysunish narxi cheksiz yuqori boʼladi. Buning natijasida oshkora sektor kollansi yuzaga keladi – unda faqat eng yirik korxonalar qoladi, chunki ular shunchaki toʼliq «soyaga» keta olishmaydi. Bundan tashqari, xufyona iqtisodiyotning mavjud boʼlishi izchil makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish boʼyicha har qanday chora-tadbirlarni samarasiz qiladi: u gʼoyat noadekvat indikatorlar va makroiqtisodiy koʼrsatkichlar asosida quriladi. Yuqorida aytilganlar pul-kredit siyosatlariga nisbatan juda muhim, chunki naqd pullarning xufyona aylanmasi markaziy bank nazorati ostida boʼlmaydi.
Xufyona bozor institutsional tizim sifatida ko’rib chiqamiz. Xufyona sektor bilan bog`liq eng katta xavf bu bozor konstitutsiyasidan keskin farq qiluvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning alohida me’yorlarining shakllanishdir. Xufyona me’yorlarning asosida ularning amal qilishi hududiy jihatdan va go’yoki shaxslarning ma’lum doirasi tomonidan chegaralangan ijtimoiy mexanizmlar yotadi - qonunga bo`ysunish me’yorlarining mavjud emasligi, me’yorlarning amal qilishini ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha iqtisodiy sub’ektlarga tarqatishga imkon bermaydi.
Xufyona me’yorlarning yozilmagan va lokal xususiyati tufayli xufyona bitimlar tuzish uchun universal o’yin qoidalarini ifodalab bo`lmasa-da, xufyona iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Misol tariqasida Italiya, Sitsiliya, Kalabriya va Kampaniyani olamiz: rivojlangan xufyona sektorga ega bo`lgan ushbu mintaqa iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi o`rganilgan.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish