2. “Xalqbank” ATB Sirdaryo viloyati Yangiyer aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili.
Banklar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kerakli qimmatliklar: binolar, asbob-uskunalar, hozirgi zamonda tezkor hisob-kitobni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompyuterlar, naqd pul mablag‘lari va kreditga berilgan mablag‘lari bo‘ladi. Banklarning mavjud bunday mablag‘lari banklar buxgalteriya balansida iqtisodiy mazmuniga ko‘ra (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar. naqd pullar va x.k) qiymatlari guruhlashtirilib bank balansining aktiv tomonida ko‘rsatiladi. SHuning uchun ham xalqaro miqyosda bank mablag‘larini – aktivlari deb yuritiladi.
Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayonida mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi. Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi. Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur. Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi. Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar: naqd pul mablag‘lari, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va asbobuskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari, bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadi. Bank aktivlari juda turli-tuman bo‘lishi mumkin, lekin hamma tijorat banklari o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bir xil turdagi aktivlarga ega. Ularning bir qismi maxsus jihozlangan banklar naqd pullarni saqlash uchun seyflar yoki temir shkaflar, komp’yuterlar, avtomashinalar tashkil etadi. Bunday aktivlar banklarda ko‘p yil ishlatiladi va asosiy vositalar deb yuritiladi. Bank aktivi deganda passivlar joylashtirilishi tushuniladi. Uning tarkibiy tuzilmasi deganda esa har bir aktiv turining jami aktivlarga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Tijorat banklarining aktivi va uning tarkibi quyidagilar bilan tavsiflanadi.
“Xalqbank” ATBning 2021-yil 1-chorak hisobotiga ko’ra bankning jami aktivi 10 604 477 873 ming so’mni tashkil qilgan. Aktivlar tarkibini tahlil qiladigan bo’lsak, eng ko’p ulush kredit va lizing operatsiylariga to’g’ri keladi.
Bank aktivlarining tasniflanishi:
bank kreditlari – 19,9 dan to 83,2 foizgacha;
investitsiya va qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar – 2,1 foizdan to 23,9 foizgacha;
kassadagi naqd pullar – 0,2 dan 12,9 foizgacha;
boshqa turli aktivlar, ya’ni asosiy fondlarga qo‘yilmalardan tortib, to bankning turli hisob operatsiyalarigacha – 0.2 foizdan to 7,8 foizgachani tashkil qiladi.
Tijorat bank aktivlari daromadliligiga qarab daromad keltiradigan aktivlar daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi.
Daromad keltiradigan aktivlar:
- berilgan kreditlar;
- qimmatli qog‘ozlar
- turli investitsiyalar
- kapital xarajatlar
Daromad keltirmaydigan aktivlar:
asosiy vositalar
nomoddiy aktivlar
pul mablag’lari
Ikkinchi guruh aktivlariga bank faoliyatida katta e’tibor berilishi lozim, chunki bu guruhda aktivlar sifatini pasaytiruvchi aktivlar, muddati kechiktirilgan, foizsiz ssudalar, muddati o‘tgan ssudalar va foizi to‘lanmagan ijara va boshqalar bo‘lishi mumkin. Aktivlarning maqsadga muvofiq joylashishi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich - daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy aktivlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi. Tijorat banklarining daromad keltiruvchi asosiy aktivlari- mijozlarga berilgan kreditlardir. Banklarning ikkinchi daromad keltiruvchi aktiv turi –davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) ga jalb qilingan banklararo kreditlar va investitsiyalar kichik salmoqni tashkil etadi. Muddati o‘tgan aktivlarning salmog‘i umumiy aktivlar hajmining 3 foizidan oshmasligi kerak.
Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning etmish foizidan ortiq bo‘lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining bo‘shligini bildiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
“Xalqbank” ATB aktivlarini boshqarish usullari:
1. Aktivlarni boshqarishning umumiy fond mablag‘lari usuli;
2. Aktivlarni taqsimlash metodi;
3. Ilmiy boshqarish metodi.
Ko’pgina xorijiy banklar amaliyotida aktivlarni boshqarishning quyidagi usullaridan keng foydalaniladi: Bank aktivlarini boshqarishning umumiy mablag’lar manbalari usuli bankning o’z va jalb qilingan mablag’larini birlashtirishni nazarda tutadi, bunda bankda dastlab birlamchi va ikkilamchi zaxiralar shakllantiriladi. Mazkur usulni qo’llashning keyingi bosqichida kredit portfeli shakllantiriladi. Banklar amaliyotida kredit mablag’lari aktivlarning yirik ulushini tashkil etadi va bank faoliyatida muhim o’rin tutadi, chunki banklar daromadlarining asosiy qismini yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlash xizmatlarini ko’rsatishdan oladi.
Aktivlarni samarali boshqarish quyidagilardan iborat:
bank daromadi va xarajati o’rtasidagi marja ko’rinishidagi farqning o’sishi ;
daromad va kredit resurslari tavakkalchiligiga yetarli darajada rioya qilish;
bank aktivlarda foiz stavkasi o’zgarishi bilan foiz tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida e’tiborini qaratish.
Bank aktivlarini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqadi.
Aktivlarni taqsimlash usulini qo’llash esa, jalb qilinayotgan resurslarning manbalarini tahliliga asoslanadi. Mazkur usulda resurslarning manbalari bo’yicha taqsimlashda resurslarning aylanuvchanligi bilan bog’liq bo’lgan muayyan cheklanishlar yuzaga keladi. Ya’ni jalb qilingan qisqa muddatli resurslar qisqa muddatli aktivlar amaliyotlariga yo’naltiriladi. Mazkur usulning afzalligi shundaki, bu usulni qo’llash jarayonida resurslarni toifalarga qarab taqsimlash orqali likvid aktivlarning jami aktivlardagi ulushini qisqartirish imkoni yuzaga keladi.Ushbu ikkala usulning kamchiligi shundaki, bu holatlarda mijozlarning kreditlarga bo’lgan talabi va ehtiyoji yetarlicha qondirilmaydi, ya’ni kreditlashda mijozlarning kreditlarga bo’lgan mavsumiy talablari to’liq e’tiborga olinmaydi. Mazkur muammolarning yechimidan kelib chiqqan holda xorij tajribasida aktivlarni boshqarishda chiziqli dasturlash usulidan foydalanish ham keng tarqalgan bo’lib, mazkur usulning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bank aktivlarini boshqarishning chiziqli dasturlash usuli murakkab hisob-kitoblar orqali bir necha muqobil usullardan maqbulini tanlab olishni nazarda tutadi. Bu usul jalb qilinayotgan resurlarni qay tariqa yuqori daromad keltiruvchi va kam sarflarni talab qiladigan sohalarga joylashtirish vazifasi qo’yiladi.
“Xalqbank” ATB faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va ularning daromadlari va xarajatlariga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |