REJA:
KIRISH
1. “Xalqbank” ATBning passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari.
2. “Xalqbank” ATBning aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili.
3. “Xalqbank” ATB tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili.
4. “Xalqbank” ATBning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili.
5. “Xalqbank” ATB tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi.
6. “Xalqbank” ATBning pul muomalasini tashkil etishi, ular bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish.
7. “Xalqbank” ATBning yangi xizmat turlari va uning qo’llanish amlaliyoti.
XULOSA
KIRISH.
Iqtisodiyotning muhim subyekti bo‘lgan banklar faoliyatini o‘rganish, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilish iqtisodiyotni samarali boshqarishda muhim omil sanaladi. Aynan shu o‘rinda bankning barcha faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan buxgalteriya hisobi muhim hisoblanib, bu faoliyat nafaqat banklar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha faoliyat turlarining hisobini yuritibgina qolmay, bank va bank xodimlariga operatsiyalarni nazorat qilish hamda xatoliklarning oldini olish va ularni o‘z o‘rnida bartaraf etishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Shu sababli bugungi kunning dolzarb masala va sohalaridan biri bu albatta banklarda buxgalteriya hisobi sanaladi. Hozirgi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan global integratsiyalashuv hamda taraqqiyot asrida bank moliyaviy ko’nikmalar mukammal bilish, uni tahlil qila bilish va uning asosida xulosa chiqara olish muhim bo‘lib bormoqda va bunday talablardan kelib chiqib talabalarni hamda xodimlarni yangi davr talablari asosida tayyorlash yetakchi vazifaga chiqmoqda. Yuqoridagi fikrlar orqali mazkur hisobotning dolzarbligi mujassam bo‘ladi.
Ushbu amaliyot dasturi talabalarning o‘quv yili mobaynida o‘zlashtirgan bilimlarini yanada mustahkamlash va oshirishga yo‘naltirilgan. Talabalarning darsda olgan nazariy bilimlari amaliyotda bosqichma-bosqich tarzda qayta sinovdan o‘tkazish maqsadida amaliyot dasturi joriy etilgan. Ushbu amaliyot talabalarning bilimlarini mustahkamlab qolmay ularning mijozlar bilan, boshliqlar bilan qanday muomalada bo‘lishni rivojlantirdi.
Mazkur o‘quv-amaliyoti hisobotining maqsadi - bugungi kunda milliy va xalqaro bank tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar va taraqqiyot sur’atlarini hisobga olib, banklar, bank tizimi hamda bank buxgalteriyasiga oid barcha normativ-huquqiy qonunchilik hujjatlarini chuqur o‘rgangan holda talabalarda mamlakatimiz bank tizimining a’zolari, tijorat banklari va bank buxgalteriyasi faoliyati haqida olingan to‘liq tushuncha, ko‘nikma va malakalarni taqdim etish hisoblanadi.
Mazkur ishlab chiqarish amaliyoti hisobotining vazifalari uning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagilardan iborat:
- tijorat banklarining faoliyati va moliyaviy ko’nikmalar tashkil etishni belgilab beruvchi qonun hujjatlari bilan tanishtirish;
- tijorat banklari xodimlarining vazifa va majburiyatlari haqida xabar berish;
- tijorat banki faoliyati haqida ma’lumot berish;
- tijorat banklari tomonidan olib borilayotgan operatsiyalar hisobini tashkil etish bo‘yicha ma’lumot berish;
- tijorat banklarining moliyaviy holati va natijalari haqida xulosalar taqdim etish va boshqalar.
Mazkur ishlab chiqarish amaliyoti hisobotining predmeti - mamlakatimiz bank tizimining a’zolari ya’ni tijorat banklari, ularning bo‘limlari, filiallarining ish faoliyati va moliyaviy ko’nikmalar yuritish amaliyoti hamda hisobotlari va ularda amalga oshirilgan operatsiyalar hamda ularning natijalari hisoblanadi.
Mazkur hisobot 7 ta reja-qismdan iborat bo‘lib, birinchi reja “Xalqbank” ATBning passiv operatsiyalari va asosiy ko’rsatkichlariga bag‘ishlangan. Ikkinchi reja esa “Xalqbank” ATBning aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili mavzusiga bag‘ishlangan. Uchinchi reja esa “Xalqbank” ATBning kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi haqida hisoblanadi. To‘rtinchi reja esa “Xalqbank” ATBning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili haqida. Beshinchi rejada “Xalqbank” ATB tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi yoritiladi. Oltinchi rejada “Xalqbank” ATBning pul muomalasini tashkil etishi, ular bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtiriladi. Yettinchi rejada esa “Xalqbank” ATBning yangi xizmat turlari va uning qo’llanish amlaliyoti haqida so’z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |