Reja: kirish “Xalqbank” atbning passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari


“Xalqbank” ATBning passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari



Download 0,59 Mb.
bet2/10
Sana12.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#659706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot (4)

1. “Xalqbank” ATBning passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari.
Chet el kapitali ishtirokidagi "Xalqbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 30 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. Hozirda Bank 82dan ortiq xizmat koʻrsatish shahobchalariga ega boʻlib, 24 ta filial, 57 ta mini-bank faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, bank 5 ta sho’ba kompaniyasini tashkil etdi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan “Xalqbank” ATB mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.
Bankning asosiy yo‘nalishlari:
– bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishi;
– bank xodimlarining yuqori kasbiy tayyorgarligi;
– har bir menejer tomonidan mijozlarga yo‘naltirilganlik;
– bank xizmatlari bozorida bank ulushini oshirish;
– korporativ mijozlarni xizmatga jalb qilish orqali qisqa muddatli va uzoq muddatli resurslarga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash;
– jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish (talab va ma’lum bir davr uchun);
– chakana biznesni rivojlantirish;
– xalqaro xizmatlarni taqdim etadigan yuqori texnologiyali tijorat bankini barpo etish.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi. Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Bank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘z maqsadiga erishish uchun bank operatsiyalarining eng yuqori rentabelligiga erishadi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishadi, xizmatlar to‘plamini kengaytirib va barcha iste’molchilar (korporativ mijozlar, xususiy shaxslar, kichik va o‘rta biznes korxonalari) uchun yangi texnologiyalarni rivojlantiradi.
“Xalqbank” ATB Sirdaryo viloyati Yangiyer filiali faoliyatining asosiy tamoyillari:
– mijozlar biznesini chuqur anglash;
– mijozlarning shaxsiy menejmenti;
individual yondashuv;
– eski va yangi mijozlarga birdek e’tibor;
– tezkor qaror qabul qilish;
– professionallar jamoasi bo‘lishga intilish, bank maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun o‘z mahoratini doimiy tarzda rivojlantirib va takomillashtirib borish.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya banki (FMO) va respons Ability investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.
Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.
Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Bankda moliyaviy ko’nikmalar va hisobotini tashkil qilish bank boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bank buxgalteriya apparatini bankning bosh buxgalteri boshqaradi, bosh buxgalter bo‘lmagan paytda bosh buxgalterning o‘rinbosari rahbarlik qilishi mumkin.
Bankning chakana biznes bo‘limi xodimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • bo’lim boshlig’i;

  • yetakchi mutaxassis;

  • mas’ul ijrochilar;

Bankda xodimlarining ish joylari mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muxrlari, shtamplari, hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo‘lmaydigan tarzda joylashtirilgan.
Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muxr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu haqida maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi.
“Xalqbank” ATB Sirdaryo viloyati Yangiyer filiali quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil belgilaydi:
1) bank yangi ish kunini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob markazi (HKM) da ochilgan tashqi (“21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag‘i”) vakillik hisobvarag‘ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o‘zlarining ichki (“10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”) vakillik hisobvarag‘ining aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlaydi. Ichki va tashqi vakillik hisobvarag‘i aylanma va qoldiq summalarining mosligini tasdiqlash uchun HKM ga elektron fayl yuboradi;
2) HKM bank yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularning mosligini tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi;
3) HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so‘ng, bankga banklararo to‘lovlarni amalga oshirish uchun ruhsat beriladi;
4) filiallari mavjud bank filiallariga “To‘lov markazi”da ochilgan tashqi (“22204-Bosh bank-filiallarga to'lanadigan mablag’lar”) va filiallarda ochilgan (“16103-Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar”) ichki vakillik hisobvaraqlar qoldiq summasini mosligini tasdiqlash Bosh bank tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik hisobvarag‘i (16103) va “To‘lov markazi”da ochilgan tashqi (22204) vakillik hisobvarag‘i o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha filiallararo va banklararo to‘lovlarni amalga oshirish va yangi kunga o‘tib ishlashga ruhsat etilmaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo‘lsa filiallararo va ichki to‘lovlar bank ish kuni davomida soat 18-00 ga qadar amalga oshiriladi. Filiallararo to‘lovlar bir bank mijozlari o‘rtasida amalga oshirilishini inobatga olib, bank o‘z mijozlaridan to‘lov hujjatlarini qabul qilish vaqtini o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi. Ichki to‘lovlar qatoriga kassa amallari, to‘lanishi va olinishi lozim bo‘lgan foizlar hisobini hisoblash hamda xodimlarga ish haqi hisoblash va shunga o‘xshash amallar kiradi;
6) banklararo to‘lovlar bo‘yicha bank mijozlaridan bank amaliyot kuni davomida qabul qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini bank ish kunining soat 16-00 ga qadar amalga oshirib soat 17-00 ga qadar HKMga yetkazib berishlari kerak, aks holda banklararo to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat bo‘yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo‘lmagan tashqi omillar mustasno;
7) HKM bankga banklararo to‘lovlar tugaganligi to‘g‘risida ma’lumotni soat 17-20 da jo‘natadi, shundan so‘ng banklar o‘rtasida banklararo to‘lovlar to‘xtatiladi.
Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo‘lsa, bank shu kunning o‘zida bank ish kuni yakunlangandan so‘ng, ya’ni soat 18-00 dan so‘ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan bo‘lsa keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo‘natadilar.
Bankda ish kuni bank operatiyalari buxgalteriya hisobotida to‘liq aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan so‘ng yakunlanadi.
“Bosh kitob – hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati bo‘lib, yordamchi kitob – bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar hisoblanadi.”
Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi:
- balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari - kunlik balans;
- balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari - aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;
- oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.
Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so‘ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig‘majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi.
Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Tijorat banklari passiv operatsiyalari hajmi, barqarorlik darajasi va shakllanish manbalari ularning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda bozor munosabatalarining chuqurlashuvi va iqtisodiy islohotlarning keng qamrovliligi, shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tijorat banklari passiv operatsiyalari, yoinki ularning depozit siyosatining ahamiyatini oshirmoqda. Tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini ta’minlash bevosita ularning moliyaviy jihatdan barqaror resurs bazasini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Tijorat banklarining passiv operatsiyalarini asosan to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
1.Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish orqali resurslarni yig‘ish;
2.Bank foydasi hisobidan har hil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;
3.Kreditlar, qarzlar va boshqa kreditor – yuridik shaxslardan mablag‘lar jalb qilish;
4.Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.

Xalqbank” ATB passivlarining tarkibiy strukturasi tahlili.






Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish