Bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda korxona va tashkilotlarning daromad olishga bo’lgan imkoniyatlari bir tomondan kamayib ketsa, ikkinchi tomondan ortishi mumkin. Bunda esa asosiy omil sifatida tanlangan tashkiliy tuzilma maydonga chiqadi. Shuning uchun ham, ikki imkoniyatdan birini tanlash va unga erishish rahbar-menejerdan mahorat va uddaburonlikni talab qiladi.
Boshqaruvning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir zvenosining ishlab chiqarish-texnik, xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo'yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Menejerlar strategik muhim funktsiyalarni tarqoqlashtiradigan tashkiliy qurilmalarni paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasliklari lozim. Strategik muhim funktsiyalarni ixtisoslashgan bo’limlarga taqsimlanishi ќam xodimlar faoliyatini yakuniy natijaga yo’naltirmaydi, balki ish hajmini oshiradi. Muhim boshqaruv bo’g’inlarida ishchilar sonini ko’payishi ustama xarajatlarni oshishiga olib keladi, chunki tarqoq operatsiyalarni muvofiqlashtirish rahbarlardan katta mehnat xarajatlarini talab qiladi. Lekin ma’lum darajada mehnat taqsimoti muayyan sohalarda: (moliya va buxgalteriyada, insoniy resurslarni boshqarishda, texnologik jarayonlarni loyihalashda) raqobat ustunligini yaratadi.
OOO «ABD INC»o‘z iqtisodiy faoliyati jarayonida tashkiliy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratib kelmoqda:
jamiyat Nizomiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;
jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, rejalar tuzish, ularni bajarilganligi haqidagi hisobotlarni tasdiqlash;
ta'sischini jamiyatdan chiqarish yoki yangilarni qabul qilish;