3-laboratoriya ishi.
Mavzu: Astronomiyadan to`garak, konferensiya, kechalar o’tkazish uchun
rejalar tuzish.
Reja:
1. Yuqori sinflar to‟garagi tashkillanilishi
2. Astronomiya to‟garagining chuqqurlashtirilgan dasturi haqida
Astronomiyaga qiziquvchi maktab o‟quvchilari uchun to‟garaklarni alohida
sinflar uchun tashqil qilinadi. Kichik yoshdagi maktab o‟quvchilari uchun
to‟garagda mashg‟ulotlar qiziqarli tarzda bayon etiladigan, elementar astronomik
tushunchalar haqidagi suhbati tarzida o‟tkaziladi. Kuzatishlar sistemali xarakterda
bo‟lib, ular uchun kerakli asbob uskunalar tayyorlanadi.
Yuqori sinflar to‟garagida esa o‟quvchilarning mustaqil ishlari elementar
nazariyani o‟rganish amaliy mashg‟ulotlar bilan birgalikda olib boriladi.Maktabda
fizika - astronomiya va geografiya o‟qitishda ular to‟g‟risidagi o‟zaro bog‟lanishni
yanada rivojlantirish uchun fizika astronomiya yoki geografik – astronomik
to‟garaklar tuzish mumkin.
Har bir to‟garak mashg‟ulotini haftada bir marta 1-2 soat davomida o‟tkazish
tavsiya etiladi.
Davomat va mashg‟ulotlar mazmuni hisobga olib boriladigan jurnal tashqil
qilish, devoriy gazeta chiqarish yaxshi natijalar beradi. To‟garagning asosiy
vazifasi astronomiya bo‟yicha dastlabki ma‟lumotlarni o‟rganishdan iborat bo‟ladi.
O‟quvchilar yulduzlar osmoni, osmon sferasining sutkalik aylanishi, yulduzlar
osmoni ko‟rinishining yillik o‟zgarishi bilan tanishadi.
Sutka davomida yoritgichlar balandligining o‟zgarishini, yil fasllari
davomida Quyoshning tush paytidagi balandligining o‟zgarishini kuzatish bu
hodisalarning mohiyatini tushunib olishga imkon yaratadi. Oyning yulduzlar
tekisligida ko‟chishini, uning fazalarning o‟zgarishini, shuningdek, planetalarning
yulduzlar orasida siljishini ko‟rish uchun kuzatishlar qilinadi.
O‟qituvchi yulduzlar osmonining mazmunini bayon etgan va ularni kuzatish
uchun sodda ko‟rsatmalarga ega bo‟lgan bir qancha kitoblarni qanday keta-ketlikda
o‟rganish rejasini ishlab chiqadi va o‟quvchilarga Ma‟lum qiladi. To‟garak
mashg‟ulotlaridagi
suhbatlarga
o‟qituvchi
astronomiya
tarixining
elementlari,yulduz to‟dalari va planetalar nomlari bilan bog‟liq bo‟lgan afsonalarni
kiritadi.
Birinchi yarim yillikda to‟garak mashg‟ulotlaridagi barcha suhbatlarni
o‟qituvining o‟zi olib boradi, keyinchalik esa o‟quvchilarni jalb etish maqsadga
muvofiq bo‟ladi. Bu o‟quvchilar faoliyatining sezirlarli faollashishiga olib keladi.
Yuqori sinflar to‟garagida mashg‟ulotlarning mazmuni murakkablashadi. Bu
yerda Oy va planetalar harakati qonunlari, tutilishlarning sabablari, Quyosh
sistemasi jismlarining fizik tabiati bilan tanishtirish mumkin. Osmon sferasi
elementlarini o‟rganish yulduzlar osmonining surilma kartasidan tushungan holda
foydalanish va astronomiyaning ayrim amaliy qo‟llanishlarini ko‟rib chiqish
imkonini beradi.
O‟quvchilarga maktab ustaxonasida to‟garak uchun kerakli bo‟lgan asboblar,
modellar, asboblarni konstruktsiya qilish va tayyorlashni topshirish mumkin.
Kuzatishlar asta-sekin yulduzlar osmoni bilan chuqurroq tanishish xarakteriga ega
bo‟ladi: qo‟shaloq yulduzlar, yulduz to‟dalari, tumanliklar kuzatiladi. Quyoshning
aylanishini va Quyosh aktivligining o‟zgarishini ko‟rish uchun sistemali ravishda
Quyosh dog‟larini kuzatish tashqil qilinadi.
Oyni kuzatish davomida o‟quvchilar Oy sirtining sxematik kartalaridan
foydalanishadi, diqqatga sazovor obhktlarni o‟rganib, ularning chizmalarini
chizadilar. Teleskop yordamida olingan planetalar ko‟rinishining chizmalari bilan
birgalikda materialni bayon qilish amalga oshiriladi. Barcha kuzatish natijalari
umumlashtiriladi va o‟quvchilar, davriy ravishda, o‟z kuzatish materiallari
bo‟yicha to‟garak mashg‟ulotlarida ma‟lumot berib boradilar.
Ilmiy – ommabop adabiyot bilan ishlash va davriy matbuot materiallaridan
sistemali ravishda foydalanishga alohida ehtibor beriladi. O‟quvchilarga alohida
mavzular bo‟yicha referatlar tayyorlashni topshirish kerak. O‟qituvchinig
suhbatlari bilan birgalikda mashg‟ulotlarning asosiy mavzulari bo‟yicha
o‟quvchilarning ma‟ruzalari tinglandi.
Astronomiya to‟garagining ishi chuqqurlashtirilgan dastur asosida olib
boriladi. U o‟z ichiga, tadqiqotlarning zamonaviy vosita va metodlarini, kosmik
fazo va osmon jismlarining fizik tabiati hamda Koinotning tuzilishi va
evolyutsiyasi haqidagi ilmiy tasavvurlarni o‟rganishini oladi. Modellarning
konstruktsiya qilish va tayyorlashda asosiy ehtiborni ko‟chma qurilmalar
kameralar
va
osmonni
rasmga
oluvchi
qurilmalar
teleskoplar
uchun
fotoqurilmalarga qaratiladi.
Yuqori sinf o‟quvchilari bilan olib boriladigan kuzatishlarni har bir
o‟quvchining qiziqishini hisobga olgan xolda aniq tematik bo‟yicha tashqil etish
kerak. To‟garak ahzolarining bir qismiga Quyoshni, boshqalariga o‟zgaruvchan
yulduzlarni, uchinchi qismiga esa meteorlarni, to‟rtinchi bir bo‟lagiga planetalarni
muntazam kuzatib borishlari topshiriladi. Bunda ularning diqqatini kuzatish
natijalarini qayta ishlash usulariga tartibga solish va mazmunini ochishga qaratish
juda muhim.
Agar kuzatishlarning natijalari grafik tarzda katta formatdagi qog‟ozda
tasvirlansa, ular to‟garak mashg‟ulotlarida hamda astronomiya darslarida yaxshi
ko‟rgazmali qo‟llanma sifatida xizmat qilish mumkin. Yuqori sinf o‟quvchilari
uchun mo‟ljallangan to‟garak mashg‟ulotlarini o‟tkazish metodikasi shunday
qurilishi kerakki, oqibatda o‟quvchilar o‟zlarini qiziqtirgan ma‟lumotlarni mustaqil
izlash ko‟nikmalariga ega bo‟lishlari kerak. Bunga erishilgandan so‟ng ular yuqori
ko‟rsatgichlar bilan ishlay boshlaydilar.
O‟quvchilarning o‟zlari o‟qigan adabiyotlari asosida tayyorlagan ma‟ruzalari
biror bir muammoga bag‟ishlangan maqola materiallari bo‟yicha o‟tkazilgan
diskussiyalar juda foydalidir. Yuqori sinf o‟quvchilari to‟garakning ijtimoiy
foydali roli ularning quyi bo‟g‟ini astronomik to‟garaklari mashg‟ulotlariga
raxbarlik qilish paytida namoyon bo‟ladi. Bunday paytda o‟qituvchi ehtiborini
yuqori sinf o‟quvchilari bilan ish olib borishga qaratish imkoniyatiga ega bo‟ladi.
Yuqori sinf o‟quvchilari, uning ko‟rsatmalari asosida kichik va o‟rta yoshdagi
o‟quvchilari to‟garaklarida mashg‟ulotlar olib boradilar. So‟zsiz, to‟garak ishlarini
olib borishning boshqa shakllari ham mavjud jumladan faqat ikki bosqichni o‟rta
yoshdagi o‟quvchilar uchun va yuqori sinf o‟quvchilari uchun to‟garaklar tuzish
mumkin. Bunday holda kichik yoshdagi o‟quvchilar to‟garak ishining butun
mazmuni o‟rta yoshdagi o‟quvchilar to‟garakning mazmunidan joy oladi.
Astronomik to‟garaklardagi mashg‟ulotlardan tashqari ilmiy tekshirish
institutlari astronomik va geofizik observatoriyalar xalq observatoriyalari
planetariylarga ekskursiyalar uyushtirish juda foydalidir. Bunday ekskursiyalarni
shu tashqilotlarning mutaxassislari tomonidan o‟qituvchi bilan ekskursiyaning
o‟quv tarbiyaviy vazifalari haqida oldindan suhbatlashib olingandan so‟ng
o‟tkazilgan mahqul. Ekskursiyalar uzoq davom etmay o‟quvchilarni tushunadigan
ortiqcha detallardan holi informatsiya bilan tanishtiradigan darajada bo‟lishi lozim.
Astronomiya to‟garagining tematikasi masalasi eng muhim hisoblanadi.
Ko‟pincha o‟qituvchilar to‟garak uchun osmon koordinatalari, kalenderlar,
teleskoplar, optik asboblar va boshqalarni tanlashadi. Astronomiya o‟qituvchisi
rahbarlik qiladigan to‟garak ishi o‟quvchilarning to‟garakdagi ishini astronomiyani
o‟qitish bilan to‟laroq bog‟lash imkoniyati bo‟lishi uchun ko‟proq astronomiya va
astrofizik asboblar tematikasi bo‟yicha olib boriladi. Astronomiya to‟garagini
tashqil etish bilan o‟qituvchi o‟quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish
va rejalashtirilayotgan to‟garak faoliyatini ular bilan birga qo‟shib olib borishi
kerak. To‟garaklar tematikasining zamonaviyligi katta ahamiyatga ega. Ma‟lumki
o‟quvchilarni teleskoplar, radioteleskoplar, Ulug‟bek rasadxonasi, O‟zbekistonda
astronomiya va boshqa masalalar qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‟lgan
to‟garak ishlari quyosh haqida umumiy ma‟lumotlar, quyosh energiyasining
manbai, planetalar va ularning yo‟ldoshlari kabi mavzular ayniqsa o‟quvchilarni
qiziqtiradi.
To‟garak tematikasining mazmunida “Quyosh sistemasining tuzilishi”,
“Quyosh – eng yaqin yulduz”, “Yulduzlar” mavzularining masalalarini ko‟rib
chiqaylik. Quyida ko‟rib chiqiladigan alohida to‟garaklar bo‟yicha rejalashtirish
varianti darslikda keltirilgan ketma – ketlikdan bir oz chetga chiqsada, biroq
materialni bayon etishning umumiy yo‟nalishini taklif qiladi. U Quyosh
sistemasining tuzilishi g‟aqidagi tushunchalarning rivojlanishini olimlarning
alohida kashfiyotlari natijasi sifatida emas, balki olamni bishning qiyin va
murakkab yo‟li fanning umumiy rivojlanish jarayonining bir qismi ekanini
ko‟rsatish imkonini beradi. Umum ta‟lim maktablari to‟garak tematikasining
mazmunini ishlab chiqish.
1- to‟garak dars. Planetalarning konfiguratsiyasi va sinodik aylanish davrlari.
Planetalar va sunhiy osmon jismlarining harakat qonunulari. To‟garak darsning
maqsadi: plnetalarning ko‟rinma joylashishining davriyligi va ularning orbital
harakatining asosiy qonunlari (Kepler qonunlari)ni tushuntirish; bu qonunlarning
sunhiy osmon jismlari harakatiga tadbiqini ko‟rsatish. Ko‟rsatmali qo‟llanmalar:
“Quyosh sistemasi” va “Kosmik uchishlar (sunhiy yo‟ldoshlar) diapozitivlari yoki
filg‟mlardan kadrlar; ichki va tashqi plenatalarning konfiguratsiyalari va fazalari:
“Maktab astronomik kalendari”, plenatalar sistemasining modeli.
Materialni bayon qilish rejasi:
1.Ichki va tashqi planetalarning asosiy konfiguratsiyalari, ularning
konfiguratsiyalari farqlari va ko‟rinish shartlari.
2.Konfiguratsiyalarning aylanish davrlari. Planetalarning yulduz va sinodik
aylanish davrlari.
3.Kepler qonunlari, ularning kashf qilinishi va ahamiyati.
4.Planetalarning Quyoshga nisbatan egallagan Ma‟lum vaziyatlariga
ularning konfiguratsiyalari deyiladi.
Planetalarning konfiguratsiyasi bilan tanishishni planetalar, Yer va
Quyoshning o‟zaro turlicha joylashishlarini o‟zida aks qilgan katta hajmdagi
ko‟rsatmali qurollarni namoyish qilishdan boshlanadi. O‟quvchilarning diqqatini
konfiguratsiyalarning xarakterli belgilariga jalb qilgan holda, ularning nomlari,
Quyosh va planetalarning osmondagi vaziyatlarigagina bog‟liq bo‟lib, fazoviy
o‟rinlariga bog‟liq bo‟lmasligi tushuntiriladi. Planetalarning ko‟rinish shartlarini
yulduzlar osmonining surilma xaritasidan foydalanib namoyish qilinadi.
2.Planetaning ketma-ket kelgan ikkita bir nomli konfiguratsiyalari orasida
o‟tgan vaqt sayyoraning sinodik aylanish davri (S), uning o‟z orbitasi bo‟ylab
Quyosh atrofida to‟la bir marta aylanib chiqish uchun ketgan vaqt siderik aylanish
davri (T) deyiladi. Planetalar konfiguratsiyalari qaytarilish davrining uning
aylanish davri bilan mos tushmasligini, ichki planetalardan birini tasvirlovchi
kichik shar yordamida namoyish qilinadi.
3.Keplergacha osmon jismlarining harakati “aniq egri chiziq”- aylana
bo‟ylab ro‟y beradi, hisoblanar edi. U birinchi bo‟lib, Marsning o‟rnini kuzatish
materiallaridan foydalanib, hamda planetani Quyosh atrofida aylanadi deb
hisoblab, Kepler uning orbitasini tuzishga erishdi. Keplerning birinchi va ikkinchi
qonunlari 1608-1609 yillarda ehlon qilindi. Planetalar harakatining uchinchi
qonunini esa Kepler 10 yildan keyingina ehlon qildi.
Keplerning birinchi qonuni. Planetalar Quyosh atrofida elliptik orbitalar
bo‟ylab harakat qiladi. Bu ellipslarning hammasi uchun umumiy bo‟lgan fokusda
Quyosh joylashgan.
Keplerning ikkinchi qonuni. Planetalarning radius – vektorlari teng vaqt
oraliqlarida teng yuzlar chizadi. Keplerning uchinchi qonuni. Planetalarning
siderik aylanish davrlari kvadratlarining nisbati ular orbitalarining katta yarim
o‟qlari kublarining nisbati kabidir.Keplerning umulashgan uchinchi qonuni kosmik
jismlarning massalarini aniqlash imkonini beradi. Kepler, planetalarning
harakatlanish
sabablarini
tushuntirmsdan,
faqat
ularning
qanday
harakatlanishinigina tushuntirgan edi. Planetalarning harakat qonuniyatlarini XYII
asrning ikkinchi yarmida N‟yuton kashf etdi.
2-to‟garak dars. Butun olam tortishish qonuni va undan kelib chiqadigan
natijalar To‟garak darsning maqsadi: butun olam tortishish qonunining bir qator
astronomik muammolarni hal qilishdagi ahamiyatini tushuntirish. Ko‟rsatmali
qo‟llanmalar: diapozitivlar yoki diafilg‟mlardan lavhalar, planetalar harakatidagi
ko‟tarilishlar, chetlanishlar sxemasi, Neptunning kashf qilinish davrida Uran va
neptun planetalarining o‟z orbitalaridagi holatlari.
Materialni bayon qilish rejasi:
1.N‟yuton tomonidan butun olam tortishish qonunining kashf qilinishi va uni
tekshirish.
2.CHekinishli va chekinishsiz harakatlar. Neptun va Plutonning kashf
etilishi.
3.Ko‟tarilish va pasayishlar, ularni tushuntirish va uning Yer – Oy sistemasi
evolyutsiyasidagi roli.
1.Ingliz olimi I. N‟yuton Yerdagi og‟irlik kuchi olamdagi barcha jismlar
orasida o‟zaro ta‟sir etuvchi tortishish kuchining bir ko‟rinishi degan xulosaga
keldi. Yer yuzidagi og‟irlik kuchining tezlanishi 9,8 mzs2 ga teng. Agar og‟irlik
kuchi masofa kvadratiga teskari proportsional ravishda o‟zgarsa, Yerdan taxminan
60 Yer radiusiga teng masofada joylashgan Oy, 602= 3600 marta kam, markazga
intilma tezlanishni his etishi kerak, yahni
𝑔
1 = 9.8 м/
𝑐
2
⁄ 3600 = 0.0027 м /
𝑐
2
Ikkkinchi tomondan aylana bo‟ylab harakatlanayotgan jism,
𝑎
=
𝜔
2
𝑟
ga
teng bo‟lgan markazga intilma tezlanishga ega bo‟ladi, bunda
𝜔
- jismning
burchak tezligi, r aylananing radiusi.
Soddalik uchun Oy orbitasining radiusi
𝑟
= 60R0 bo‟lgan aylanadan iborat
deb hisoblasak (bu yerda
𝑅
≈ 6400 km - Yer radiusi), u holda r= 60 ∙ 6400 ∙ 103м =
3.84 ∙ 106м Oyning aylanish davri T=27,32sutqayoki
𝑇
= 27,32 ∙ 864000,
𝑐
= 2,36
∙ 106
𝑐
. Bundan Oy orbital harakatning markazga intilma tezlanishi quyidagicha
topiladi:
𝑎
= ( 2
𝜋
𝑇
)2r=0.0027 mzs6
Bu ikkala kattalikning bir-biriga mos kelishi, Oyning o‟z orbitasida ushlab
turuvchi kuch, aslida, Yer yuzasidagi tortishish kuchidan 3600 marta kichik
ekanligini ko‟rsatadi. 2.Chekinishsiz harakat. Kepler qonunlariga aniq
bo‟ysunadigan harakat chetlanishlarsiz harakat deyiladi. Bunday ideallashtirish,
ikki jismnigina o‟zaro ta‟sirini hisobga olishi nazarda tutadi: masalan, planeta
harakati, faqat Quyoshning tortish kuchi ta‟sirida boshqariladi deb qaraladi. Ikki
jism masalasi N‟yuton totmonidan to‟liq hal qilingan. Chekinishli harakat. Quyosh
sistemasi jimslari faqat Quyoshgagina tortilmasdan, balkibir-biri bilan ham
tortishishlarining oqibatida vujudga kelgan chekinishli harakat tufayli ro‟y beradi.
Chekinishlardan holi orbitalardan chetga chiqishlar hisobiga hosil bo‟lgan natijaviy
harakat chetlanishli harakat deyiladi. Ingliz astronomi V. Gershel 1781 yilda faqat
teleskopdagina kuzatiladigan yangi katta sayyora-Uranni kashf etdt. Uran
orbitasining tashqarisida, undan uzoqda noMa‟lum sayyora bo‟lib, u o‟zining
tortishish maydoni bilan Uran harakatini chekintiradi degan fikr vujudga keldi.
Astronomiya fani oldiga Uranning harakatidagi chekinishlardan uni chekintiruvchi
noMa‟lum sayyoraning vaziyatini aniqlash masalasi qo‟yildi. Bu murakkab masla
deyarli bir vaqtda frantsuz olimi Leverg‟e va ingliz olimi Adams tomonidan
mustaqil ravishda yechildi. 1846 yil 23 sentyabrda nemis astronomi Galle
noma‟lum sayyorani Lavere nazariy hisoblashlar yordamida ko‟rsatgan nuqtadan
chetroqda kuzatdi. Yangi sayyoraga Neptun deb nom berildi. 1930 yilda AQSHlik
astronom Tombo ko‟p yillik kuzatishlari asosida Quyosh sistemasidagi
to‟qqizinchi planeta Plutonni kashf etdi. Ko‟tarilish to‟lqinlarining energiyasi Yer
sharidagi barcha daryolardagi suvlarning quyilish energiyasidan ortiqdir. Bundan
ko‟rinadiki ko‟tarilishlar energiyasidan foydalanish, dunyo energetikasining
o‟sishiga katta hissa qo‟shadi. Quyosh Yerdan juda uzoqda bo‟lganligi uchun
okeanlarda Oyga nisbatan 2,2 arta kuchsiz ko‟tarilishlar hosil qiladi. Planetalarning
hech qaysi biri, yulduzlar ham amalda Yer sirtida ko‟tarilishni yuzaga keltira
olmaydi. Ko‟tarilish va pasayishlarning davriyligini tushuntirib, Oyning Yer
atrofida aylanishi oqibatida Oyning yuqori va quyi kulg‟minatsiyalari to‟liq yarim
sutkada emas, balki o‟rtacha har 12 soat 26 minutda takrorlanib turishini eslatib
o‟tish kerak. Ko‟tarilishlar va pasayishlarham huddi shunday davr bilan takrorlanib
turadi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari uchun to‟garak tematikasining
mazmunini ishlab chiqish.
1-to‟garak dars. Kosmonavtika elementlari. To‟garak darsining maqsadi:
Yerning sunhiy yo‟ldoshlari orbitalari va kosmik apparat (KA) larning Oyga va
planetalarga uchish traektoriyalarining asosiy farq qiladigan tomonlarini ko‟rsatish.
Nazorat savollari:
1.Astronomiya to„garaklarining ishini tashqil qilish va rejalashtirish
„rinsFlari.
2.Yuqori sinflar to‟garagi.
3.Ilmiy – ommabop adabiyot bilan ishlash.
4.Osmon yoritgichlarining ko‟rinma vaziyatlarini va harakatlarini o‟rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |