Ko`rsatkichlar
|
Buyuk Britaniya
|
AQSH
|
Fransiya
|
Yaponiya
|
Ta`limga davlat xarajatlari, YaIMga nisbatan
|
5,5
|
5,3
|
5,7
|
3,5
|
Ta`limga xarajatlar, davlat xarajatlariga nisbatan
|
12,5
|
13,7
|
10,6
|
9,5
|
Xarajat moddalari bo`yicha muassasa xarajatlari:
|
|
|
|
|
Xodimlarga ish haqi
|
73,1
|
71,8
|
74,6
|
79,7
|
Smeta xarajatlari bo`yicha:
|
|
|
|
|
Joriy xarajatlar
|
91,5
|
88,8
|
90,2
|
90,3
|
Kapital xarajatlar
|
8,5
|
11,2
|
9,8
|
9,7
|
1-jadval. Turli davlatlarda umumiy ta‟limga davlat ajratmalari.
Mamlakatlar uchun kadrlar tayyorlash sohasi bir nechta sabablarga ko`ra muhimdir. Birinchidan, bu mamlakat rivojlanishining yuqori darajalariga erishish yo`lidagi muhim qadam hisoblansa, ikkinchidan, ta`limning sifati va samaradorligi inson kapitalining yuqori salohiyatini belgilab beradi. Har bir mamlakatda kadrlar tayyorlashni moliyalashtirishning turlicha modellaridan foydalaniladi. Ayrim davlatlarda ta`limni moliyalashtirishga asosan xususiy mablag`lar yo`naltirilsa, ayrimlarida bu sektor asosan davlat mablag`lari hisobidan ta`minlanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ta`lim sohasiga yo`naltiriladigan davlat va xususiy sektor mablag`lari o`rtasidagi nisbat birmuncha o`zgardi va xususiy manbalarning ustunligi kuzatilmoqda.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oliy ta`limni moliyalashtirishning hajmi va usullari bir qator omillarga ko`ra belgilanadi:
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi;
oliy talim oldiga davlat va jamiyat qo`yadigan vazifalarning ko`lami;
mamlakatda qaror topgan milliy qadriyatlar va an`analar;
oliy talim muassasalarini tashkil etish va boshqarishning o`ziga xosligi. Mana shu holatlar ta`lim muassasalarini moliyalashtirishning milliy modelining shakllantirishga xizmat qiladi.
Yaponiya, masalan AQSh, Kanada va Shvetsiyadagi kabi, barcha uchun barobar bo`lmagan, aksincha, oliy maqomdagi oliy ta`lim modeliga ega, davlatning ta`limga xarajatlarining YaIMdagi ulushi sezilarli darajada past. AQSh, Kanada va Shvetsiyada oliy ta`lim hamma uchun ochiq, lekin bu – mamlakat rahbar doiralarining olib borayotgan siyosati, milliy an`analarning natijasi hisoblanadi. Agar Yevropa mamlakatlari, xususan Frantsiya, Germaniya oliy ta`lim tizimini davlat byudjeti hisobidan ustuvor darajada moliyalashtirib va davlat tomonidan nazorat qilib, bozor iqtisodiyotining salbiy ta`siridan himoya qilsa, AQShda oliy ta`lim an`anaviy tarzda federal hukumatdan mustaqil, bozor tuzilmalari bilan muntazam aloqada faoliyat qiladi, hatto davlat ta`lim muassasalari ham pullik asosda faoliyat qiladi.
Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag`larining hajmi, maqsadli yo`nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo`yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |