Reja. Kirish



Download 58,66 Kb.
bet1/9
Sana23.04.2022
Hajmi58,66 Kb.
#577448
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
gulzoda


Mavzu: O'zbekiston respublikasida O`rta maxsus ta`lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish yo'llari


Reja.
Kirish.


1. O`rta maxsus ta`lim tizimi faoliyatining tashkiliy, huquqiy va moliyaviy asoslari
2. O`rta maxsus ta`lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning amaldagi holati
3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o`rta maxsus ta`lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishni takomillashtirish yo'llari


Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.


Kirish.


O`zbekiston Respublikasida jamiyatning ma`naviy yangilanishi uchun, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga uyg`unlashish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-Assambleyasida so`zlagan nutqida: “Bugungi kunda O`zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik an`analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat`iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo`lidan bormoqdamiz. Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko`zlangan maqsad – “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat” ekanligini alohida ta`kidladilar. Haqiqatan ham, O`zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari har taraflama qo`llab-quvvatlanib kelinmoqda. Ushbu holat jahon hamjamiyati tomonidan ham alohida e`tirof etilmoqda.
Lekin so`nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o`zgarishlar, iqtisodiyot taraqqiyotining zamonaviy talablari, innovatsion iqtisodiyotni shakllan-tirish va rivojlantirish zaruriyati, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining hayotimizga jadal kirib kelishi va boshqa shu kabi omillar ta`lim tizimining sifati va samaradorligi darajasiga alohida talablar qo`ymoqda, ta`limning barcha bosqichlari shakli va mazmunini tubdan qayta ko`rib chiqish, tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnikaviy, ilmiy-uslubiy va iqtisodiy-moliyaviy masalalarini tanqidiy o`rganib chiqish va konstruktiv o`zgarishlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o`zining “Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak” deb nomlangan ma`ruzalarida “ta`lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta`limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini” alohida ta`kidladilar. Ushbu ma`ruzada: “ta`lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo`lgan talabini to`g`ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilish” o`rta maxsus ta`lim tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ekanligi ta`kidlandi. 2016-yilning yakunlariga bag`ishlangan bu ma`ruzada belgilab berilgan asosiy yo`nalishlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan qabul qilingan “2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi” da o`z ifodasini topdi. Xususan, Harakatlar strategiyasining 4.4-bo`limida ta`lim va fan sohasini rivojlantirish borasida “uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” vazifalari belgilab berildi.
Zamonaviy sharoitda o`rta maxsus kasb-hunar ta`limining sifati va samarasini oshirish bilan bir qatorda, tizimni moliyaviy ta`minlash muammolari ham islohotlarning markazida turgan masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda ta`lim muassasalarini o`quvchi soniga qarab moliyalashtirish mexanizmlarining joriy qilinayotganligi ta`lim tizimining iqtisodiy jihatlari va moliyaviy muammolariga boshqacha yondoshuvlarni talab etadi.
Mana shu holatlarni hisobga olgan holda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimining moliyaviy masalalarini o`rganishning zarurligi mazkur bitiruv-malakaviy ish mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.



  1. Download 58,66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish