Nodavlat moliyalash
manbalari
Davlatdan moliyalash manbalari
jamoatchilik yordamlari
ota-onalarning (o’qitish uchun) to’lovlari, qo’shimcha pullik ta’lim
xorijiy kreditlar va grantlar
ta’lim muassasalarining o’z tadbirkorlik faoliyatidan daromadlari va tushumlari
to’lov-kontrakt asosida o’qitishdan tushgan mablag’lar
Davlat maqsadli
jamg’armalari
Davlat (respublika byudjeti
va mahalliy byudjetlar) byudjeti
Ta’lim tizimi moliyaviy resurslarining manbalari
boshqa xususiy manbalar
2-chizma. Ta`lim tizimini moliyalashtirish manbalari
Nodavlat moliyalashtirish manbalari:
- to`lov-kontrakt asosida o`qitishdan tushgan mablag`lar;
- ta`lim muassasalarining o`z tadbirkorlik faoliyatidan daromadlari va tushumlari;
- xorijiy kreditlar va grantlar;
- ota-onalarning (o`qitish uchun) to`lovlari, qo`shimcha pullik ta`lim;
- jamoatchilik yordamlari;
- boshqa xususiy manbalar (masalan, tadbirkorlar va homiylarning, hayriya tashkilotlarining moliyaviy yordamlari).
Ta`lim tizimi ham klassik ijtimoiy soha sifatida bir necha o`n yilliklar davomida to`lig`icha byudjetga qaram soha bo`lib kelgan. Hozirgi kunda ham byudjet xarajatlarining aksariyat qismi ta`lim tizimini ta`minlashga safarbar etilmoqda. Xususan, ta`lim sohasiga ajratilgan byudjet mablag`lari davlat byudjetidan amalga oshirilgan jami xarajatlarning o`rtacha 33-34 foizini tashkil etib kelmoqda.
Ta`lim sohasi xodimlari faoliyatini baholash va rag`batlantirish mezonlari tubdan o`zgartirildi. Masalan, keyingi 10 yilda kasb-hunar kollejlari, litsey va oliy ta`lim muassasalarida ish haqining o`sish sur`atlari iqtisodiyotning real sohasidagi ish haqi miqdoridan tahminan 1,5 barobar ko`p o`sdi. O`zbekiston ta`lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo`naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etib, bu tizimning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.
Iqtisodiy jihatdan barqaror vazirlik, idora, korporatsiyalar, yirik ish beruvchilar o`zlarining aktsionerlari, ichki imkoniyatlari doirasida o`quvchilar uchun qo`shimcha stipendiya va shu kabi qo`llab-quvvatlashlarni amalga oshirishlari mumkin bo`ladi.
Texnologik yangiliklarni ta`lim tizimiga kiritish - ta`lim tizimini hozirgi davrning eng qiziqarli jarayonlaridan biriga aylantiradi. Demakki, ta`lim sohasidagi islohotlarni o`z taraqqiyot strategiyasi, ichki siyosatining eng muhim yo`nalishlaridan biri sifatida belgilab olgan O`zbekiston yaqin kelajakda ta`lim tizimi bilan ham dunyo e`tirofiga sazovor bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |