Reja: Kirish Turkiya iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 54,25 Kb.
bet3/3
Sana27.03.2022
Hajmi54,25 Kb.
#513142
1   2   3
Bog'liq
turk modeli

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi Turkiya modelining iqtisodiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.
1983 yilning noyabr oyida o‘tkazilgan parlament saylovlari natijasida harbiy diktaturaning tugatilishi» davlat tepasiga demokratik kuchlarning kelishi iqtisodiyotning yuksalishiga, ayniqsa, ijobiy turtki bo‘ldi.
Bu mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o‘tishini tezlashtirdi va o‘z yo‘lini topishiga olib keldiki, bu yo‘l iqtisodiyotda Turkiya modeli nomi bilan mashhurdir.
Bu model jahonning ilg‘or mamlakatlari erishgan yutuqlari asosida o‘z mil- latining urf-odatlari, tabiiy, tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarini to‘liq hisobga ol- gan holda, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini to‘liq qo‘llashdir. Bu model rivojlangan mamlakatlar bozor iqtisodiyoti modelini Turkiya uchun foydali qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tomonlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirmay, taqlid qilmay. Turkiya sharoitiga mohirona moslashtirishdir. U bozor iqtisodiyotining ayrim jihatlarini u yoki bu darajada rivojlantirgan va o‘zida aks ettirgan faqat Turkiya uchun xos modeldir.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Ushbu kurs ishining obyekti bo‘lib “Turkiya modeli” va Turkiya iqtisodiyoti hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda Turkiya modelining roli tadqiqot ishining predmetini ifodalaydi.


Kurs ishining nazariy va metodologik manbalari. kurs ishi bir qator xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning Turkiya modeliga bag‘ishlangan asarlari va ilmiy ishlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan.

Ishning tarkibi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.

I. Turkiya iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha.
I.1. Turkiya davlatining iqtisodiy geografik o’rni, aholisi, iqtisodiyot rivojlanishining asosiy sabablari.

Har bir mamlakatning o‘rganish jarayonida, avvalo uning geografik o‘rni ko‘z oldimizga keladi. Shuning uchun ham, Turkiyaning geografik o‘rni, uning yaqin tarixi va o‘tmishi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak…


Turkiya davlatini (Turkiya Cumhuriyeti), “Yevropa bilan Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik” deyishlari bejiz emas, albatta, chunki haqiqatdan ham Turkiyaning geografik o‘rni jahon mamlakatlari ichida nihoyatda qulay mamlakatlardan biri hisoblanadi. Turkiya Qora dengiz va O‘rta dengiz oralig‘ida joylashgandir. Shu bilan birga Turkiya ikki qit’a o‘rtasida, ya’ni Yevropa va Osiyoda joylashgan davlat bo‘lib, uni Marmar dengizi, Bosfor va Dardaneli bo‘g‘ozlari ajratib turadi.
Turkiya janubda Suriya va Iroq, sharqda-Eron, shimoli-sharqda Gruziya, Ozarbayjon, shimoli-g‘arbda Bolgariya va Gresiya bilan chegaradosh.
Uning xududi-780,6 ming kv.km.ni tashkil qiladi, shundan Yevropa qit’asida 23,7 ming kv.km, hamda Osiyo materigida 755,70 ming kv.km. yer maydonini tashkil qiladi. Demak, mamlakat xududi jahon xududining 0,6 %ini tashkil qiladi. Mamlakat xududining eng baland nuqtasi-katta Ararat tog‘idir (5165 metr). Umumiy xududning 30%ini o‘rmonlar, yaylov va qir adirlar-12%ini tashkil qiladi. Mamlakat 83 ta viloyatdan tashkil topgan. Poytaxti-Anqara shahri, aholisi taxminan 5 million 216ming atrofida.(2021)
Yirik rivojlangan va industrial, hamda aholisi ko‘p bo‘lgan shaharlarga Anqara, Istambul-15 mln 415ming., Izmir-3 mln 24ming. Adana-2 mln., Bursa shaharlari kiradi.
Yirik port shaharlari qatoriga Istambul, Izmir, Trabzon shaharlari kiradi. Istambul porti Yevropadagi yirik port shaharlari qatoridan joy olgan.
Davlat va rasmiy tili –turk tili. Dini-islom dini.
Davlat arbobi-Prezident. Parlament tomonidan Prezident lavozimiga 7 yil saylanadi. Milliy bayrami-29 oktabr (Respublika e’lon qilingan kun).
Pul birligi-turk lirasi: 1$=14.7 liraga teng (2022). Jahon valyuta jamg‘armasi tomonidan 1990 yilda turk lirasi erkin almashtiriladigan valyutalar qatoriga kiritilgan.
Bulardan tashqari, Osiyo mamlakatlarida buyuk ximik Mendeleevning ro‘yxatiga kiruvchi barcha “jism”larga boy qit’adir.
Agarda mamlakat bo‘yicha alohida mamlakatda tabiiy resurslarni ko‘rsak:
Mamlakatda ko‘plab tabiiy resurslar mavjuddir. Jumladan, surma (jahon bo‘yicha surma zahirasining 25%i), simob (jahon bo‘yicha simob zahirasining 25%i), xrom (jahon bo‘yicha xrom zahirasining 8%i, taxminan 25 mln.tonna), volfram rudasi (jahon bo‘yicha zahiraning 7%i), uran rudasi (jahon bo‘yicha uran rudasi zahirasinng 5,5%), mis (jahon bo‘yicha mis zahirasining 4,5%i) aynan Turkiyaga to‘g‘ri keladi.
Turkiyaning aholisi 2022-yil boshi holatiga ko’ra 85,561,976 kishini tashkil qiladi(2015 yil 68 million.1995 yil 62 mln., 1990 yil 56 mln.). Uning aholisini asosan ikki millatga mansub kishilar, jumladan turklar-82% va kurdlar-11% tashkil qiladi. Bundan tashqari arablar, gruzinlar va boshqa kavkaz xalqiga mansub millat kishilari tashkil qiladi.
Umumiy aholining 60%iga yaqini shaharlarda istiqomat qiladi.
Aholi zichligi 1 kv.km.ga o‘rtacha 85 kishi to‘g‘ri keladi. Mamlakat aholisi jahon aholisining 1%ini tashkil qiladi. Aholi yiliga 2-3%dan o‘smoqda, ya’ni taxminan o‘rtacha 1,5 mln.kishiga.
Turkiya mamlakati 20-asr so‘ngida rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olishi va 80-yillarning oxirida Yangi industrial mamlakatlar qatoriga kirishiga asosiy sabablar quyidagichadir:
1. Turkiyaning iqtisodiy-geografik qulayligi.
2. Turkiya o‘zining iqtisodida sanoatning rivojlanishiga katta e’tibor berishi.
3. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi (g‘arb mamlakatlarini g‘alla bilan ta’minlashi).
4. Turkiya xukumatining Germaniya mamlakati bilan iqtisodiy hamkorligi.
5. 50-70 yillar mobaynida AQSh tomonidan katta iqtisodiy yordam berilishi.
6. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport qilinishi.

7. 80-yillarda mamlakat iqtisodida «turk modeli» nomi ostida iqtisodiy islohotni olib borilishi.


8. Turk xalqining ishbilarmonligi va mehnatsevarligi (Hozirgi kunda taxminan ikki yarim milliondan ortiq turklar xorijda ishlashadi. Bularning asosiy qismi Germaniyada faoliyat ko‘rsatishadi.) 1
9. Mamlakatning qazilma resurslariga boyligi - Mamlakatda ko‘plab tabiiy resurslarning yirik zahiralari mavjud. Jumladan, surma (jahon bo‘yicha surma zahirasining 25%i), simob (jahon bo‘yicha simob zahirasining 25%i), xrom (jahon bo‘yicha xrom zahirasining 8%i-taxminan 25 mln.tonna), volfram rudasi (jahon bo‘yicha zahiraning 7%i), uran rudasi (jahon bo‘yicha uran rudasi zahirasining 5,5%i), mis (jahon bo‘yicha zahiraning 4,5%i) aynan Turkiyaga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, mamlakat quyidagi tabiiy resurslarga boydir: toshko‘mir, temir rudasi, gaz, neft, oltin, qo‘rg‘oshin, har xil rangli metallar va boshqa qazilma boyliklar qazib chiqarish bo‘yicha jahon mamlakatlarida oldingi qatorlardan joy olgan.
Qazilma boyliklarni qazish va izlash kompaniyalarining 80%i davlat sektoriga qaraydi.
Anqara, Ko‘niya va Sinop viloyatlarida yirik neft zahiralari mavjuddir. Turkiyada gaz qazish chiqarish faqatgina 1985 yildan boshlandi, hamda gaz qazish chiqarish mamlakatning eng yosh tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
10. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishda Turkiya xukumatining xorijiy sarmoyadorlar uchun «ochiq eshiklar siyosatini» olib borishi.
11. Mamlakat xukumati tomonidan tadbirkorlikning rivojlantirishidagi ahamiyati.
12. Mamlakatda 90-yillarda turizmning rivojlanishi - Turkiyaning uch tomoni dengiz bilan o‘ralganligi, musaffo havosi, shifobaxsh chiroyli tabiati dunyoning barcha mamlakatlaridan millionlab sayohatchilarni o‘ziga chorlaydi.

Turkiyaning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini biz asosan to‘rtta davrga bo‘lib o‘rganamiz:


1) Inqilobgacha bo‘lgan davr (ya’ni 1923 yilgacha), bu birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishda ishlab chiqarishda davlat mulkining xukmronligi, ijtimoiy sohada bir partiyali boshqaruv tizimining mavjudligi bilan xarakterlanadi;
2) Inqilobdan 1940 yilgacha bo‘lgan davr, ya’ni eng asosiy islohot bu 1933 yilda qabul qilingan 1-besh yillik rejasidir.;
3) 1940-1970 yillarning oxirlarigacha;
4) 1980 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan iqtisodiy o‘sish davri.2

I.2. “Turkiya modeli”ning ahamiyati, jahon iqtisodida tutgan o’rni, moliyaviy tuzilishi va iqtisodiyoti


1980-yillarning oxirlarida Turkiyaning dunyoni hayratga solgan iqtisodiy islohotlari, ya’ni “turkiya modeli”, yoki boshqacha qilib aytganda “turkiya mo‘jizasi” kabi iboralar jahon xo‘jaligida vujudga keldi. Bu iqtisodiy islohotlar natijasida yaqin yillarda Turkiya “yangi industrial mamlakatlari” qatoriga qo‘shilish imkonini berdi.
Bu model jahonning ilg‘or mamlakatlari erishgan yutuqlari asosida o‘z millatining urf-odatlari, tabiiy, tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarini to‘liq hisobga olgan holda, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini to‘liq qo‘llashdir. Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, Turkiyaning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda ular to‘rtta ustivor yo‘nalishlar orqali belgilanadi:
1. Moliyaviy resurslarni jamlash;
2. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish;
3. Aholini yalpi ish bilan ta’minlash;
4. Boshqaruv va tadbirkorlik tizimlarini rivojlantirish.
Ushbu to‘rtta yo‘nalishni qarab chiqqanimizda eng asosiy muammo moliyaviy resurslarni o‘zlashtirish ham, yangi xodimlarni tayyorlash ham moliviy resurslarni talab qiladi. Taqqoslash uchun, O‘zbekiston 15-20 yil oldingi Turkiyadan keskin farq qiladi.
Bizning milliy iqtisodiy va ilmiy qudratimiz birmuncha yuqori.3 Mamlakatimiz endigina mustaqillikka erishgach, ko‘pgina iqtisodchi olimlarimiz mamlakatimizning iqtisodini rivojlanishida “Turkiya modeli”dan ketyapmiz degan iboralarni ishlatgandilar. Nima uchun degan savol tug‘iladi. Biz bu javobga, yurtboshimizning 1992 yilgi Misrga qilgan rasmiy tashrif paytida Misrdagi “Al-axrom” ro‘znomasi muxbiri bilan o‘tkazgan intervyusidan quyidagi javobni olamiz:
“birinchidan, O‘zbekiston bilan Turkiyani madaniyat, til, tarix, din mushtarakligi va o‘xshashligi bog‘lab turibdi;
ikkinchidan, Turkiyada keyingi 8-10 yil ichida shakllanayotgan iqtisodiy model, xo‘jalik qurilishning maqsad va qoidalari bizni qiziqtirmoqda;
uchinchidan, o‘z dini, an’analarini hurmat qilishi bilan birga, Turkiya ijtimoiy munosabatlar nisbatini buzmagani holda dunyoviy davlat barpo eta oldi.
Mana shularning hammasi bizga “Turk modeli”ga xayrixoxligimiz haqida gapirish imkonini, ammo biz undan aslo ko‘r-ko‘rona nus’ha ko‘chirmoqchi emasmiz, balki o‘zimizning betakror xususiyatimizni, mahalliy an’analarimiz va shart-sharoitimizni e’tiborga olib, O‘zbekiston uchun eng maqbul jihatlarni o‘rganib olmoqchimiz-degan edilar.
Turkiya hozirda agrar-industrial mamlakatdir. Turkiyaning tashqi savdo-sotiqdagi eng asosiy sheriklari: Germaniya, AQSh, Rossiya, Italiya va Buyuk Britaniya mamlakatlari kiradi. Turkiya eksportining asosiy ulushi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, xuddi shunday holat mamlakatning importida ham, ya’ni mamlakatning asosiy importdagi ulushining 55%i G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Umumiy eksportini 40%ini to‘qimachilik mahsulotlari tashkil qiladi.
Mamlakatning eng asosiy dengiz portlari: Izmir, Istambul, Izmit, Iskandarup, Zanguldak, Mersin, Samsol, Trabzon kabilar.
Mamlakatda avtomobil transportining ahamiyati katta. Temir yo‘l transporti boshqa transport turlariga qaraganda ancha orqada qolgan, sababi, yuqorida aytganimizdek, mamlakat xududlarining ko‘plab joylari tog‘-yon bag‘irlari tashkil qilganligi bois, temir yo‘l transporti uncha rivojlanmagan.
Mamlakatning tashqi qarzi 1110 mlrd.AQSh dollarini tashkil qiladi (2001 yil holatiga).
Valyuta zahirasi-37 mlrd.AQSh dollarini tashkil qiladi.
2017 yilda mamlakatning umumiy mahsulot ayirboshlash 77 mlrd.AQSh dollarini tashkil qildi, shundan 49 mlrd. importni tashkil qildi.
Turizmdan tushadigan daromad deyarli 8,5 mlrd.AQSh dollarini tashkil qiladi.

Turkiyaning hozirgi iqtisodiy-siyosiy muammolari.


1) mamlakatning ko‘plab yerlari tog‘lik joylarda joylashganligi sababli, qishloq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlarida qiyinchilik tug‘dirmoqda;
2) qo‘shni Iroq mamlaktidagi notinchlik.
3) Inflyatsiya;

Moliyaviy tuzilishi va iqtisodiyoti. Turkiya iqtisodiyotining tuzilishi 1999 yil oxirida boshlangan valyuta kursi asosidagi barqarorlik dasturining amalga oshirilishi davrida o‘zgardi. Ushbu o‘zgarishlar davlat iste’molini ancha qisqartirishini ko‘zda tutadi.


Demak, xususiy sektordagi iste’mol va sarmoyalarga ketadigan sarf xarajatlarga bo‘ladigan ijobiy ta’sirni oldindan aytish mumkin. Valyuta kursi yangi tartibni joriy etilishi natijasida xaridorgir va xaridorgir bo‘lmagan tovarlarning narxi ham o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida import ko‘rsatkichlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
Turkiya iqtisodiyoti tizimidagi ba’zi o‘zgarishlar boshqalarga nisbatan uzoq davom etishi shubhasiz. Ma’lumki tashqi bo‘hronlar (masalan, asosiy savdo sheriklaridagi valyuta devalvatsiyasi) yuzaga kelgan taqdirda belgilangan kurs iqtisodiyotni mutanosiblikda saqlash jarayonini sekinlashtiradi.
Shu sababli Turkiya hukumati ayni paytda amalda bo‘lgan valyuta kursidan voz kechish strategiyasini amalga oshirish majburiyatini oldi. 2003 yilgacha turk lirasi yana “boshqariladigan suzish” tartibiga o‘tib, “egiluvchanlik” qobiliyati 2001 yil o‘rtasidan osha boshlaydi.
Valyuta kursining “egiluvchanroq” tartibi hozirgi payt bilan taqqoslanganda foiz stavkalarini boshqarish uchun katta imkoniyatlar beradi. Turkiya Respublikasi rahbari Turkiya Markaziy banki 2001 yilning o‘rtasidan boshlab inflyatsiyaning zarur sur’atiga erishish maqsadida mamlakat valyuta va moliya siyosatini boshqarishda qat’iy shartlarni qo‘llay boshlashini bildirdi.
Bunday pul-kredit siyosati Markaziy bank uchun juda muhim bo‘lgan maqsad inflyatsiya sur’atlarini pasaytirishga erishish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bois ayni paytda amalga oshirilayotgan investitsiyalar sarf-xarajatining oshishi kelasi yil to‘xtashi kutilmoqda. Yaqin yillarda iqtisodiyotning o‘sishi bashorat qilinayotgan bo‘lsa-da, buni uzoq foydalaniladigan tovarlar va avtomobillarda yaqqol ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Turk inqirozining asosiy sabablari keyingi yillarda boshqa ko‘pgina mamlakatlarda yuz bergan inqirozlar bilan birga to‘rtta talqinda (modelda) ko‘rib chiqilmoqda. Ularning har biri ushbu inqirozning ildizlarining muayyan sohada, ya’ni siyosat, budjet-qarz, valyuta va tarkibiy sohalarda izlashmoqda. Bunga yana an’anaviy bo‘lib qolgan: “Barchasiga Xalqaro valyuta jamg‘armasi aybdor”, degan fikrlar ham qo‘shilgan. Aksariyat izohlardan talqinlar bir biriga qo‘shilib va bog‘lanib ketgan, bundan tashqari, turli omillar ham hisobga olingan.
Shu o‘rinda 2004 yili O‘rta Osiyo respublikalari tegishli ta’minot va nazoratsiz 100% xorij sarmoyalari hisobiga ishlab chiqarishni tashkil etish yo‘li bilan ko‘p miqdorda xorij kapitalini jalb etishga mo‘ljallangan ushbu rivojlanish modelining (tarafdorlari) bo‘lganliklarini aytish joiz. Biroq mazkur modelning yetarli darajada barqaror emasligi bois ko‘pgina mamlakatlar undan voz kechishdi.4
Ayni paytda ushbu model qator kamchiliklarga ega bo‘lib, ular mamlakatning valyuta-moliya sohasidagi turli shaklga ega inqirozlar ko‘rinishida avj olmoqda. 2000 yil may oyida yetakchi jahon valyutalariga nisbatan turk lirasining tushib ketishi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Dollarga nisbatan turk lirasi kursining keskin sakrashi mamlakatdagi yirik birjalarda shov-shuv va vahimani yuzaga keltiradi.
Xorijiy yirik sarmoyadorlarning ham ishonchi yo‘qola boshladi. Bu esa bevosita va bilvosita xorij sarmoyalarining kelishi borasida mamlakat iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Turkiyada yuzaga kelgan bugungi inqiroz to‘g‘risida gapirayotganlarning barchasi rivojlanish modelining to‘g‘ri kelmaganligi sabablaridan biri sifatida ko‘rsatishmoqda.
Aksariyat ekspertlarning fikricha, turk inqirozining bevosita sababi (ba’zi MDH mamlakatlarida bo‘lganidek, jumladan Rossiyada ham) noto‘g‘ri valyuta siyosatining olib borilganligidir. Asosiy sabab sifatida esa iqtisodiyotni boshqaruvchi davlat institutlarining zaifligi va noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatish mumkin. Biroq ushbu omil “yetib olayotgan” rivojlanishdagi barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lib, u yillar davomida yetishadi, iqtisodiy inqirozlar bo‘lsa yiliga bir necha marta yuz berishi mumkin.
Iqtisodiyotdagi tushkunlikni barqarorlashtirish maqsadida Xalqaro valyuta jamg‘armasi Maxsus huquqlarga muvofiq 271 million miqdorida uchinchi transh kreditini ajratishni ma’qulladi. 2000 yil dekabr holatiga ko‘ra davlatning tashqi qarzi 103.5 milliard AQSh dollariga tenglashdi.
May oyidan iyungacha esa sanoat ishlab chiqarishi 3.6 foizga oshdi. 1999 yil avgustidagi zilzilalar oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan neftni qayta ishlash sektoridagi ishlab chiqarish xajmining nisbatan pastligi haqiqiy iqtisodiy ko‘rsatgichlarni aks ettirmaydi. Agar ushbu sektorni indekslar bilan bog‘lamaydigan bo‘lsak, dastlabki besh oyda sanoat ishlab chiqarishning o‘sishi 8.9 % ga yetganligini ko‘rish mumkin.
Jahon banki iqtisodiy islohatlar uchun ajratiladigan 760 million AQSh dollari miqdoridagi kreditni ma’qulladi.
Turk inqirozi 90-yillardagi qator valyuta tajribalarining oxirgisi bo‘lsa ajab emas. Bu tajribalarning muvaffaqiyatsizligini pul siyosatidagi ikki elementning, ya’ni inflyatsiyani keskin kamaytirish va shu bilan bir vaqtda milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga bog‘lash orqali boshqarish hamda ruhsat etilgan devalvatsiya koridorini berishning bir-biriga qo‘shilib keta olmasligidir.
Turkiyadagi hozirgi moliyaviy inqiroz mamlakatda inflyatsiyaning avj olishiga va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin sekinlashuviga olib keldi. Yevropadagi ko‘pgina nufuzli ekspertlar ham huddi shunday xulosaga kelishgan. 2002 yilda inflyatsiya darajasi taxminan 45 %ni tashkil etishi, YaIM esa ahvol yaxshi bo‘lgan taqdirda 1%ga o‘sishi kutilmoqda. Aksincha bo‘lgan taqdirda esa u 3%ga qisqarishi mumkin.
Anqarada mamlakat rahbarlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki vakillari bilan muzokaralarni davom Turkiya ettirilayotgan bir paytda turk lirasining kursi dollarga nisbatan tezkorlik bilan tushib ketgan..
Mamlakatning yetakchi iqtisodchilari, markaziy bank va Moliya vazirligi yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qator choralarni ko‘rmoqda. Turkiya iqtisodiyoti valyuta kursi asosida barqarorlashtirish dasturiga amal qilayotir.
Valyuta kursi asosida barqarorlashtirish dasturini amalga oshirayotgan barcha mamlakatlar foiz stavkasini kamaytirishmoqda, bu esa iste’molning va shunga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarajatining o‘sishiga olib kelmoqda. Ushbu sxemaga amal qilinadigan taqdirda mahalliy valyuta kursining asta-sekin o‘sishi va joriy to‘lov balansi taqchilligining oshishi mantiqan to‘lov balansining inqirozi bilan yakunlanishi mumkin. Turkiya Respublikasi hukumati xuddi shu narsani amalga oshirmoqchi.5
Ayni paytda Turkiyada Markaziy bank bilan birga 59ta bank faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 10tasi davlat banklari (markaziy bank, 6 ta tijorat banki, 3ta investitsiya banki). 29 tasi xususiy milliy banklar, 20 tasi esa chet el banki bo‘lib, shulardan 9 tasi xorij sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan va Turkiya qonunchiligiga binoan ro‘yhatdan o‘tkazilgan, qolgan 11tasi chet el banklarining Turkiyadagi filiallari hisoblanadi. Faqat investitsiya banklarining soni 9 ta: 3 tasi davlatga qarashli, 3 tasi mahalliy xususiy banklar va 3 tasi xorij sarmoyasi ishtirokidagi banklar.6
Turkiya bank tizimining ahamiyatga molik xususiyatlaridan biri uning tuzilishining universalligidir. Bu tijorat banklariga moliya bozorlarida turli bank faoliyatini olib borish imkonini beradi.
Tijorat banklarining faqat ko‘chmas mulk bilan tijorat maqsadlarida olib boradigan amaliyotlari qonunchilik tomonidan ta’qiqlangan.
1930 yili tashkil etilgan Turkiya Respublikasining Markaziy banki bank-kredit tizimida alohida o‘ringa ega. Bank kapitalining yarmidan ziyodi davlatga, shu jumladan 51%i bevosita Turkiya xazinasiga tegishlidir. Bundan tashqari, xorijda uning 3 ta bo‘limi ochilgan. Markaziy bank vazifasiga quyidagilar kiradi:
1) rivojlanish rejalari va dasturlariga muvofiq davlatning pul va kredit siyosatini amalga oshirish;
2) milliy valyuta xajmi va muammosini tartibga solish, qonun doirasida banklarni kreditlashni amalga oshirish;
3) bank qo‘yilmalarining turlari va shartlarini belgilash;
4) milliy valyutaning oltin va chet el valyutalariga nisbatan kursini aniqlash;
5) amaldagi qonunchilik asosida va hukumat qarorlari doirasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga muvofiq holda oltin va milliy valyuta zaxiralarini boshqarish;
6) chet el valyutalari va qimmatbaho metallar bilan bo‘ladigan birja amaliyotlarini amalga oshirish;
7) jamg‘arma mablag‘larni sug‘urtalash fondida boshqaruvni amalga oshirish.
Markaziy bank o‘z vazifalarini bajarishi uchun foiz stavkalarini, banklar uchun qo‘yilmalar shartlarini, chegara foiz stavkalarini belgilash, investitsiyalarni tartibga solish va iqtisodiyot sohalari va sektorlari bo‘yicha bank kreditlarini taqsimlash vakolatiga ega. Shuningdek, markaziy bank iqtisodiy va moliyaviy maslahatchi hamda Xazinaning moliyaviy instrumenti vazifasini ham bajaradi.
Turkiya bank tizimi kapitalning yuqori darajadagi jamlanuvi bilan xarakterlanadi. Mamlakatdagi beshta yirik bankda barcha aktivlarning 54% i, depozitlarning 56% i, kredit manbalarining 59 %i jamlangan. Agar 10ta yirik bankni oladigan bo‘lsak, ko‘rsatgichlar shunga muvofiq 79, 82 va 81.5% bo‘ladi.
Davlat banklarining kamligiga qaramay, ularda bank kapitalining 50%i jamlangan. “Ziroat Bankasi” , “Emlak Bankasi” , “Yapi kredi Bankasi” , “Akbank” banklari esa eng yirik xususiy banklar xisoblanadi.
Xozirgi kunda Rossiyada Turkiya kapitali ishtirokidagi 5ta bank faoliyat ko‘rsatmoqda: “Finasbank-Moskva” , “Iqtisodbank- Moskva” , “Yapыkredi-Moskva” , “Garantibank-Moskva” , “Ziroat Bankasi-Moskva”. 7
O‘zbekistonda esa 1994 yildan buyon qo‘shma o‘zbek-turk “UT-Bank” banki to‘laqonli faoliyat yuritmoqda. Bank sohasidagi ushbu hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi moliyaviy tuzilmalar hamkorlikka ham asos soldi. Ayni paytda ushbu bank keng xizmat turlarini ko‘rsatmoqda: kassa amaliyotlari, naqd va naqdsiz valyuta bilan konvertatsiya amaliyotlari, shuningdek, akkreditivlarni ochish va ularga xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan savdo bitimlarini moliyalash.
O‘zbekiston banklari esa hozircha Turkiyada o‘z filiallari yoki vakolatxonalariga ega emas. Turkiyada xorij sarmoyasi ishtirokidagi bankni ta’sis etish yoki chet el banki filialini ochish uchun Turkiya Markaziy bankida qariyb 12 million dollar miqdoridagi mablag‘ni nizom sarmoyasi ko‘rinishida deponentlash lozim. Ro‘yhatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat olinganidan keyingina chet el banklari milliy banklar bilan bir qatorda qonunchilik tomonidan ruhsat etilgan bank amaliyotlarining barcha turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi.
II.“Turkiya modeli”ning umumiy tavsifi va turli sohalarning rivojlanishi.

II.1. Turkiya iqtisodiyotining rivojlanishi va olib borilayotgan iqtisodiy siyosat.


Turkiya iqtisodiy rivojlanishida 30-yillarda kuzatilgan tarkibiy o‘zgarishlar urushdan keyingi o‘n yillikda ham jadal rivojlanishda davom etdi. Uning doimiy taraqiqiyoti (yiliga o‘rtacha 4-5%) nisbatan barqaror edi. Faqt oxirgi 50 yil mobaynida mamlakat bir qancha iqtisodiy pasayishlarni boshdan kechirgan bo‘lib (1949, 1954, 1979-1980, 1999, 2001 yillar), bu ko‘p jihatdan noqulay tashqi kon’yuktura bilan izohlanadi.8
Agar 1948 yilda YaIMning 50 foizini qishloq xo‘jaligi, deyarli 10 foizini sanoat va 40 foizini xizmat ko‘rsatish sohasi tashkil qilgan bo‘lsa, 2003 yilda qishloq xo‘jaligi 13 %ga pasaydi, sanoat ulushi (qurilish sohasini qo‘shganda) 26 %gacha o‘sdi, xizmat ko‘rsatish – 61 % bo‘ldi.
90-yillarda Turkiya o‘zining bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropa mamlakatlari darajasiga yaqinlashdi. Shu paytning o‘zida u G‘arbiy Yevropa mamlakatlari ancha qoloq holatda edi. Shuning uchun Turkiya yangi industrial mamlakatlar deb nomlanuvchi mamlakatlar qatoriga qo‘shilishgamuvaffaq bo‘la olmadi. Uning cheklangan imkoniyatlari quvib yetish sur’atlarini kuchaytirishga imkon bermadi va bu bir qator omillar bilan izohlanadi.
80-yillar boshlarigacha Turkiya import o‘rnini bosish strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lib, uni amalga oshirishdaasosiy rolni davlat bajargan. Davlat sektori yordamida yirikroq infratuzilma inshootlari va sanoat korxonalari qurilgan. Bojxona proteksionizmi, budjet tomonidan subsidiyalar ajratish va imtiyozli bank kreditlarini berish bilan bog‘liq holatdagi davlatning tadbirkorlik faoliyati zamonaviy xususiy tadbirkorlikni tezda oyoqqa turishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratib berdi.
80-yillardan boshlab Turkiya eksportga yo‘nalirilgan modelga o‘ta boshladi, bir qator xo‘jalik tarmoqlaridagi davlatning keskin tartibga solish va monopol holatidan voz kechildi, Turkiya iqtisodiyotini ochiq raqobatbardosh tizimga aylantirish ishlari boshlandi, xususiy sektor iqtisodiy rivojlanishning asosiy sub’ektiga aylantirildi. U 90-yillarda ilg‘or tadbirkorlik faoliyatini sanoatda, bank-kredit tizimida, turizm industriyasida va bir qator boshqa tarmoqlarda namoyon qildi.9
Davlat doimiy ravishda o‘z faoliyatini korxonalarni xususiylashtirish, o‘z investitsiyalarini qisqartirish va ularni sanoat (energetika, transport va aloqa, irrigatsiya va shu kabilar) va ijtimoiy infratuzilma (boshlang‘ich, o‘rta va qisman oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot ishlari, sog‘liqni saqlash va boshqalar) ob’ektlarida chegaralash bilan qisqartirib bormoqda. 1984 yildan boshlab taxminan 170ta kompaniya xususiylashtirildi.
Avvalgi tartibga solishni buyruqbozlik va cheklovchi uslublaridan voz kechib davlat diqqat e’tiborini strategik rejalashtirishga, ilg‘or yo‘nalishlar, ichki rivojlanish vazifalari va boshqa mamlakatlar bilan mintaqaviy va global darajada o‘zaro hamkorlik qilishga qaratdi.
Tashqi resurslarni jalb etilishi ishlab chiqarishda ichki manbalardan samarali foydalanish imkoniyatini berdi.

Turkiyada valyuta tizimi. Turkiya milliy valyutasi Turk lirasi (TRL) hisoblanib, 1 turk lirasi 100 kurushga teng. Turkiya iqtisodiyoti deyarli ikki o‘n yillik mobaynida yuqori iqtisodiy o‘sish davrlarini ham, jiddiy iqtisodiy inqiroz davrlarini ham bosib o‘tdi.


Turkiya iqtisodiyotiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri yuqori va doimiy inflyatsiya holati hisoblanadi. Aynan ushbu holat bilan bog‘liq ravishda Turkiya milliy valyutasi 2005 yil 1 yanvardan boshlab denominatsiya (pul qiymatini o‘zgartirish) qilindi.
Mamlakat palamenti shunday qarorni qabul qildi. Turkiya lirasi oltita nolga qisqartirildi.
2-jadval.
Turkiyada inflyatsiya darajasi, 1991-2013 yillar ( foizda).

Yil

1991

1993

1995

1997

1999

2011

2012

2013

%

66

66,4

93,1

85,3

63,6

53,9

44,8

25,2

Manba: http://www.tcmb.tr/ –Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.


Tijorat banklarini xorijiy valyutalarga almashinuvi bo‘yicha operatsiyalarda ishtirok etishi uchun ruxsat berilgandan va rezidentlarning o‘z hisob-kitob raqamlarini xorijiy valyatada ochish muhimroq ekanligini tushunib yetganlaridan so‘ng 1983 yil dekabrida Turkiya banklarining xorijiy valyutadagi operatsiyalari kengaydi va xorijiy valyuta shaklidagi depozitlar “keng ko‘lamli pullar” ning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.
Ushbu holat, shu bilan birga yuqori inflyatsiya sur’atlari oqibatida milliy valyutaga nisbatan ishonchsizlik yuzaga kelib, iqtisodiyotda yuqori “dollarizatsiya qilish” jarayoni paydo bo‘ldi. Bunga albatta mamlakat milliy valyutasining yuqori darajadagi inflyatsiyasi sabab bo‘lgan Masalan, 2011 yil boshlarida 1 AQSh dollari 670 623 Turkiya lirasiga teng bo‘lgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 1 448 704 lirani tashkil etgan. Ya’ni milliy valyutaning qadrsizlanishi 2,16 barobarga teng bo‘lib, inflyatsiya darajasi 53 %dan iboat bo‘lgan.
3-jadval.
Turkiya lirasiga nisbatan AQSh dollarining kursi (ming lira).

Yil

1992

1994

1995

1996

1997

1998

1999

2000

2001

2002

2003

1$

6,8

29,7

45

81

152

260

420

623

1225

1505



1493

Hozirgi paytda iqtisodiy nazariyada va milliy iqtisodiyotni makroiqtisodiy tartibga solish amaliyotida bandlik va barqaror siyosatning an’anaviy konsepsiyalari bilan bir qatorda monetar siyosat, ratsional taxmin va iqtisodiyot taklifining muqobil makroiqtisodiy konsepsiyalari keng tarqaldi.
Neokeynsian maktabining yorqin zamonaviy vakillari beshta Nobel mukofotining laureatlari – Pol Samuelson, Franko Modilyani, Robert Solou, Djeyms Tobin va Lourens Kleyn hisoblanadi. 1976 yili iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Milton Fridman iqtisodiy faollik va narx darajasini belgilashda pullar muhimroq rol o‘ynashini ko‘rsatuvchi monetar siyosatning empirik (tajribaga asoslanuvchi) va nazariy tadqiqotlarini olib borishni boshladi.
Keynsianchilarning fikriga ko‘ra erkin bozor tizimi tug‘ma illatlardan aziyat chekayotgan bo‘lib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi mexanizmdan mahrumdir. Rejalashtirilayotgan investitsiya va jamg‘armalar o‘rtasidagi nomuvofiqlik mavjud bo‘lib, ular davriy infliyatsiya yoki ishsizlikda aks etuvchi iqtisodiy faollikni o‘zgarib turishiga olib keladi.
Ko‘pgina bozorlar raqobatbardosh bo‘lmay, ular narx va ish xaqi stavkasini egiluvchanligiga olib kelmaydi. Shunday ekan umumiy xarajatlarni o‘zgarib turishi birinchi navbatda narxlarga emas, balki ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotni barqarorlashtirishda faol ishtirok etishi lozim; muddatli fiskal va pul-kredit siyosati kesin iqtisodiy o‘sish va pasayishlarni kamaytirish uchun zarur, aks holda uning iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Monetar konsepsiyaning mohiyati shundan iboratki, bozorlar yetarli darajada raqobat holatida va bozor raqobatchilik tizimi makroiqtisodiy barqarorlikning yuqori darajasini ta’minlaydi.
Shunday qilib bozor raqobatchiligi ta’minlayotgan narx va ish xaqi stavkasining egiluvchanligi umumiy xarajatlar o‘zgarishi ishlab chiqarish va bandlikka emas, balki mahsulot narxi va resurslarga ta’sir ko‘rsatishiga olib keladi. Shunday qilib bozor tizimi, agar unga davlat xalaqit bermasa, sezilarli darajada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi.
Davlatning minimal ish xaqi stavkasi haqidagi qonuni, kasaba uyushmalarining faoliyati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxini qo‘llab-quvvatlash, biznes manfaatlaridagi monopoliya haqidagi qonunchilik, muddatli soliq va pul-kredit siyosati va boshqa chora tadbirlar narx va ish xaqining egiluvchanligi, barcha iqtisodiy tizimni davriy o‘zgarib turishi va nobarqarorligini keltirib chiqaradi.
Bu yerdan monetaristlar shunday xulosa chiqaradilar: pul-kredit muassasalarining boshqaruvchilari real YaMM o‘sish darajasida pul taklifi o‘sish sur’atini barqarorlashtirishlari kerak (monetar qoida).
1986 yil oktabrida Erzuremdagi Turkiya palatalari Ittifoqining yig‘ilishida T.Ozal so‘zga chiqib quyidagilarni bayon qildi: - “Aralash iqtisodiyot bo‘yicha so‘z o‘yini nihoyasiga yetdi. Hozirda aralash iqtisodiyot mavjud bo‘lmay, erkin iqtisodiyot tizimi mavjud, modomiki unda o‘yin qoidasi aniq belgilangan va undagi har kim ushbu qoidalarni biladi. Iqtisodiyotdagi davlat roliga kelsak u ushbu qoidalarni nazorat qilib borishdan iborat – bozor faoliyati erkin amalga oshirilmoqdami yoki ma’lum aralashishlar orqali cheklanmoqdami… Agar o‘tgan 80 yil ichida hukumat tepasiga kelgan ikkita siyosiy yo‘nalishni, ular konsepsiyasini ko‘rib chiqsak, ular asosida aralash iqtisodiyot g‘oyasi yotadi, ular o‘rtasidagi farq yoki davlat, yoki xususiy sektorning ko‘p yoki oz darajadagi rolidan iborat. Shuning uchun men shuni aytmoqchimanki: bundan buyon uning o‘rniga erkin demokratik tizim keldi va u Turkiya tuzilmasini tashkil qiladi. Orqaga qaytish mumkin emas. Ushbu erkin tizim barcha bo‘g‘inlarda faoliyat yuritilishi davr talabi. Bu albatta ma’lum bir vaqtni talab qiladi.....
Umuman iqtisodiy siyosatdagi davlat roli, davlat sektori roli qanaqa? Men yuqorida ta’kidlaganimdek – davlat roli – bu ma’lum ma’noda iqtisodiyotni boshqarish, boshqacha aytganda iqtisodiyotni rivojlantirishda qandaydir aniq bir yukni olmaslik. Davlat – iqtisodiyotda taqsimotchi, arbitr: xato qilib qo‘ymaslik uchun u makrodarajada aralashib turadi.
Davlat roli shundaki kimdir o‘ziga olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan holatlarda davlat o‘z zimmasiga oladi. O‘z mohiyati jihatidan davlat – ota emas, u o‘z muassasalari orqali xalqqa xizmat qiladi. Xato qilinayotgan tomonlardan biri shu: biz davlatni “otamiz” deb hisoblashda davom etsak, u bizni urishini ham tan olishimiz kerak.
Shunday fikrlashlarni o‘zgartirishimiz kerak. Zamonaviy jamiyatlarda davlat hech qachon ota rolini o‘ynamagan. Biz hukumat sifatida davlat muassasalari orqali davlatni boshqaramiz va xalqqa xizmat qilamiz.... ma’lum muddatgacha davlat roli saqlanib qoladi, ammo vaqt o‘tishi bilan shunday ko‘rinishlar o‘zgaradi. Umuman ishlab chiqarish va savdodagi davlatning ishtiroki to‘g‘ri emas.
Ba’zi holatlarda istisno qilinadi va biz shunday istisnolarni o‘z dasturimizga qo‘shganmiz... Biz xoxlaymizki, Turkiyada bizning odamlarimiz, korxona egalari iqtisodiyotni egallashlari kerak. Biz nomlayotgan korxona egalari soniga millionlab dehqonlar kiradi. Chindan ham ularda yer maydonlari yo‘qmi, ular o‘z nonlarini yer tufayli olmayaptilarmi?... O‘ylamaylarki, biz faqat yirik korxona egalari bilan birgamiz. Bizning yirik korxona egalari bilan birga bo‘lishimiz biz mayda ishlab chiqaruvchilarga qarshi ekanligimizni anglatmaydi”.
Turkiya barcha iqtisodiyotini boshqarilishi va amalga oshirilishida davlat sektorining roli va ahamiyati haqida yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlarning guvohlik berishicha, iqtisodiy islohotlarni amalga oshiruvchilaridan birining bayonoti bir-biriga ziddir. Turkiyada bozor iqtisodiyoti o‘zi mavjud bo‘lgan.
Unda har doim xususiy mulk, tadbirkorlik faoliyati mavjud bo‘lgan. Boshqa tomondan, ba’zi mamlakatdagi siyosiy arboblar va olimlarning ta’kidlashlaricha, 80-yillargacha bu yerda importni keskin chegaralash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, iqtisodiy siyosat o‘z-o‘zini ta’minlashga yo‘naltirilgan va samarali bojxona to‘siqlari bilan qo‘llab-quvvatlangan.
Shunday siyosat milliy iqtisodiyotni kompleks ravishda rivojlanishiga imkon bergan. Ammo mamlakatda 70-yillar oxirlariga kelib tez va nosog‘lom urbanizatsiya, ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy o‘sish sur’atining pasayishi kabi shunday ijtimoiy-iqtisodiy muammolar birdaniga keskinlashdi.
Shunday sharoitlarda 1980 yil boshlaridan bu yerda eksport xajmini keskin ko‘paytirilishiga ustunlik berildi, molya sohasida islohotlar o‘tkazildi, halqaro kon’yukturani hisobga olgan holda valyutani tartibga solish ishlari amalga oshirila boshlandi.
Shunday qilib iqtisodiyotga ta’sir etish bo‘yicha keynsian uslublaridan foydalangan holda xorijiy kapital bozorini erkinroq, ochiqroq amalga oshirilishi uchun sharoit yaratib berildi. Ammo shunga qaramay 1980 yili ko‘zda tutilgan ijobiy natijalar yuz bermay, jamiyatda makroiqtisodiy va siyosiy nobarqarorlik birdaniga keskinlashdi.
Harbiy to‘ntarish amalga oshirilgandan keyin siyosiy kurash va iqtisodiy siyosatning qonunchiligining asosiy ishtirokchilari bo‘lgan siyosiy partiyalar faoliyati to‘xtatilib ular tarqatilib yuborildi. Shunga qaramay harbiylar tomonidan tuzilgan Milliy xavfsizlik kengashi hukumat tomonidan qabul qilingan barqarorlashtirish dasturini davom ettirdi. Uni xalqqa murojaatida ta’kidlanishicha “ .... 1980 yil yanvaridan qo‘llanilgan barqarorlashtirish bo‘yicha chora tadbirlar ijobiy natijalar berdi. Ammo ushbu tadbirlarni to‘la amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan soliqlar haqidagi qonun va mehnatni tartibga soluvchi qonunga o‘zgartirishlar kiritish qonunchilik organini faoliyat yuritmayotganligi va siyosiy nobarqarorlik sababli qabul qilinmadi”.
1983 yil noyabrida o‘tkazilgan parlament saylovlari harbiy diktaturani nihoyasiga yetkanligini va iqtisodiy siyosatda erkin bozor munosabatlariga tamomila o‘tganligini anglatadi.
Hukumat tomonidan ushbu siyosatni amalga oshirishning aniq yo‘llarida quyidagi holatlarga ustunlik berildi: jamg‘armalarni rag‘batlantirish va kapital qo‘yilmalardan oqilona foydalanish; ishlab chiqarishni ko‘paytirish va bozorni kengaytirish, tashqi to‘lovlar barqarorligiga erishish; eksportni va milliy daromaddagi uning ulushini ko‘paytirish; turizm, ishchi kuchi eksporti, xorijdagi vositachilik va transport xizmatlari kabi shunday valyuta tushumlari manbalarini qo‘llab-quvvatlash, inflyatsiyani judayam past darajada ushlab turish; narx barqarorligini ta’minlash; iqtisodiy, moliyaviy va kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish.
Ushbu makroiqtisodiy dasturni, ya’ni mashhur “iqtisodiy rivojlanishning Turkiya modeli”ni amalga oshirishda Turkiya erishgan asosiy yutuqlarni ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumki, inflyatsiya va ishsizlik ko‘rsatkichlarini qo‘shgan holda milliy daromad va yalpi milliy mahsulotni o‘sish sur’ati milliy iqtisodiyot holatini tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Bizning fikrimizcha iqtisodiyotni defitsit sharoitlarida birinchi rejaga yetarli darajada iqtisodiy o‘sish sur’atini va ushbu qo‘yilmalar uchun zarur jamg‘armalarni ta’minlash hisobidan iste’mol bozorini tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish chiqadi, albatta jamiyatda siyosiy barqarorlik, qonunchilik va huquqiy tartibni saqlash hisobidan. Bunda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xususiy sektor va barcha aholining iqtisodiy faolligini oshirilishi, umumiy ishlab chiqarishni yaxshilanishi ushbu muammoni xal etishning asosiy yo‘li va uslublari bo‘lishi lozim.
Ta’kidlash lozimki, bizdagi mavjud makroiqtisodiy ko‘rsatichlar taxlili va davlat rejalashtirish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning reja ishlanmalarida o‘rtacha yillik daromadlar xajmi, kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi oziq-ovqat iste’moli va boshqa hisob-kitoblar haqidagi mahalliy statistik ma’lumotlar mavjud emas, modomiki ular aholi turmush darajasini real ko‘rsatkichlari haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini berar edi.
Oltinchi besh yillik rejasida inflyatsiyaga qarshi kurash muammosiga bir bet ajratilgan, 1992 yilga mo‘ljallangan dasturda ushbu masala bo‘yicha maxsus bo‘lim yo‘q. Shuningdek ko‘payib borayotgan ishsizlik muammosi bo‘yicha mukammal ishlanmalar yo‘q. Ularni birgalikda mavjud bo‘lishi mamlakat iqtisodiyotida, garchi milliy iqtisodiyotning ma’lum o‘sishiga erishilayotgan bo‘lsada, stagflyatsiya jarayonlari yuz berayotganidan darak beradi. Shuning uchun taxlil qilayotganimizda ushbu muammoni tavsiflovchi ba’zi bilvosita ma’lumotlardan foydalanishga to‘g‘ri keldi.
Misol uchun aholi o‘sish dinamikasi, ish bilan band bo‘lganlar va ishsizlar soni, YaMM ishlab chiqarishni kishi boshiga to‘g‘ri kelish o‘lchamlari va mehnatkashlar o‘rtasidagi ijtimoiy qarama-qarshiliklar haqidagi ba’zi ma’lumotlarni berib o‘tamiz. Inflyatsiya bilan birga ishsizlik muammosi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tdik. Hozir ta’kidlash kerakki, aholi daromadlarining real o‘sishi (bitta yashovchi aholi boshiga inflyatsiyani hisobga olgan holda milliy daromad ishlab chiqarish) milliy mahsulotning umumiy o‘sishiga nisbatan ikki marotaba kam bo‘lgan, hatto 1991 yili ushbu daromadlar oldingi yilga nisbatan yanada pasaygan.
Rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichlariga muvofiq kelmaydigan aholining yuqori o‘sish sur’ati e’tiborimizni jalb qiladi.
Albatta Turkiya makroiqtisodiy siyosatini rivojlangan davlatlar kabi olib borishi ijobiy holat. Ammo ushbu mamlakatlar bilan rivojlanish darajasi o‘rtasidagi mavjud farqlarni esdan chiqarmasligimiz kerak. Masalan, 1990 yil mobaynidagi ishlab chiqarish bo‘yicha ma’lumotlarni taqqoslaganimizda yiliga bir aholi hisobidan shartli sof mahsulot ishlanmasi AQShda 45 ming dollarni, Yaponiyada – 31,5 ming, Germaniyada – 39 ming, sobiq SSSRda – 13 ming, Turkiyada – 12,5 ming va O‘zbekistonda – 9,4 ming dollarni tashkil qilgan. Ushbu yilda aholi boshiga tovar va xizmatlar iste’moli AQShda 16175 dollar, Yaponiyada – 10725, Germaniyada – 1200, sobiq SSSRda – 3530, O‘zbekistonda – 3200 dollardan iborat bo‘lgan.10

II.2. Turkiya sanoatining rivojlanishi


Haqiqatan ham, hozirgi kunda Turkiya –taraqqiyotga yuz tutgan mamlakat. Shuni ham esga olish kerakki, sobiq Ittifoqiga 5 milliard AQSh dollari qarz bergan ham Turkiya mamlakatidir. Hozirgi kunda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliydaromidi 2650 dollarni tashkil etadi, bu ancha yuqori ko‘rsatgich, albatta, yoki Turkiyada bir oylik maoshga 16 programmali zamonaviy ko‘p tarmoqlari televizorni xarid olish mumkin.
Turkiya o‘tgan yili 15 ming yuk tashuvchi, 125 ming dona yengil mashina, 15 million tonna g‘alla, 3 million tonna neft, va ko‘plab miqdorda qishloq xo‘jaligi va hilma-hil sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi.
Turkiyaning aholisini mehnatga layoqatli aholisining 55 foiziga yaqini qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatishadi.
1933 yilda Turkiyada 1-shakar zavodi ishga tushadi va shu yili mamalkatda ikkita yirik tijorat banklar, ya’ni “Etibank” va “Sumerbank” ochiladi.
1965 yilda xukumat import tovarlarini chegaralash, hamda import tovarlarini mamalkatning o‘zida ishlab chiqarishga katta ahamiyat berdi. Turkiya yiliga o‘rtacha 350 ming dona avtomobil, yuk tashuvchi avtomobil-50 ming, rangli televizorlar-4 mln. dona, po‘lat-21 mln.tonna, neft-3,5 mln.tonna, ko‘mir-4,5 mln.tonna ishlab chiqaradi.
Turkiyada eng 1- yengil avtomobil zavodi 1954 yilda ishga tushirildi va uning nomi “Turk Villas Overland Ltd”. 1955 yilda yuk mashinalarini va 1963 yilda avtobuslar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Keyinroq mamlakatda, ya’ni 1971 yilda TOFAS (FIAT, Italiya) va OYAK-RENAVLT (Fransiya) kompaniyalari bilan tuzilgan qo‘shma korxonalar asosidagi zavodlar avtomobil ishlab chiqara boshlashdi. Hozirgi paytda mamlakatda 16 ta kompaniya avtomobil ishlab chiqarmoqda. Ushbu jami kompaniyalarning avtomobil ishlab chiqarish quvvati 1 yilda 1 mln.mashina ishlab chiqarish quvvatiga egadir.
Turkiyadagi hozirgi paytdagi eng yirik GES bu Keban GESidir. U 1974 yilda Yevfrat daryosida qurilib ishga tushgan, uning quvvati 1360 MVt. tashkil qiladi.
Turkiyaning to‘qimachilik sanoatining ishlab chiqarilishi va ularning sifati bo‘yicha jahon xo‘jaligida 6-o‘rinda turadi.
Jun va shun mahsulotlari ishlab chiqarishi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi.
Mashinasozlik tarmog‘i rivojlanishining eng asosiy davri bu 2-besh yillik rivojlanish rejasi davrida, ya’ni 1968-1972 yillarda bo‘ldi.
Turkiya Yevropaning yuvelir mrakaziga aylangan. Hozirda mamlakatda 6 mingdan ziyod turli hil korxonalar tomonidan yuvelir ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Hozirgi paytda 200-240 tonna atrofida yuvelir taqinchoqlari va buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Turkiyada “Tillo” yoki “Oltin”birjasi 1995 yilda Istambulda tashkil etilgan. Turkiyaning ommaviy – axborot vositalarning so‘zlariga qaraganda hozirda Turkiya aholisida taxminan 4-5 ming tonna atrofida tillo shaxsiy mulk sifatida saqlanmoqda.
Demak, Turkiya shaxsiy tillo zahiralarini hisobga olganda dunyoda Hindistondan keyin 2-o‘rinda turadi. Bundan tashqari, Turkiya yiliga o‘rtacha 60 tonna atrofida yuvelir taqinchoqlarni va buyumlarni xorijlik sayyoxlarga sotmoqda.
Turkiya statistik byurosini ma’lum qilishicha, sanoatda 2005 yili quyidagi o‘sish sur’atlari qayd qilingan: birinchi kvartal – 6,1%, ikkinchi kvartal – 3,1%, uchinchi kvartal – 4,5% va to‘rtinchi kvartal – 7,8%.
Umuman yillik o‘sish 5,3%ni tashkil qilib, 2005 yil uchun hukumat tomonidan maqsad qilib qo‘yilgan besh foizlik o‘lchovdan oshib ketdi. Xususiy sektordagi o‘sish davlat sektoriga nisbatan yuqori bo‘lgan: 6,7%ga nisbatan 8,1%. Sanoat sektorlari bo‘yicha ma’lumotlar quyidagicha: yuqori sur’atlar tog‘-kon sanoatida kuzatiladi (16,6%), undan keyin yoqilg‘i-energetika kompleksi (8,8 %) va ishlab chiqarish tarmog‘i (7,4%) keladi.

Qayta ishlash sanoati va energetika. 1950-60 yillarda mamlakatni sanoatlashtirish jarayoni yuqori sur’atlarda rivojlana bordi. 1970 yillarda qayta ishlash tarmoqlarida barcha ishchi kuchining 15%i, 1993 yili – 21%, YaMMdagi ularning xissasi 1952 yilgi 12%dan 1995 yili 30,6% gacha o‘sdi.


Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan bojxona shartnomasini imzolamasdan turib (1996 yildan avval), mamlakat sanoati sezilarli darajada xorijiy raqobatdan turli tarif va kvotalar orqali himoya qilingan bo‘lib ko‘pgina mahalliy tovarlarning narxi sun’iy ravishda ko‘tarilgan edi.
Barcha sanoat ishlab chiqarish va unda band bo‘lgan aholining deyarli ¾ qismi Istambul va Izmirda, shuningdek Marmar va Egey dengizining qirg‘oq rayonlarida joylashgan. Boshqa muhim sanoat markazlari bo‘lib Anqara, Chukurova rayoni, shuningdek Qora dengiz qirg‘og‘idagi Zonguldak (toshko‘mir qazib olinadi) hisoblanib, Karabyuk va Eregli shaharlari yaqinida ikkita yirik metallurgiya kombinatlari qad rostladi. Mamlakatning barcha hududlari bo‘yicha ishlab chiqarishga ulkan xissa qo‘shuvchi ko‘plab katta bo‘lmagan orxonalar joylashtirilgan. To‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati Turkiya sanoatining ilg‘or tarmoqlari hisoblanadi.
Neftni qayta ishlash Batma, Izmit, Mersindagi Aliaga rayonida amalga oshiriladi.
Mamlakatda tabiiy gaz qazib olish 90-yillardan boshlangan. Gazga bo‘lgan ehtiyoj Anqara, Istambul, Izmailadagi gaz zavodlarining mahsulotlari va qayta ishlash zavodlaridagi siqilgan yo‘ldosh gazlar hisobidan qondirilmoqda.
Mineral o‘g‘itlar, asosan fosfat va azot, ishlab chiqarish Izmir va Istambul rayonlarida joylashgan.
Rezina sanoati avtomobil shinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtta zamonaviy zavodlar orqali namoyon bo‘ladi. Xususiy korxonalarda motosikl va velosipedlarning pokrishka va kamerlari ishlab chiqariladi. Boshqa tarmoq – bu oyoq-kiyim rezinasi, shuningdek rezinotexnik buyumlar.

Qora va rangli metallurgiya. Qora metallar ishlab chiqarish uchta yirik davlat korxonalarida amalga oshiriladi – Karabyuk, Eregiy va Iskandariya kombinatlari. Oxirgisi cho‘yan quyish va mis eritish bilan ham shug‘ullanadi. 1993 yili cho‘yan quyish deyarli 10,3 million tonnaga yetdi. Aluminiy sanoat korxonalari ham mavjud. Umuman rangli metallar ishlab chiqarish o‘sib borayotgan talabni qondira olmayapti.

Mashinasozlik va elektrotexnika sanoati dastlab yig‘uv korxonalarini tashkil etish orqali rivojlandi. Ayniqa ushbu tarmoqda xususiy kapialning ishtiroki faoldir. Mashinasozlik tarmoqlari: transport vositalarini yig‘ish va ishlab chiqarish, temir yo‘l transporti vositalarini qurilishi, temir yo‘llar, vagonlar, muzlatgichlar, dizel-motorlar ishlab chiqarishdir. Verflarda (kemalar quriladigan yoki remont qilinadigan korxona) shahar va kabotaj(ichki portlar o‘rtasida) liniyalar uchun kemalar ishlab chiqariladi. Uskuna va ehtiyot qismlarning katta qismi import qilinadi. Turkiya o‘rta va yirik kemalarni xorijdan sotib oladi.
Stanoksozlik qayta ishlash sanoatining tarmog‘i bo‘lib, mamlakatda tashkil etilganiga xali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Tokarli, frezerli, sverloli stanoklarning ba’zi modellarini yig‘ish g‘arb firmalarining litsenziyasi asosida amalga oshiriladi.
Bug‘ qozon va muzlatgich uskunalari, sanoat gaz pechlari yaxshi jihozlangan xususiy firma korxonalarida tayyorlanadi. Xususiy sektor xorijiy kapital bilan hamkorlikda maishiy texnikalarni ishlab chiqaradi – gaz pechlari, plitalar, tikuv mashinalari, velosipedlar, kaloriferlar(issiq suv, bug‘ yoki issiq havo o‘tadigan trubalardan iborat isitish moslamasi).
Elektrotexnika sanoati ham rivojlanmoqda. Elektr o‘lchagich, maishiy elektr priborlarni ishlab chiqarish g‘arb firmalarining litsenziyasi asosida amalga oshiriladi. Radio va elektronika sanoati sezilarli sur’atda rivojlanmoqda – telefon, radio va teletexnika, elektronika apparatlarini ishlab chiqarish, kompyuterlar yig‘ish.

Elektroenergetika. Turkiyada energetika ob’ektlarini qurish, ishlatish va elektr energiyani taqsimlash rasmiy ravishda davlat qo‘lidadir. Agar 1960-70 yillarda asosan elektr energetikani rivojlantirish quyiq yoqilg‘i (neft) asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda o‘zidagi mavjud energiya manbalariga asoslanmoqda: lignit (past nav qo‘ng‘ir toshko‘mir), gidroresurslar, tabiiy gaz, geotermal quyosh energiyasi va shamol energiyasi.


Elektr energiyani ishlab chiqarish 1963 yilgi 4 mlrd. kvt/soatdan 1995 yili 86,3 mlrd. Kvt/soatgacha yetdi. Uning katta qismi sanoat korxonalarida iste’mol qilinadi, ammo maishiy ehtiyojlar uchun ham uning iste’moli oshib bormoqda. Ma’lumki, aholi punktlari, qishloq joylarini ham qo‘shgan holda, elektrlashtirilgan. 1995 yili mamlakatdagi barcha elektr energiyaning 3/5 qismi issiqlik elektr stansiyalari(IES)da, qolgan qismi esa gidrostansiyalarda ishlab chiqarilgan. Turkiyada yirikroq gidroenergetika ob’ektlari bo‘lib Yevfrat daryosidagi Keben GESi va Kizil-Irmak daryosidagi Xirfanli GESi hisoblanadi.
Atom energiyasidan foydalanish sohasida tadqiqotlar olib borish uchun atom energiyasi bo‘yicha Komissiya faoliyat olib bormoqda. AES qurilishi bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatda 50ta GES va 30ta IES mavjud. 90-yillarda elektr energiya ishlab chiqarish 54,3 mlrd. kvt/soatni tashkil qilib, aholi jon boshiga 926 kvt/soat to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda elektr energiya tanqisligi mavjud.

Mamalakat to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi. Industrial-agrar mamlakat hisoblangan Turkiya iqtisodiyotida so‘nggi yillarda bir qadar barqarorlashuv kuzatildi. 2001 yildagi og‘ir moliyaviy inqirozni boshidan kechirgan mamlakat 2002 yilda davlat boshiga kelgan yangi hukumat boshchiligida xalqaro moliyaviy institutlarning ishtiroki va nazorati ostida iqtisodiy barqarorlashuv dasturlarini ishlab chiqdi va izchillik bilan hayotga tatbiq etishga kirishdi.


Barqarorlashtirish siyosatining asosiy vositasi bo‘lgan iqtisodiyotni tubdan liberallashtirish siyosatini va Jahon Banki tomonidan Turkiya uchun ajratilgan 13.6 mlrd. dollar miqdorida mislsiz moliyaviy yordam asosida XVF tavsiyalari bo‘yicha keskin pul siyosatini amalga oshirdi.

1-jadval.

Yalpi ichki mahsulot

2001

2003

2004

Trln. Lira (1987 y.dagi narxlarga qiyoslaganda)
YaIMning o‘sish sur’atlari


107.8
– 10.5 %


123.1
5.9 %


135.8
9 %


ma’lumotlarga ko‘ra inflyatsiya sur’atlari 68 %dan 20 %gacha kamaydi, oltin-valyuta zahirasi 25 mlrd. AQSh dollaridan 35 mlrd. AQSh dollarigacha, YaIM 2003 yildagi 5.9%dan 2014 yilda 9% ga oshganini ko‘rish mumkin. Sanoat ishlab chiqarishing o‘sish sur’atlari quyidagi jadvalda keltirilgan:


2-жадвал.

Sanoat ishlab chiqarishing o‘sish sur’atlari


(1997 й.га нисбатан)

Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari


O‘zgarishlar (%)


Yillar

Davlat sektori

Xususiy
sektor


jami

Davlat sektori

Xususiy
sektor


jami

2011
2012

2013
2014


89.6
93.8

95.8
95.4

93.2
104.8

116.3
131.1

92.4
102.5

112.0
123.6

-
4.7

2.1
-0.4

-
12.4

11.0
12.7

-
10.9

9.3
10.4


II.3. Turkiya qishloq xo’jaligining rivojlanishi.


Turkiya xukumati mamlakatda qishloq xo‘jaligining rivojlantirishni inqilobdan keyinoq boshlagan edi. 1923-31 yillarda Turkiyaning iqtisodiy rivojlanishida davlatning iqtisodiy siyosati qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirishdan iborat bo‘lgan edi.
Mamlakat subtropik iqlimda joylashgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining deyarli barcha sohalari rivojlangan. Qishda, aniqrog‘i yanvar oyida 5C issiqdan -15C sovuq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan asosiy daryolari Yevfrat, Tigr, Qizil Irmoq va Sakarya daryolaridir. Shu bilan birga Turkiyada ikkita ko‘l mavjud bo‘lib, ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydi, ya’ni Van va Tuz.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi bilan mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qoplaydi. Mamlakatda 6700 ga yaqin turli hil o‘simlik turlari mavjud.
1945 yilda mamlakatda agrar islohot qabul qilinib, ushbu islohotda dehqonlarga yer ajratish haqidagi qonun qabul qilinadi. Qonunga muvofiq 5 gektargacha yerga ega bo‘lganlar fermerchilik, 5 gektardan 50 gektargacha – o‘rta, 50 gektardan ortiq yer egalarini yirik yer egalari hisoblandi.
Turkiyada qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga qadimdan katta ahamiyat berib kelingan. Bu tarmoq hozirgi kunda ham barcha siyosatchilar va davlatning diqqat markazida turadi va xalq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi.
Aholining aksariyat qismi (60%) hamon qishloqlarda istiqomat qiladi. Umumiy ishlayotgan ishchi kuchining 50 %i qishloq xo‘jaligida band. Qishloq xo‘jaligi nihoyatda keng qirrali bo‘lib, bu Turkiyaning mintaqaviy xususiyatlaridan, tabiiy sharoiti, iqlim va relefining xilma-xilligidan kelib chiqadi. Turkiya tog‘li mamlakat, lekin u chegarasiz qir-adirlar, serhosil tekisliklar, suv xavzalariga ham ega. Jami maydonning 1/3 qismi o‘tloq va yaylovlar, yana 1/3 qismi ishlanadigan yerlardan (25,5 mln. gektar) iborat.
Ekin maydonining 80%i donli ekinlar, 15%ga yaqini texnik ekinlar egallaydi. Bog‘ va tokzorlar 3,3 mln. gektarni tashkil etadi.

1-jadval.

Yalpi ichki mahsulot tarkibi. (foiz hisobida).

2006 yil

Qishloq xo‘jaligi

13%

Sanoat

26%

Xizmat ko‘rsatish

61%


Qishloq xo‘jaligida yalpi ichki mahsulotning deyarli 13%i yaratiladi. Bu miqdorning 60%dan ko‘prog‘i dehqonchilikda, 37%ga yaqini chorvachilikda (shundan 1,8%i baliqchilikda) va 2,1%i o‘rmonchilikka to‘g‘ri keladi.
Turkiya qishloq xo‘jaligi hozirgi kunda o‘z aholisini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlabgina qolmay, balki chet ellarga ko‘plab xar xil mahsulotlarni, shu jumladan don va don mahsulotlarini, sitrus va mevalarni va har xil qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan konservalarni ham eksport qilmoqda.
Turkiya yerlari notekis va jami maydonning 80 %i tog‘li bo‘lib, tuproq va ekin ekish uchun uncha yaroqli bo‘lmagani uchun ekin ekiladigan yerlar va ayniqsa sug‘oriladigan yerlar nihoyatda qadrlanadi. Shuni hisobga olgan holda Turkiya hukumati 2 mln.ga yaqin yangi yerlarni kelajakda o‘zlashtirish vazifasini qo‘ygan. Buning uchun yangi suv havzalari, omborlari va boshqa suv inshootlari barpo etilmoqda. Bu borada bizning respublikamiz ancha oldinlab ketganligi ma’lum. Shunday ekan, biz o‘z tajribamiz va xizmatimizni turkiyalik do‘stlarimizga o‘rtoqlashish uchun taklif etsak, har ikkala mamlakat uchun ma’qul ish bo‘lar edi.
Turkiya qishloq xo‘jaligida ham umumiqtisodiyot modeli ziddiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz bu tarmoqda ba’zi xo‘jaliklarda eng yangi agrotexnika va texnologiya yutuqlaridan, vertolyot va samolyotlardan ham keng foydalanilayotganligini ko‘rsak, boshqa birlarida hamon yog‘ochdan yasalgan omoch va ot qo‘shilgan pluglar ishlatilayotganligini ko‘ramiz. 1990 yilda 600 mingdan oshiq yog‘och omoch, 400 mingga yaqin donni ajratadigan yog‘och moslamalar, 600 mingga yaqin ot omochlari bilan bir qatorda, 11,8 ming kombayn, 59 ming samolyot va vertolyot, 79,8 ming yomg‘ir yog‘dirgich uskunalari ishlatilgan.
Biroq bu bizga Turkiya qishlog‘ida bo‘layotgan o‘zgarish, rivojlanish tendensiyasi haqida bahs qilish uchun ham imkon beradi. Yog‘och omoch kabi eski mehnat qurollarini ham miqdor, ham nisbiy jihatdan yil sayin qisqarib borayotganligidan va ular o‘rnini yangi zamonaviy ilg‘or texnika va texnologiya egallayotganligidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda mamlakat qishloq xo‘jalik mashinalari parki 750 mingga yaqin traktor, 12 ming kombayn, 263 ming kultivator, 350 ming separatorlar va shukabi mashina texnikalarga egalar.
Eng muhimi shundaki, bu texnikaning ko‘pgina qismini Turkiyaning o‘z korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Masalan, shu kunlarda Turkiya qishloq xo‘jalik mashinasozlik sanoati yiliga 30 mingga yaqin traktor va 30 mingdan ortiq pluglar yetkazib berish, tayyorlash quvvatiga ega. Kimyo sanoati esa 7 million tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqarmoqda. Bular mamlakatning o‘sib boryotgan ehtiyojini to‘liq qondira olmasligi tabiiy.
Lekin bu ishlab chiqarish bazasini Turkiyaning o‘zida yaratilganligi yaqin kelajakda bu ehtiyojni qondiribgina qolmay, balki chet ellarga ham eksport qilish mumkinligiga ishonch tug‘diradi.
80-yillar boshidan qishoq xo‘jaligida o‘tkazilgan iqtisodiy, tashkiliy, xuquqiy o‘zgarishlar, yangi texnika va texnologiya yutuqlarini; mineral o‘g‘it, hashoratlarga qarshi gerbitsid va boshqa kiyoviy yangiliklarni, yuqori hosildor navli urug‘larni va zotdor mollar va parranda turlarini keng joriy qilinishini Turkiya qishloq xo‘jaligida “Yashil inqilobni” amalga oshirish imkonini berdi. O‘simlikchilik va chorvachilik mahsuldorligi deyarli ikki barobarga o‘sdi.

Turkiya hukumati xorijiy kapitalni jalb etishning o‘z siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblab, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarda ilg‘or o‘rinlardan birini egallashdir.


1980 yilgacha mamlakat iqtisodiyotiga 280 mln. AQSh dollari miqdorida kapital qo‘yilgan bo‘lsa, 20-asr oxirlariga kelib ushbu raqam 23,8 mlrd. AQSh dollariga o‘sdi. Turkiyadagi asosiy sarmoyadorlar – Fransiya, AQSh, Niderlandiya, Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Italiya va Yaponiya. Barcha xorijiy qo‘yilmalarning 64,3 %i Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Xorijiy investitsiyalarning deyarli 57 %i – qayta ishlash sanoatiga, 40 % - xizmat ko‘rsatish sohasiga(birinchi navbatda turizm va tijoart ko‘chmas mulkka), 1,7 % - qishloq xo‘jaligiga va 1,1 % - tog‘-kon sanoatiga qo‘yilgan edi.
Jahon banki o‘z e’tiborini 2002 yilda qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini rivojlantirish strategiyasi doirasida qishloq joylarini rivojlantirishga qaratgandan boshlab, qishloq joylarini rivojlantirishga qo‘yilayotgan investitsiyalar 2002 yil budjet yilidagi 5 mlrd. AQSh dollaridan 2004 yil budjet yilidagi 7 mlrd. AQSh dollariga yetdi, ya’ni deyarli 40 %ga oshgan. Qishloq joylarini rivojlantirishga qo‘yilayotgan investitsiyalarning uchdan biri infratuzilma sektoriga yo‘naltirigan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi esa barcha kaptallarning beshdan biriga ega bo‘lgan.
Bankning ijrochi direktorlar kengashi tomonidan qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini riojlantirish – “Qishloq joylarida kambag‘al aholini qamrab olish” – strategiyasi beshta asosiy holatlarga asoslanadi. Ushbu strategiya rivojlantirishning yuqori samarsini ta’minlovchi beshta o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Asosiy e’tibor – kambag‘allar. Bank mehnat va yerdan katta daromadni ta’minlovchi kambag‘allarga yo‘naltirilgan qishloq joylarini rivojlantirish dasturini amalga oshiradi.
2. Keng miqyosda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Garchi qishloq xo‘jaligi qishloq joylarida iqtisodiy o‘sishni asosiy dvigateli hisoblansada, shuningdek Bank rivojlanishni jadallashtirishda nofermer iqtisodiy faoliyat ahamiyatini va xususiy sektor rolini tan oladi.
3. Qishloq joylaridagi barcha muammolarni xal etish. Bank uzoq muddatga mo‘ljallangan sektorlar o‘rtasidagi yondoshuvga o‘tadi, ammo bir vaqtning o‘zida avvalgi barcha manfaatdor tomonlarning qiziqishlarini qamrab ola olmagan “yuqoridan pastga” yondoshuvining kamchiliklarini bartaraf etish bilan ham shug‘ullanadi.
4. Barcha manfaatdor tomonlar birlashuvini shakllantirish. Bank dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishida barcha manfaatdor tomonlarni keng miqyosda ishtirok etishini ta’minlaydi.
5. Mijoz – mamlakatdagi global vaziyatlar bilan bog‘liq muammolarni xal etish. Bank rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lgan xalqaro global muammolarga katta e’tibor qaratadi. Masalan, savdo siyosati masalalari, qishloq xo‘jaligi subsidiyalari va global iqlim o‘zgarishlari.

XULOSA
Darhaqiqat, biz o‘zimizning iqtisodny rivojlanish modelimizni yaratishimiz va unda eski aravani qayta ixtiro etmay, undan foy- dalanishimiz, eng foydali, biz uchun ma’qul bo‘lgan jihatlarini qabul qilishmiz, ilg‘or- ‘lar tajribasiga tayanishnmiz lozim.


Shuning uchun u yoki bu darajada rivojlangan va umu- man e’tiborga loyiq bozor iqtisodiyotining barcha modellarinn o‘rganish, chuqur tahlil etish va to‘g‘rn, ob’ektnv xulosalar chiqarish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Bu borada respublikada keng va izchil ish- 'lar amalga oshnrilmoqda. Respublikamiznnng taniqln iqtisodchilarn, olimlari chet ellar- da bo‘lib, ularning bozor iqtiyoodiyoti tajri-basi bnlan yaqindan tanishmoqdalar.
Respublikamnznnng bir guruh yettakchi iqtpsodchi olimlari Turkiyada bo‘lib, u yerda ko‘plab xoldinglar, firma- lar, birjalar, fermer xo‘jaliklarida

bo‘lib, Turkiya modeli asoslarini o‘rgandilar va bozor nqtnsodiyoti xususiyatlarinp tahlil qildilar.


Biz uchun Turkiya tajribasi qo’l keladi.
Lekin Turkiyaning o‘z muammolari ham bor. Mamlakatnnng tog‘lik yerda joylashganligi qnshloq xo‘jaligining rivojlanishida bir muncha qiyinchilik tug‘dirardi.
Foydali sazilmalarinnng yetarli darajada tadqiq etilmaganligi esa ko‘pgina sanoat tarmoqlarining tezroq rnvojlanishiga halaqit bermoqda.
Bu model G‘arbning rivojlangan mamlakatlari ilg‘or tajribasini o‘zida o‘zlashti- rib aqs ettirish va singdirish bilan birga, jahon iqtisodiyotidagi ilgor g‘oya va amaliyot- ni ham o‘z ichnga olgan.
Bu borada Turkiyada 60-yillardan boshlab rejalashtirish yo‘lga qo‘yilganligi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishda uning njobiy rol o‘nnaganligini ta’kldla- moq lozim.

Foydalanilga adabiyotlar:


1. Жамол Жалолов. “Рнночная экономика: секретн турецкой модели”
Тошкент «Адолат» 1994
2. “Туркия иқтисодиёти”фанидан маърузалар тўплами. T DShI.
Тошкент-2018 йил
3. Turkey-2000, Стамбул, 2001 йил.
4. «Азия и Африка», Москва, 1996-2011 йиллар.
5. “Вашингтон таймс” (АҚШ) рўзномаси (1991 йил 21-декабрь).
6. «Мировая экономика», Москва-2010 год.
7. «МЭ и МО» журнали, Москва, сентябрь 1998 йил.
8. «Ҳаёт ва иқтисод» журнали, Тошкент, 1998 йил.
9. «Экономика зарубежных стран», сборник, Высшая школа-1994 год.
10. “Statistical outline of Turkey 1998-2018”, Туркия, Анкара, 2018 йил.
11. «Жахон мамлакатларида», Жахон ахборот агентлиги-2009 йил.
12. «Туркия-2009», Москва, 2009 йил.
13. «Заман» рўзномаси (Анкара, Туркия), 2011 йил, 18 декабрь.

14. Ломакин В.К. Мировая экономика.2013


Internet saytlari:
www.ziyouz.com

http://www.foreigntrade.gov.tr

http://www.tcmb.tr/ –Туркия Республикаси Марказий банки сайти, Статистика бўлими.

1 «Ҳалқаро луғат», Тошкент –1998 йил.

2 Туркия иқтисодиёти. Зуфар Мушаррапов

3 «Международ.экономика и международ.отношения», 2018 йил сентябр.

4 Буниятов З.Н. Актуальные проблемы современной Турции М.2004

5 Туркия иқтисодиёти Зуфар Мушаррапов

6 «Мировая экономика», Москва-2000 год.

7 «Экономика зарубежных стран», сборник, Высшая школа-2018 год.

8 Шодиев Т.Ш. Рыночная экономика Турции Т., 1993

9 Маматказин А.Мухторов А экономика Турции: история и современность Т. 1993



10 Туркия иқтисодиёти Зуфар Мушаррапов
Download 54,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish