Mavzu: Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyotida “Turkiya modeli” va uning xususiyatlari.
Reja:
Kirish
Turkiya iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha.
I.1. Turkiya davlatining iqtisodiy geografik o’rni, aholisi iqtisodiyot rivojlanishining asosiy sabablari.
I.2. “Turkiya modeli”ning jahon iqtisodida tutgan o’rni ahamiyati
“Turkiya modeli”ning umumiy tavsifi va turli sohalarning rivojlanishi.
II.1. Turkiya iqtisodiyotining rivojlanishi va olib borilayotgan iqtisodiy siyosat.
II.1. Turkiya sanoatining rivojlanishi
II.3. Turkiya qishloq xo’jaligining rivojlanishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mundarija:
Kirish ………………………………………………………. 4
Turkiya iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha. ……….. 9
I.1. Turkiya davlatining iqtisodiy geografik o’rni, aholisi iqtisodiyot rivojlanishining asosiy sabablari. ……………..….9
I.2. “Turkiya modeli”ning ahamiyati, jahon iqtisodida tutgan o’rni, moliyaviy tuzilishi va iqtisodiyoti. ……………………13
“Turkiya modeli”ning umumiy tavsifi va turli sohalarning rivojlanishi. ………………………………………………….21
II.1. Turkiya iqtisodiyotining rivojlanishi va olib borilayotgan iqtisodiy siyosat. ……………………………………………...21
II.1. Turkiya sanoatining rivojlanishi. ………………………..30
II.3. Turkiya qishloq xo’jaligining rivojlanishi. ………………36
Xulosa. …………………………………………………………41
Foydalanilgan adabiyotlar. …………………………………..42
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda Turkiya tobora iqtisodiyoti kuchli davlatga aylanib bormoqda, bu esa o’z navbatida Turkiyaning bugungi darajasida yetishda dastur-ul amal bo’lgan “Turkiya modeli”ni o’rganishni talab etadi. Nihoyatda qulay yerda — Osiyo va Yevropa qit’alari tutashgan Afrika, Amerika va Avstraliya qit’alariga chiqish chorrahasida joylashgan. U ko‘pgina mamlakatlarni birlashtiruvchi, temir va tosh yo‘llar, suv va havo yo‘llari bilan bog‘lovchi markaziy mintaqalardan birini egallagan.
Turkiya Shimolda Qora dengiz, G‘arbda Egey, Janubda esa O’rta Yer dengizlari bilan o‘ralgan. Bunday tabiiy-geografik joylashuv qadimda uni chet el istilochilari hujumidan bir muncha asrab kelgan va iqtisodiyoti, savdo-sotig‘ining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan iqtisodiyotida o‘ziga xos model yaratishda asosiy omillardan biri bo‘lmoqda.
Uning yer osti qazilma boyliklari, hayvonot va o‘simlik dunyosi xilma xil, ko‘p va rang-barangdir. Turkiya o‘zining ko‘pgina yer osti qazilma boyliklari bilan ham mashhurdir. Jahondagi surma, simob zahiralarining 25 foizi, xromning 8 foizi, volfram rudasining 7 foizi, uran rudasining 5,4, misning 4,4 foizi Turkiyaga to‘g‘ri keladi. Agar Turkiya axolisi jaxon aholisining 1.08 foizini va maydonininG‘TG‘,6 foizini (780,6 ming km2) tashkil etishi e’tiborga olnnsa, yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar uning zahiralarga boy ekanligidan darak beradi. Turkiya aholisining soni va o‘sish darajasi jihatidan ham dunyoda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning 84.3 millionga yahin aholisi bo‘lib, yillik o‘rtacha o‘sish darajasi 1.09 foizni tashkil etadi.2059-yilda turkiya aholisi o’sish darajasining cho’qqisiga chiqishi 97.96 millionga yetishi kutilmoqda keyin esa yillar davomida pasayish kutiladi
Turkiyaning uch tomoni dengiz bilan o‘ralganligi, dengiz qirg‘oqlarining qumloqligi, musaffo havosi, shifobaxsh chiroyli tabiati dunyoning barcha mamlakatlaridan millionlab sayohatchilarni o‘ziga chorlaydi. Bunday qulay tabiny sharoit iqtisodiyotning rivojlanishi uchun yaxshi zamin, potensial imkoniyat hisoblanadi. Bu imkoniyatlardan foydalanish u yerdagi kishilar qo‘lidadir.
Bu borada Turk xalqi o‘zining mehnatsevarligi, ishbilarmonligi, yaxshi xulq-atvori bilan dunyoga ma’lum. Turk olimlarining, maorif va madaniyat xodimlarining ham jahon fantexnika va madaniyati rivojlanishidagi hissasi hurmatga loyiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |