Reja: Kirish. So’nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish



Download 40,03 Kb.
bet1/4
Sana29.12.2021
Hajmi40,03 Kb.
#84116
  1   2   3   4
Bog'liq
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ning



mazmun-mohiyati va tahlili
Reja:
Kirish.

  1. So’nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish.

  2. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi haqida umumiy tushuncha.

  3. Xulosa.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ning



mazmun-mohiyati va tahlili
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

So’nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to’sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.

Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan. 

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir ko’rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg’otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko’rsatadi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni saqlash g’oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga o’zining jiddiy salbiy taʼsirini ko’rsatmoqda.

Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda. 

Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ’ibotning ilg’or va taʼsirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan uyg’un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo’yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida: 

1. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilansin: 

aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy g’oyani mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni saqlash g’oyalarini keng targ’ib qilish; 

yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o’rgatish;

aholi o’rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo’yicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o’rgatish bilan uyg’un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; 

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ’ibotni amalga oshirish borasidagi o’zaro hamkorligini mustahkamlash; 

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo’lga qo’yish; 
ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan taʼminlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ’ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo’llashni kengaytirish;

yuridik taʼlimni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; 

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish. 

2. “Yuksak huquqiy madaniyat – mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual g’oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin. 

3. Belgilab qo’yilsinki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs – oila mahalla taʼlim muassasasi tashkilot jamiyat” prinsipi bo’yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi. 

4. Quyidagilar: 

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi (keyingi o’rinlarda ‒ Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq; 

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019 yilda samarali amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” (keyingi o’rinlarda ‒ “Yo’l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qo’yilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning o’z vaqtida, to’liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar bo’ladi. 

5. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilansin.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qo’shimcha vazifalar yuklatilsin: 

ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati to’g’risida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng ko’lamda foydalanishini taʼminlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; 

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targ’ibot va maʼrifat bo’yicha olib borilgan ishlarni o’rganish, shuningdek, ularning ushbu yo’nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash; 

aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targ’ibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; 

ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to’g’risida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini o’rganish, tahlil qilish, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish. 

6. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining: 

O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi hamda qo’shimcha huquqiy maʼlumotlar (yuridik lug’at, huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi, qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi bo’yicha onlayn forum va boshqalar) yetkazish tizimini o’z ichiga oladigan O’zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portalini yaratish;

aholiga bepul maslahat berish portalini o’z ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimini yaratish; 

umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir o’quv mashg’ulotlari ko’lamini yanada kengaytirish;

aholining kundalik hayotida ko’p uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob tarzidagi qo’llanmalarni tayyorlash va xonadonlarga bepul tarqatish; 

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo’shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko’rsatgan xizmatlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targ’ibot ishlari aʼlochisi” ko’krak nishonini taʼsis etish to’g’risidagi takliflari maʼqullansin.

7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Huquqiy targ’ibot ishlari aʼlochisi” ko’krak nishoni to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin. 

8. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ’ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha olib borayotgan faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yo’lga qo’yish tavsiya etilsin.

9. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim muassasalarida “Bola huquqlari va majburiyatlari” mavzusidagi mashg’ulotlarni malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda ko’rgazmali tarzda tizimli joriy etish bo’yicha takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. O’zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:

2019/2020 o’quv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida o’quvchi va talabalarning huquqiy bilimlari uzluksiz va tizimli oshirib borilishini taʼminlash mexanizmini joriy etsin, shuningdek, o’quvchi va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan o’quv dasturlarini tubdan qayta ko’rib chiqilishini taʼminlasin;

2019 yil 1 martga qadar yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun o’ta salbiy illat ekanligini targ’ib qilishga qaratilgan o’quv materiallari tayyorlanishini tashkil qilsin;

yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo’yicha taʼlim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini ko’rsin.

11. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda taʼlim muassasalarida turli huquqbuzarliklar, qoidabuzarliklar, giyohvandlik va boshqa salbiy hodisalarning oldini olish bo’yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.

12. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

2019 yil 1 iyulga qadar Advice.uz huquqiy axborot tizimining ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin;

2020 yil 1 yanvarga qadar O’zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali yaratilishini to’liq yakunlasin;

uch oy muddatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko’rsatish (pro bono) tizimini rivojlantirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

doimiy ravishda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilab, aniq dasturlar asosida ular bo’yicha manzilli va predmetli huquqiy targ’ibotni amalga oshirsin, huquqiy targ’ibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish borasida aholi turli qatlamlarining fikrlarini o’rganib, tahlil qilib borsin;

ikki oy muddatda yoshidan kelib chiqib huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi bo’yicha aholining huquqiy savodxonligi darajasiga qo’yiladigan minimal talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

bir oy muddatda mahallalarda fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida tizimli ravishda amalga oshiriladigan “Huquqiy axborot kuni” loyihasini joriy etsin;

bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqsin;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini o’rganish uchun tadqiqotlar va so’rovlar o’tkazib borsin;

zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, xorijiy ekspertlarni Konsepsiya va “Yo’l xaritasi”ni samarali amalga oshirishda ishtirok etishga, shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan bog’liq dolzarb masalalarni muhokama qilishga va natijasi bo’yicha zarur chora-tadbirlarni belgilashga keng jalb qilsin;

Konsepsiya va “Yo’l xaritasi”ning amalga oshirilishi doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining o’z vaqtida hamda sifatli tayyorlanishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlasin;

Konsepsiya va “Yo’l xaritasi”ni amalga oshirish jarayonining samarali muvofiqlashtirilishi va monitoringi, shuningdek, ularning ijrosi to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga doimiy ravishda axborot berib borsin;

ikki oy muddatda Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning ko’rsatkichlarini tasdiqlash to’g’risidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 

13. O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir teleko’rsatuvlar ko’lamini kengaytirish choralarini ko’rsin.

14. O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etishga oid mavzularni muntazam eʼlon qilib borsin.

15. Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni targ’ib qilish bilan bog’liq loyihalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berishi mumkin.

16. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Farmondan kelib chiqadigan huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan mablag’larni o’zlarining xarajatlar smetasida nazarda tutib borsin.

17. O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O’zbekiston Milliy axborot agentligi, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi:

ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini taʼminlash borasidagi rolini oshirish, bu borada ularning davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin; 

Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmuni va mohiyatini hamda uning amalga oshirilishi bo’yicha keng tushuntirish ishlarini ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog’i orqali yoritilishini taʼminlasin. 

18. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B.Murodov va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o’rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda.

Qisqacha aytganda, biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz tabiiydir.

Ma’lumki, O‘zbekiston 1991 yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, “o‘zbek modeli” deb nom olgan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.

Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo‘lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya’ni “shok terapiyasi” yo‘li bilan amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda.

Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.

Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalaro‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan ta’kidlasak arziydi, deb o‘ylayman.

2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarishpasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetishi kutilayotgani, kelgusi 2011 yilda esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab berilayotgani ko‘pgina xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Dunyoda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzlari ko‘payib borayotgani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan bir paytda O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan oshmaydi, davlat budjeti esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan bajarilmoqda.

Albatta, mamlakatimiz qo‘lga kiritayotgan bunday ulkan yutuqlar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin.

Ma’lumki, sobiq tuzum davrida respublikamizning iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlangan, faqat xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, mash’um salbiy oqibatlarga olib kelgan paxta yakkahokimligi avjiga chiqqan edi. O‘zbekiston o‘zining qoloq ishlab chiqarish va sotsial infratuzilmasi bilan sobiq ittifoqda jon boshiga iste’mol darajasi bo‘yicha eng past o‘rinda turardi. Mustaqil rivojlanish yillarida – tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo‘lga kiritdi, buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o‘zgarib, jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yuksalib bormoqda.

Ayni paytda barchamiz bir haqiqatni o‘zimizga aniq tasavvur etishimizni istardim. Ya’ni, erishilgan bunday marralar – barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so‘zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, jahon miqyosida obro‘-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo‘lning bir qismi, xolos.

Bu yo‘lda biz duch kelishimiz mumkin bo‘lgan shunday bir xavf borki, u ham bo‘lsa, avvalambor erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlik kayfiyatiga berilish, real voqelikdan uzilib qolish xavfidir. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyotining samaradorligi va istiqboliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo‘lishimiz shart.

Ma’lumki, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Shu bois avvalambor ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozini oldindan ko‘rish imkonini beradigan, har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakat va xalq pirovard natijada muvaffaqiyatga erishadi.

Shu munosabat bilan alohida ta’kidlab aytmoqchimanki, mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum o‘zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo‘lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishimiz darkor.

Shu ma’noda, 1992 yil dekabr oyida qabul qilingan, mamlakatimizning demokratik taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplarini belgilab bergan Konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlarimiz 2001 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan keyingi 10 yil davomida yanada faollashib, ko‘lami va miqyosi tobora kengayib bormoqda.

Natijada bugungi kunga kelib biz o‘z oldimizga qo‘ygan asosiy maqsadimizga erishdik, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.

Buning tasdig‘ini mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat’iy va izchil tus olgani, odamlarimiz o‘zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo‘layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko‘rish, anglash qiyin emas.

Yurtdoshlarimizning, butun jamiyatimizning hayotidagi ana shunday o‘zgarish va yangilanishlar, o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yo‘lidan dadil rivojlanib borishini ta’minlayotgan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.

Mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bundan buyon ham og‘ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, quyidagi yo‘nalishlarni demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalari sifatida belgilash zarur, deb o‘ylayman.


Download 40,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish