54
Xulosa.
Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotning boshqa
sohalari qatori soliq
tizimida
ham
muayyan
ishlar
amalga
oshirilmoqda.
Xususan,
soliq
qonunchiligining
tobora
takomillashtirilayotgani,
tizimdagi
yangilik
va
o‘zgarishlar yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik
subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq yukini pasaytirish maqsadida 2019
yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12
foiz miqdorida belgilandi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2018 yil 29
iyundagi
Farmoni
bilan
2017-2021-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida,
shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta
jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning
tavsiyalaridan kelib
chiqib,O‘zbekiston
Respublikasining
soliq
siyosatini
takomillashtirish
konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni yanada takomillashtirish borasida ham qator islohotlar olib
borilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Umuman olganda, soliq va majburiy to'lovlar stavkalarining bosqichma-bosqich
kamaytirilishi hisobiga xo'jalik yurituvchi sub`ektlar (tadbirkorlar)ning
faolligini
oshirish 2019 yilda asosiy maqsad qilinganini ushbu o'zgarishlardan anglash
mumkin. Shuningdek, hududlardagi mahalliy byudjet mablag'larini tasarruf etish
bo'yicha ham mahalliy hokimiyatlarga ko'plab vakolatlar berilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, soliqlar mamlakatimiz
iqtisodiyotining
asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Hozirga qadar davlatning
funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni
shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan
emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish
usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda
55
etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar
bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“O’zbekiston
Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi
va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga mo’ljallari
to’g’risida”gi PQ-4086-son qaroriga asosan tasdiqlangan soliq va boshqa
majburiy to’lovlari stavkalarida avvalgi yillarga
nisbatan yanada izchil
islohotlar keltirib o’tilgan.
Yagona soliq to’lovidan tushgan mablag’lar quyidagicha taqsimlanishi
ham tegishli qonun hujjatlarida quyidagicha belgilanadi:
-
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga – 46%
-
Pensiya fondiga – 46%
-
O’zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg’armasiga – 4%
-
O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 4%.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uni tarkibiy qayta
qurish, islohotlar samarasini oshirish borasida bir qator izchil ishlar olib
borilmoqda. Islohotlar asosiy yo’nalishlari
sifatida soliq tizimini
shakllantirish va takomillashtirish bilan bog’liq bo’lib, asosiy maqsad –
xo’jalik yurituvchi subyektlar va davlat o’rtasida majburiy to’lovlar bilan
iqtisodiy munosabatlarga o’zaro erishishdan iborat. Bu borada soliq
siyosatini erkinlashtirish ushbu sohada erishiladigan yutuqlar garovidir.Shu
sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida
soliq siyosatining erkinlashtirilishning belgilanishi bejiz emas.So’zimiz
yakunida shuni e’tirof
etish kerakki, bugungi kunda respublikamizda
qilinayotgan barcha islohotlar xalq uchun, uning manfaatlari va yanada
erkin va farovon hayot barpo etishi uchun qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: