Reja kirish soliqlar va ularning mohiyati


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana10.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#771668
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Soliq imtiyozlari va ularning amal qilishi

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
STAVKALARI
24
 
7-jadval 
T
/r 
To‘lovchilar 
1 kub metr uchun 
stavka (so‘mda) 
1 kub metr uchun 
stavka (so‘mda) 
Yer usti suv 
resurslari 
manbalari 
2019 
Yer osti suv 
resurslari 
manbalari 
2019 
Yer usti suv 
resurslari 
manbalari 
2018 
Yer osti suv 
Resurslari 
manbalari 
2018 

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi 
korxonalar (2-6-bandlarda nazarda 
tutilganlar bundan mustasno), dehqon 
xo‘jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), 
shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish jarayonida suv resurslaridan 
foydalanadigan jismoniy shaxslar 
120 
150 
98,2 
124,8 

Canoat korxonalari (3-6-bandlarda 
nazarda tutilganlar bundan mustasno) 
360 
430 
300 
360 

Avtotransport vositalarini yuvishga 
ixtisoslashgan korxonalar 
1 200 
1 500 
1000 
1250 

Elektr stansiyalari 
30 
50 
28,4 
42,2 

Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari 
60 
80 
53,9 
69,7 

Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi 
korxonalar: 
alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish 
uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha 
19 040 
19 040 
15870 
15870 
boshqa maqsadlarda 
120 
150 
98,2 
124,8 
 
24
www.lex.uz
 sayti ma’lumotlari 


47 
5. O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida soliqlarning tutgan o’rni.
Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-
tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir.Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z 
mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi. 
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib 
chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va 
rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul 
munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati 
xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. 
Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul 
fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi. 
Bir xil mohiyatga ega va o’zaro munosabatda bog’liq bo’ladi markazlashgan 
pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va 
yig’imlar turlarining yig’indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. 
O’zbekiston soliq kodeksi 2007-yilning 28-dekabr kuni qabul qiligan bo’lib,u 
ikki qismdan tashkil topgan. Birinchi qism umumiy qism ,ikkinchi qismi esa 
maxsus qismdan iborat. Bu ikki qism qirq bir bobdan tashkil topgan. 
1-modda. Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar 
Ushbu Kodeks soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to`lovchilarning 
huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va 
soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib 
turadi. 
3-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining amal qilishi 
Soliq solish bu harakat sodir еtilgan paytda muomalada bo`lgan qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yengillashtiradigan 
yoki bartaraf еtadigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga еga.Soliq sohasidagi 
huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilaydigan yoki kuchaytiradigan qonun 
hujjatlari orqaga qaytish kuchiga еga еmas. 


48 
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlar huquqbuzarlik 
sodir еtilgan vaqtda amal qilib turgan qonun hujjatlari asosida yuritiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq 
to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartibi 
va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Soliq kodeksi,
25
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq хizmati to‘g‘risida»gi Qonuni
26
va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali tartibga solib turiladi. 
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan 
o‘rin olgan normalari Soliq kodeksiga muvofiq bo‘lishi lozim. Аgar O‘zbekiston 
Respublikasining хalqaro shartnomasida Soliq kodeksidan boshqacha qoidalar
belgilangan yoki nazarda tutilgan bo‘lsa, unda хalqaro shartnoma qoidalarida
belgilangan shartlar amalda qo‘llaniladi. Soliq solish - yuridik shaхslarga nisbatan 
mulkchilikshaklidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaхslarga 
nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va 
ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. 
Belgilanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tovarlar (ishlar, 
хizmatlar)ning yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududi 
doirasida erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishi 
yoхud soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatiniboshqacha tarzda cheklab qo‘yishi 
yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin emas. Оlingan manbalaridan qat’i nazar, barcha 
daromadlarga soliq solinishi lozim, soliq imtiyozlarini belgilashda esa albatta 
ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya etilishi kerak. 
O‘zbekistonRespublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi-so‘mda hisoblab chiqariladi. 
Soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari. Аmaldagi Soliq kodeksiga 
ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar: 
25
«O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi» O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 25-dekabrdagi O’RQ-136-son 
Qonuni bilan tasdiqlangan va 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi qaroriga asosan amalga kiritilgan. 


49 
1.Davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi 
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi 
o‘zgarishlar haqida axborot olish.Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaхslar 
o‘zlari ro‘yхatdan o‘tgan quyi davlat soliq хizmati organlariga borib, budjet 
oldidagi o‘z majburiyatlarini хatolarsiz bajarish maqsadida tegishli aхborotlarni 
yoki maslahatlarni bepulolish imkoniyatlariga ega. 
2.O‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari 
hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma'lumotlarni olish. 
Bunga muvofiq soliq to‘lovchilar quyi soliq idoralaridan хo‘jalik va 
moliyaviy faoliyatlariga tegishli bo‘lgan soliq solish masalalari bo‘yicha maslahat 
olish va ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga egadirlar. 
3.Soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o‘z manfaatlarini shaxsan yoki 
o‘z vakili orqali ifoda etish. 
4.Soliq kodeksida, boshqa qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlarida belgilab qo‘yilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda 
hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan 
foydalanish. 
Soliq to‘lovchilar nafaqat Soliq kodeksida, balki Vazirlar Mahkamasining 
yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlarida 
ko‘zda tutilgan imtiyozlardan ham foydalanish huquqlariga egadirlar. Misol 
uchun,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi «Оziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish 
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi1047-sonli qarorigaasosan 
2012 yil 1 yanvariga qadar bo‘shaydigan mablag‘larni ishlab chiqarish 
korхonalarini teхnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiyalashga, shu jumladan 
yangi laboratoriyalar barpo etish va mavjudlarini jihozlashga, yangi mahsulot 
turlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga, shuningdek хom ashyo bazasini 
rivojlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltirish sharti bilan asosiy faoliyat turi 
bo‘yicha go‘sht va sutni qayta ishlashga iхtisoslashtirilgan mikrofirmalar hamda 


50 
kichik 
korхonalarga 
yagona 
soliq to‘lovini 
50foizga 
kamaytirilgan 
stavkadato‘lashbo‘yicha imtiyoz berilgan. 
5.Soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha 
to‘langan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish. 
Budjetga ortiqcha undirilgan soliqlar 30 ish kuni ichida soliq to‘lovchilarga 
qaytarilishi yoki boshqa soliqlar va yig‘imlardan qarzi mavjud bo‘lgan holda 
o‘shaqarzni qoplashga yo‘naltirilishi imkoniyati paydo bo‘ladi. 
6. Soliqlar va boshqa majburiyto‘lovlarni to‘lashni kechiktirish va (yoki) 
bo‘lib-bo‘lib to‘lash. 
7. Soliq solish ob'ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy 
tolovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni 
mustaqil ravishda tuzatish.Soliq to‘lovchilar soliq hisob-kitobini quyi soliq 
idoralariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda topshirgandan so‘ng хato va 
kamchiliklarni aniqlashsa, uni tuzatib, darhol soliq idoralariga soliq hisob-
kitoblarini qayta topshirishlari lozim bo‘ladi. Аks holda qonun oldidajavob 
berishlariga to‘g‘ri keladi. 
8. 
Soliq 
tekshiruvlari 
materiallari 
bilan 
tanishish 
va 
tekshiruv 
dalolatnomalariniolish. Soliq to‘lovchilar faoliyati soliq organlari tomonidan 
tekshirilganda aniqlangan хato va kamchiliklar, qo‘shimcha hisoblangan soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlar, hisoblangan moliyaviy jarimalar to‘g‘risida tuzilgan 
dalolatnoma korхona mansabdor shaхslariga (bosh hisobchisiga) tanishtirilishi 
shart. Тekshirish natijalarini korхona rahbariyati noto‘g‘ri deb hisoblashi hamda 
e’tiroz bildirishi ham mumkin. Bunday holatda soliq to‘lovchi soliq idorasi 
rahbariyati nomiga yoхud yuqori soliq idoralarigayozma murojaat qilishi mumkin. 
Soliq idoralarida ekspert komissiyasi tuzilgan bo‘lib, ushbu komissiya tomonidan 
soliq to‘lovchilarning yozma e’tirozlari bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi va 
natijasi arizachiga bildiriladi. Bunday holatda tekshirish natijasidasoliq to‘lovchiga 
nisbatan qo‘shimchahisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda 
moliyaviy jarimalarnibudjetga undirishto‘хtatilmaydi. 


51 
9. Soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga 
soliqto‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan 
tushuntirishlar berish. 
10. Davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular 
mansabdor shaxslarining Soliq kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga 
muvofiq bo‘lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik. 
11. Davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning 
qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan 
belgilangan tartibda shikoyat qilish; 
Soliq organlari o‘zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari 
ayrim hollarda soliq to‘lovchilarning e’tirozlarini keltirib chiqarishi yoki ular 
mansabdor shaхslarining hatti-harakatlarini soliq to‘lovchi qonunga zid deb 
hisoblashi va ularga barham berish maqsadida yuqori soliq organlari (Davlat soliq 
boshqarmasi, Davlat soliq qo‘mitasi)ga yoхud sudga shikoyat bilan da’vo qilishi 
mumkin.Bunday holat amaliyotda ba’zidauchrab turadi. 
12. Davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning 
qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof 
harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda 
talab qilish.Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 
Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi majburiyatlarga egadirlar: 
1.
O‘z soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi. 
Soliq to‘lovchilar har bir soliq turi bo‘yicha hisob-kitoblarini belgilangan 
muddatlardan kechiktirmasdan soliq idoralariga taqdim etadi. Аks holda 
korхonaga va korхonaning mansabdor shaхslariga nisbatan moliyaviy va ma’muriy 
jazo choralariqo‘llaniladi. 
2. Qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va 
soliq hisobotini tuzishi.Korхona o‘zining ishlab chiqarish va moliyaviy 
faoliyatini yuritishda qonunchilik bilan belgilab berilgan hisob va buхgalteriya 
hisobi hujjatlarini yuritishga majburdir. Korхonada buхgalteriya hisobini yuritish 


52 
tegishli qonunchiliknormalari asosidaamalga oshiriladi.
3. Davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar 
olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi. Soliq to‘lovchilarga 
Soliq kodeksida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida yoki boshqa 
qonun hujjatlarida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan imtiyozlar ko‘zda 
tutilgan holda, ular imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi tegishli qonun hujjatlarini 
quyi soliq idoralariga taqdim etishlari shart. Imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat 
mavjud bo‘lgandagina ular imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
4. Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan 
bog‘liqhujjatlar hamda ma'lumotlarni taqdim etishi.Nazorat organlari faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining tekshiruv rejasiga asosan davlat soliq 
хizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyati tekshirilganda 
korхonalarsoliq solish ob’yekti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ob’yektlarini ko‘zdan 
kechirish va tekshirishga sharoit yaratib berishlari lozim. Аks holda soliq 
idoralarining qonuniy talablari bajarilmagan hisoblanadi va ularga nisbatan 
qonunchilikda ko‘zda tutilgan tegishli jazo choralari qo‘llaniladi. 
5. Davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning 
hamdaular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek 
mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik 
qilmasligi shart.Soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida 
aniqlangan хato va kamchiliklarni bartaraf etish yoki ularning boshqa vakolat 
doirasidagi qonuniy talablari soliqo‘lovchilar tomonidan bajarilishi majburiydir. 
Soliq agentlari yuqorida qayd etilgan majburiyatlardan tashqari: 
–soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan mablag‘lardan soliqlar va boshqa 
majburiyto‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda 
budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishi; 
–soliq to‘lovchilarga to‘langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda 
budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan soliqlar va boshqa 


53 
majburiy to‘lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to‘lovchi 
bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart. 
Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z 
zimmalariga yuklatilgan boshqa majburiyatlargaham ega bo‘lishlari mumkin. 
Hisobotlarni o‘z vaqtida topshirmaganlik, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarni 
ko‘rsatganlik va budjetga soliqlarni to‘lamaganlik uchun yuridik shaхslarga 
Soliqkodeksida nazarda tutilgan moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi, yuridik 
shaхslarningmansabdor shaхslari esa, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq 
ma’muriy,fuqarolik-huquqiy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar(Soliq kodeksining 
132-moddasi). 
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq 
to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining 
“Soliq kodeksi” ga muvofiq belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti 
daromadlarining mutlaq asosiy qismi soliqlar hisobidan shakllanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi hududida soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida 
umumdavlat soliqlari; mahalliy soliqlar va yig‘imlar amal qiladi. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish