Mavzu: 1-sinfda savod o`rgatish
Reja:
Kirish
1.Savod o`rgatish metodikasining psixalogik asoslari.
2. Savod o`rgatishda analitik- sintetik tovush metodi
3. Savod o`rgatish jarayoni.
a) Alifbegacha tayorlov davri
b) Alifbo asosiy davr.
Mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ko`p jihatdan ta`lim tarbiya sohasidagi sifat o`zgaarishlari ,yuqori samaradorlikka erishish ularning jahon ta`limi talablari bilan mosligi amaliy faoliyatdagi o`rnini qay darajada topoyotganigi bilan uzviy bog`liqdir.
Bugungi kunda Respublikamizda uzluksiz talim-tizimining hayotimizda o`z o`rnini va amaliy ahamiyatini topishda diqqatga sazovar ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa ”Talim to`g`risidagi” Qonun va “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi ta`limga, xususan uzluksiz ta`lim ttizimining asosini tashkil etuvchi boshlang`ich ta`limga ,xususan ,uzluksiz talim tizimining asosini tashkil etuvchi boshlang`ich talimga bo`lgan talabning ijobiy tomonga o`zgarishiga olib keldi Boshlang`ich ta`lim asosan o`quvchining ongiga savodxonlik asoslarini elementlarini singdirish davridan iboratdir.Demak bu davrdagi savodxonlik uzluksiz ta`lim tizimining keyingi bo`g`inlarini intektual salohiyoti bo`lishligiga mustahkam zamin yaratadi
Muhtaram Prezdentimiz tadbiri bilan aytganda “Agar poydevor mustahkam bilim va tarbiya beilsagina qaysi fan bo`lishidan qat`iy nazar yuqori sinflarda o`quvchining o`zlashtirishi oson kechadi”
Boshlang`ich ta`limning asosiy maqsadlaridan biri ham umumiy o`rta ta`limuchun zarur bo`lgan savodxonlik davrida sakllantirishga qaratilgandir.Shu sababli bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlashda ta`lim mazmuniga qo`yilgan talablarga jiddiy yondashmoq lozim bo`ladi.
Birinchi va ikkinchi sinflarda bolalar maktab hayotida faoliyat ko`rsatishga tayyorlanadi. O`quv fanlaridan umumiy tushunchalarberiladi o`qish, yozish, hisoblash, kuzatish va mehnat malakalari hosil qilishga savodxonlik to`liq egallanishiga asosiy etibor qaratishdi
Uchinchi, to`rtinchi sinflarda esa bilim, ko`nikma va malakalar yanada mustahkamlanadi dastlabki nazariy tushunchalar hamda tasavurlar hosil qilinadi.
Maktabda o`qitish elementar o`qish va yozishga o`rgatishdan boshlanadi . Alifbega asoslangan holda qisqa muddata o`quvchilar o`qish yozishga o`rgatiladi.
O` zbek tili yozuvi fonematik yozuvdir, O`zbek tili yozuvi uchun 1993 yil lotin grafikasi asos qilib olinadi ya`ni nutqning har bir tovushi uchun yozuv unga mos shakli qabul qilindi. O`qituvchi savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarga tovushlar haqida ma`lumot berishda o`zbek tilini fonetik xususiyatlarni hisobga olishi zarur.
Savod o`rgatish analitik sintektik tovush metodida olib boriladi.
Bu metodda so`z bo`g`iniga kerakli tovush ajratib olinadi tahlil qilinadi, o`rganilgan harflar bilan sintezlanadi
Hozirgi o`zbek tilida unlilar sistemasi(a,o,I u o`, e ) savod o`rgatishda tovush harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.
O`zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. 24 ta undosh tovush 23 ta undosh harf bilan belgilanadi.
O`qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o`quvchilarni idroki xotirasi tafakkuriga va nutqini o`stirishga katta e`tibor berish kerak.
Savod o`rgatishda fonematik qobiliyatlarni o`stirish , to`g`ri va aniq talaffuz qilishga o`rgatishda fonematik qobiliyatlarni o`stirish, to`g`ri va aniq talaffuz qilishga o`rgatish tovushni ajralish ko`nikmasini o`stirish muhim sanaladi.
O`quvchilar ruchkani to`g`ri ushlash daftarni to`g`ri harfni yozishda yozuv chiziqlarini esda saqlashi kerak
Harifni- harfga ulashi qatoriga sig`ish –sig`masligi bilishi lozim.
Bular o`quvchini aqliy va jismonan charchatadi. Shuning uchun darslarda fizkultura mashqini o`tkazish tavsiya etiladi.
Daraxt tagin yumshatamiz
Daraxtga suv quyamiz
Daraxtim o`sib ketdi
Bo`yi osmonga yetdi
Olma yedim baqalog`idan
Olcha yedim qo`shalog`idan
Anjir yedim yapalog`idan
Bog`bon bobomning shapalog`idan
2. Savod o`zgatishda analistik tovush metodiga K.D Ushenskiy asos slogan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashtirildi. Bu metodning quyidagi tamoyillari bor . Savod o`zgatishda analitik sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko`ra t a`limiy va o`stiruvchi harakterda bo`ladi. Ya`ni nutqiy mashqlar orqali aqlning osishining ta`minlaydi, o`qishning ongli bo`lishini talab etadi. Bu metod tashkiliy tomondan ikki davrga
1.Alifbegacha tayyorlov davri
2. Alifbo davriga bo`linadi
O`qish va yozishga o`rgatish davri.
Ana titik sintaktik tovush metodi
Peuxomistik naqtai nazaridan bolaning jonli nutqiga ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi. Ikkinchidan savod o`rgatish tovush asos qilib olinadi. Undan tovushni ajiratishga analiz va sintez qilishga ahamiyat beriladi. O`qish birligi sifatida bo`g`in olinadi.
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonida bo’g’in tamoyillari:
Savod o’rgatish jarayoniga o’quvchilarga diferensial va individual yondashish.
So’z yasalishi imlo, leksikalogiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosdan muntazam berib boorish.
Tovushni o’rganishning qulay usullarini izlash.
Tovush va harflarning mosligini osonligini va bundan tashqari ta’limning tarbiyaviy va ta’limiy ahamyatini shakllantirish.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi.axloqiy tarbiya ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni ham egallaydilar.
Alifbe sahifalarida do’stlik, bolalar mehnati, bolalar o’yinlari, kattalar mehnati, tabiat va oila hayotiga oid rasmlar berilgan.
Bular bolalarda o’zaro do’stlik, kattalarga hurmat, tabiatni asrash va sevish hayvonot dunyosiga qiziqish ularni muhofaza qilish va o’qishni sevish, umuman estetik tarbiya shakllantiradi.
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgustdan xatto undan oldin bahorda boshlanadi. 1 – sinfga keladigan o’quvchining oilasiga, bog’chasiga boriladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi o’rganiladi.
O’qish ko’nikmasini aniqlash.
So’zni sidirga o’qiydi.
Bo’g’inlab o’qiydi.
Harflab o’qiydi
Anchagina harflar biladi.
Yozuv ko’nikmasini aniqlash.
Harfni yozishni biladi bosma yoki yozma.
Ayrim harfni yozishni biladi.
Yozishni umuman bilmaydi.
Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi aniqlanadi
Og’zaki bog’lanishli nutqi va rasm asosida fikr bayon qilishi aniqlanadi. Bu ma’lumotlardan dars davomida sinf o’quvchilarini metodikasini tanlashda foydalaniladi.
Analitik sintetik tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon 2 davrga bo’linadi.
Alifbegacha tayyorlov davri o’z navbatida 2 bosqichga bo’linadi: harf o’rganilmaydigan va unli tovush harf o’rgatish bosqichi.
Savod o’rgatish jarayonidagi darslar predmetiga ko’ra 2 turli a) alifbe darsi asosidagi o’qish darslari. b) yozuv daftari asosidagi yozuv darslari.
Birinchi bosqichning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib intizom qoidalari bilan tanishtirish, ularga nutq, og’zaki va yozma nutq haqida gap nutqning gaplardan tuzilishi, gaplarning so’zlardantuzilishi, so’zlarning bo’g’inlarga bo’linishi, tovushlarni unli va undosh tovushlarga ajratilishini o’rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish. Bu davrda yana o’quvchilarda bog’lanishli nutqni alifbeda berilgan rasmlar asosida rivojlantirish.
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilarda daftar bilan yozuv – chizuvlar bilan tanishtirish harf elementlarini yozishga o’rgatish namunaga qarab olib boriladi.
Ikkinchi bosqichda unli tovush va unli harflar o’rgatiladi. Bunda ularni quyidagi xususiyatini bilishlari talab etiladi:
Og’izda to’siqqa uchramasligini
Cho’ziq aytilishini
Bu bosqichda tovush bilan harfni o’rgatish ham ko’zda tutiladi. Bolalarga tovush va harf tasnifi beriladi. So’z tahlilida tovushni ifodalovchi harf ko’rsatilgach harf ustida ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |