Reja: kirish. Patent haqida intellektual mulk agentligi



Download 88,5 Kb.
bet2/7
Sana15.04.2022
Hajmi88,5 Kb.
#554570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT. MUSTAQIL ISH 2

PATENT HAQIDA


Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklyuziv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi.
Xalqaro Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari boʻyicha shartnomasiga koʻra, bu tashkilotga aʼzo mamlakatlarda har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar mavjud boʻlishi zarur.
Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi. Koʻp mamlakatlardagi qonunlariga koʻra, patent 15—20 yil muddatga beriladi. Baʼzi mamlakatlarda ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent berilmaydi.
Oʻzbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan.
Bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan maxsus ruxsatnoma ham „patent“ deb ataladi. Davlatdan bunday patentni sotib olish tadbirkorlarni (odatda, yakka tartibdagi tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod etadi.
Patent huquqi tarixi o`rta asrlarning oxirlarida paydo bo`lgan ixtirolarga berilgan imtiyozlardan boshlanadi. Dastlab, imtiyozlar monarxning xohishiga binoan berilgan va ma`lum bir shaxs yoki tashkilot manfaatiga xizmat qiluvchi monopoliya edi. Shu bilan birga, ixtiro uchun patentni ixtirochining shaxsan o`zi emas balki, patent uchun yetarlicha pul to`lagan har kim olishi mumkin edi.
Shunga qaramay, sanoat jadal rivojlanayotgan davrda insonlar ixtiro qilishdan to`xtamas edi. Va shunday qilib, dunyoda birinchi ixtiroga patent 1421-yilda Florensiya shahar mahkamasi tomonidan kemaning burilish kranini ixtiro qilgan Filippo Brunelleski nomiga berilgan. Buyuk Britaniyaning eng qadimgi patenti 1449-yilda Genrix VI tomonidan Flamandlik Djonga Iton kollejining rangli oynalarini ishlab chiqarishni o`ylab topgani uchun berilgan.
Zamonaviy talqindagi patent so`zi Venetsiya Respublikasida 1474-yilda paydo bo`lgan. Aynan shu yilda qalbakilashtirilishini oldini olish uchun amaliyotga tadbiq etilgan ixtirolar haqida respublika hukumatiga ma`lum qilish shartligi to`g`risida qaror qabul qilindi. Qarorga ko`ra, patentning amal qilish muddti 10 yil edi. O`sha davrda qirol hokimiyati zamonaviy patent prototipi bo`lgan “shaxsiy imtiyozlar” berish orqali ixtirochilar huquqlarini himoya qilib chiqdi. Ushbu imtiyozlarning maqsadi ixtirochini ishlab chiqaruvchi nazoratidan ozod qilish edi. 1623-yilda Angliyada Monopoliyalar to`g`risidagi Nizom e`lon qilindi, unga ko`ra patentlar yangi ixtirolar loyihalariga berilishi boshlandi.
Ixtirochilarning patent himoyasi sohasidagi ilk sud ishlari ham Angliyada bo`lib o`tgan. “Ipsvichdan kelgan mato ustalari” sud ishi hukmida shunday deyilgan: “Agar kimdir qirollikda yangi ixtiro va ishlab chiqarishni hayoti va boyligini xavf ostiga qo`yib yaratgan bo`lsa, unda u qirol iltifotiga ko`ra, faqatgina ixtirochiga o`z mablag`lari va sa`y-harakatlarini qoplashi uchun ixtirodan foydalanish huquqi berilgan. Patentning amal qilish muddati tugagach, qirol qayta egalik huquqini tiklash mas`uliyatini zimmasiga olmagan”.
Xalqaro konventsiya, bitim va shartnomalar tizimi samarali tashkil etilganligi sababli, jahon hamjamiyati intellektual mulk ob’ektlari va uning savdosidan katta miqdorda daromad olmoqda, demakki, g‘oyalar, ishlanmalar va shaxsiy huquqlar rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida kattagina ulushga ega bo‘lmoqda. Davlatlararo xalqaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida esa xalqaro universal hukumatlararo tashkilotlar ham tuzilgan.
1967 yilda Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT)ni ta’sis etish to‘g‘risida konventsiya qabul qilingan va 1970 yil 26 apreldan boshlab konventsiya amal qila boshladi. Mazkur konventsiyada intellektual mulk ob’ektlari tasnifi berilishi bilan birga, xalqaro tashkilotni tuzish, uning rahbar organlari va faoliyatining huquqiy-tashkiliy asoslari, davlatlarning a’zoligi masalalari ham belgilangan. Xususan, Konventsiyada tashkilotning asosiy organlari – Bosh Assambleya, Konferentsiya, Muvofiqlashtiruvchi Qo‘mita, Xalqaro Byuro faoliyati va tashkiliy-huquqiy asoslari yoritib berilgan.
Konventsiyaga ko‘ra intellektual mulk deganda, fan, adabiyot, san’at asarlari, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, selektsiya yutuqlari, tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy va boshqa shularga o‘xshagan ob’ektlar tushuniladi.
1974 yilda JIMTga Birlashgan millatlar tashkilotining maxsus universal tashkiloti maqomi berildi. Shunga ko‘ra 2000 yildan boshlab JIMTga a’zo davlatlarida “26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni” sifatida nishonlanishga kelishildi. Ushbu bayram munosabati bilan butun dunyoda har yili turli tadbirlar tashkil etib kelmoqda. Har yili bayram sanasi oldidan JIMT Bosh direktori dunyo hamjamiyatiga murojaat bilan chiqadi.
Bugungi kunda dunyoning 180 dan ortiq davlati JIMTning a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston 1991 yilda JIMTning a’zosi bo‘ldi va o‘tgan davrda Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konventsiyasi, Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Madrid bitimiga doir Bayonnoma va Protokoli, Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida shartnoma, Tovar belgilariga oid qonunlar to‘g‘risida shartnoma, Patent huquqi to‘g‘risida shartnoma, O‘simliklar yangi navlarini muhofaza qilishga oid xalqaro konventsiya, Patent tadbirlari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashtirishni xalqaro e’tirof etish to‘g‘risidagi Budapesht shartnomasi, Belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovar va xizmatlarning xalqaro tasnifi to‘g‘risidagi Nitstsa bitimi, Xalqaro patent tasnifi to‘g‘risidagi Strasburg bitimi, Sanoat namunalarining xalqaro tasnifini ta’sis etish to‘g‘risidagi Lokarno bitimi, Badiiy va adabiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern konventsiyasi, Fonogramma tayyorlovchilarining manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Jeneva konventsiyasi, JIMTning ijro va fonogrammalar buyicha shartnomasi, JIMTning mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasi kabi xalqaro hujjatlarga a’zo bo‘ldi.
Mazkur hujjatlar asarlar va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni chet elda ham muhofaza qilishga va eksport qiluvchilarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga yordam beradi hamda chet el investitsiyalarini milliy sanoatimizga jalb etishga ko‘maklashadi.
JIMTning birinchi Bosh direktori sifatida Xendrik Xristian Bodenxauzen (Niderlandiya) 1970-1973 yillarda faoliyat olib borgan bo‘lsa, keyinchalik 1973- 1997 yillarda Arpad Bogsh (Vengriyadan chiqqan AQSh fuqarosi), 1997-2008 yillarda Komil Idris (Sudan) tashkilotga rahbarlik qilgan, 2008 yildan hozirga qadar esa Frensis Gaarri (Avstraliya) rahbarlik qilib kelmoqda.
JIMT bilan O‘zbekiston o‘rtasida yaxshi xalqaro hamkorlik o‘rnatilgan. 1996 va 2000 yillarda JIMT sobiq Bosh direktorlari Arpad Bogsh va Komil Idris boshchiligida tashkilotning Xalqaro byurosi delegatsiyalari rasmiy tashriflari chog‘ida O‘zbekistonning intellektual mulk huquqiga oid davlat siyosatini olib borishdagi xalqaro nufuzi rasman e’tirof etildi.

Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish