Reja: kirish. Patent haqida intellektual mulk agentligi


O`ZBEKISTONDA PATENT HUQUQINI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI



Download 88,5 Kb.
bet4/7
Sana15.04.2022
Hajmi88,5 Kb.
#554570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOT. MUSTAQIL ISH 2

O`ZBEKISTONDA PATENT HUQUQINI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

O‘zbekistonda intellektual mulk huquqini himoya qilishga alohida e’tibor qilinmoqda, uning institutsional asoslari takomillashtirmoqda. Xususan, 2019 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi va uning vakolatlari yanada kengaytirildi, muhim fazifalar yuklatildi. Bugungi kunda Agentlikka intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini qat’iy nazorat qilish, respublika hududiga qalbaki tovarlarning olib kirilishi va aylanishiga chek qo‘yishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilish, intellektual mulk sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, tadbirkorlik sub’ektlari bilan manfaatli hamkorlikni ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ko‘malashish asosiy vazifalar sifatida yuklatilgan.


Sohada kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkent davlat yuridik universitetida “Intellektual mulk” kafedrasi tashkil etildi. 2019 yildan boshlab mazkur universitetda Intellektual mulk huquqi magistratura yo‘nalishi tashkil etildi. Intellektual mulk sohasidagi kadrlar, xususan, patent vakillarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish Yuristlar malakasini oshirish markaziga yuklatilgan. Chunki, intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, huquq egalariga malakali huquqiy yordam ko‘rsatish bevosita zamonaviy fikrlaydigan yetuk kadrlarga bog‘liq.
Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 12 oktyabr kuni intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash juda muhim ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanishi, intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizi, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etishi aytib o‘tildi. “Mamlakatimiz bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketdi. Na tegishli idoralar va na hudud rahbarlari intellektual mulk masalasiga e’tibor berdi. Shu sababli ixtirochi olim va ijodkorlarimiz xorijga chiqib ketdi. Ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir ishlanma va brendlar yarata olgani yo‘q. Bo‘lgan taqdirda ham aksariyat ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari bo‘yicha murojaatlar ilmiy ishni tezroq ro‘yxatdan o‘tkazib olish maqsadida qilinmoqda. Bu boradagi talablar ham eskirib qolgan”, dedi davlatimiz rahbari.
Rivojlangan mamlakatlarda inson kapitalidan samarali foydalanish, yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirish jarayoniga keng joriy etish va intellektual mulk sohasini iqtisodiyotning eng rivojlangan tarmoqlaridan biriga aylantirish iqtisodiy taraqqiyotning muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Mahsulotni qadoqlashda muvaffaqiyatli ishlatilgan bitta tovar belgisi yirik kompaniya, hatto butun davlatning imijini namoyish etishga qodir. Bunga Rolex, Nike, Adidas, Apple, Toyota, Mercedes Benz kabi mashhur brendlar yaqqol misol bo‘la oladi.
Ko‘p holatlarda Singapur, Janubiy Koreya yoki Yaponiya kabi ilg‘or mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi haqida gap ketganda, tasavvurimizda darhol innovatsion iqtisodiyot paydo bo‘ladi. Bu, albatta, bejiz emas. Chunki bu davlatlarda innovatsiya intellektual mulk ob’ektlarini yaratishni rag‘batlantiradigan va ularning huquqiy himoyasini ta’minlaydigan fundamental asos hisoblanadi. Ayniqsa, dunyo miqyosida kuzatilayotgan tabiiy resurslarning tanqisligi sharoitida intellektual mulk strategiyasini qo‘llash masalasi iqtisodiyoti tang ahvolda bo‘lgan mamlakatlar uchun yagona va asosiy yechimdir.
Jahonning ko‘pgina o‘lkalarida intellektual mulk davlat tomonidan himoyalanadi. Intellektual mulk mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotgani inobatga olinsa, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Yurtimizda intellektual mulkni qonun yo‘li bilan muhofaza qilish maqsadida oltita qonun qabul qilingan.
Mamlakatimizda ixtirolar, ilmiy ishlanmalar, ratsionalizatorlik takliflari, ilmiy-ijodiy ishlar mualliflari huquqi shu qonunlar asosida himoya qilinadi. Biroq davrning shiddat bilan o‘zgarishi hamda sohaga turli yangiliklarni joriy qilinishi milliy qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni talab etmoqda.
Sohadagi so‘nggi o‘zgarish va yangiliklarni qonunchilikka tatbiq etish maqsadida 2020 yil 5 avgustda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan Fuqarolik va Bojxona kodekslari, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlarning intellektual mulk sohasini tartibga soluvchi bandlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hozirgi zamon intellektual mulk munosabatlarining jadal rivojlanishida intellektual mulk institutini tartibga soluvchi normalar har tomonlama modernizatsiya qilinishi lozim. Ushbu maqsad intellektual mulk sohasida biznes muhitni o‘zgartirish bo‘yicha huquqiy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Bu esa texnologik ishlanmalarni rag‘batlantirish, mualliflik huquqi egalarining himoyasini kuchaytirish, intellektual faoliyat uchun yangi imkoniyatlarni ochish, patentlashdagi to‘siqlarni kamaytirish, elektron patentlarni berish va patent talabnomalarida 3D modellardan foydalanishning huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘rishni o‘z ichiga olishi lozim.
Huquqni qo‘llash amaliyotining o‘tkazilgan tahlili shuni ko‘rsatdiki, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berish, intellektual mulk ob’ektlarining muhofazasi bo‘yicha ishlarning lozim darajada bajarilmagani, intellektual mulk sohasida malakali kadrlarning yetishmasligi, shuningdek, patent bojlari va to‘lovlarining yuqori darajada ekani ushbu sohani rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Intellektual mulk mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, shuningdek, sanoat mulkidan iborat. Uning tarkibiga yana brendlar bilan bog‘liq barcha belgilar kiradi. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, asosan, ommaviy axborot vositalari va IT sohaga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu bozor mamlakatimizda sanoat mulkiga nisbatan birmuncha faolroq.
Mamlakatimizda patentlar bilan ishlash hali rivojlanmagan. Boshqa mamlakatlar kompaniyalari patentlar bilan faol ishlamoqda — ular sotib olish va sotish, patent havzalarini yaratish, kompaniyaning kapitallashuvida patentlar va savdo belgilaridan foydalanish, shuningdek, o‘z mahsulotlarini bozorlarga olib chiqish yoki tashqi bozorlarda tovarlar va xizmatlar bilan bilvosita raqobatlashish borasida jadal faoliyat yuritmoqda, AQSh hatto biznes usullari va soft ni ham patentlamoqda.
Intellektual mulkni himoya qilishning takomillashtirilgan tizimi ham korxonaga, ham mamlakatga foyda keltiradi. Bu ilmiy tadqiqotlardagi yutuqlar va R&D (yangi mahsulot yoki tizimni sanoatda ishlab chiqarishdan oldin, ya’ni ilmiy tadqiqotlar doirasiga kirib ketuvchi prototiplar va kichik hajmdagi mahsulot namunalarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan ishlar majmui) xarajatlari oshishi tufayli yuz beradi. R&D xarajatlari kompaniya innovatsion faoliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Yangi intellektual mulk paydo bo‘lishiga olib keladigan kashfiyot va Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan tadqiqotlar har qanday holatda hukumat va biznes tomonidan himoya qilinishi, shuningdek, jamiyat va biznes ixtiyoriy ravishda yangi mahsulot va yechimlarni ishlab chiqish uchun yanada shaffof innovatsion modelni qabul qilishi zarur.



Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish