2.3-rasm. Davlat tuzilmalarining turlari va uni davlat moliyasi tizimiga ta’siri8
Davlatlarning siyosiy tuzilishi va siyosiy boshqaruv tuzilmasi nuqtai-nazaridan federativ, konfederativ va unitar kabi turlarga ajratishimiz mumkin.
Anglo-amerika maktabi iqtisodchi olimlarining ta’kidlashicha, Federativ mamlakatlarda davlat moliyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish darajasi nuqtai nazaridan 3 asosiy bo‘g‘inga: Federal moliya, federatsiya sub’ektlari moliyasi va mahalliy moliyaga bo‘linishini ta’kidlaydi.
Unitar mamlakatlarda yaxlit davlat boshqaruvi tizimi shakllantirilgan bo‘lib Davlat moliyasi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat boshqaruv darajasi nuqtai nazaridan 2 turga ya’ni markaziy moliya va mahalliy moliyaga bo‘linadi. O‘zbekiston respublikasi davlat moliyasi yuqorida aytib o‘tilgan sifat belgilariga ko‘ra ham 2 turga ya’ni markaziy moliya va mahalliy moliyaga bo‘linadi. Markaziy moliya respublika byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, davlat krediti va markaziy xukumat ixtiyoridagi davlat korxonalari moliyasini uz ichiga oladi. Mahalliy moliyaning markaziy bo‘g‘inini mahalliy byudjetlar tashkil qiladi. Mahalliy byudjetlar mahalliy xokimiyat organlarinig boshqaruv vakolatlari darajasida ehtiyoj sezuvchi markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq imperativ pul munosabatlari tizimi hisoblanadi.
Davlat moliyasi moliya tizimining tarkibiy elementi hisoblanadi. Davlat moliyasi markazlashtirilgan pul fondlarini shaklantirish va undan foydalanish jarayonlarini qamrab olib, ushbu pul fondlari asosan davlatning byudjet va byudjetdan tashqar jamg‘armalaridan tashkil topadi.
Iqtisodiy sub’ektlarning daromadlarini shakllanish usullariga bog‘liq ravishda moliya tizimini markazlashtirilgan moliya(davlat moliyasi) va markazlashtirilmagan moliya kabi 2 asosiy turga ajratish qabul qilingan.
Moliya tizimi pul munosabatlari tizimini tashkil qilish shakli sifatida moliyaviy resurslarni shakllantirish va foydalanishni ta’minlovchi 3 asosiy o‘zaro bog‘liq tizimlarga bo‘linadi: Davlat va mahalliy boshqaruv organlarining moliyasi, xo‘jalik sub’ektlari moliyasi, uy xo‘jaliklari moliyasi.
Yaxlit moliya tizimini tashkil qiluvchi mazkur tizimlar ham iqtisodiy sub’ektlarning aniq pul mablag‘lari fondini tashkil qilinishiga qarab o‘z navbatida alohida bo‘g‘inlarga ajratiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki moliya tizimining bo‘g‘inlari mamlakat miqyosida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liqdir.Markazlashtirilgan moliyaning tarkibida davlat moliyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat moliyasi xo‘jalik sub’ektlari moliyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki byudjet daromadlarini asosiy manbalaridan biri ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida yaratiladigan milliy daromad hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |